K I r I sh mavzuning dolzarbligi


Download 20.96 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1166214
Bog'liq
K I R I SH


K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi: Oxirgi kunlarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi.1
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida printsiplarning xilma-xil guruhlari mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy va metodik printsiplari, jismoniy tarbiyaning ayrim Ko’rinishlari xususiyatlarini ifodalovchi(masalan, sport, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchi va hokazo) lar trenirovkasi tamoyillari mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Ma`lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo’lishi lozim, afsuski, kishilar o’zida ruhiy, ma`naviy va jismoniy sifatlarni mujassamlashtirgan holda tug`ilmaydilar. Bu sifatlarni kamol topishi, o’sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog`liq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qullaniladigan har qanday tarbiyaning turli shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog`langandir. Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan bog`liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy- ilmiy fanlarning ochiq munozarasida fandagi o’sha eski bahsni hozir ham davom ettirishga urinuvchilar mavjud bulib, odam tanasining tashqi kurinishi va uning funktsiyasiga tashqi ta`sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb, tarbiyaning rolini inkor etadilar.
Kurs ishining metodikasi tavsifi. Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan, garmonik rivojlanishini yo’lga qo’ya olishni mumkinligi ilmiy asoslangan. Kishining ruhiy, ma`naviy qobiliyatini usishga eng avval usha ijtimoiy sharoit, sungra esa insonni uzining muhitni uzgartirish yoki uni o’zgartirish uchun olib bolilgan faoliyati rol` uynashligini I.M.Sechenov va I.P. Pavlovlarning tabiiy fanlardagi dunyoqarashi allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muhit bilan aloqasida shartli reflekslarning mohiyati katta ekanligini, jismoniy ham psixik faoliyat bosh miya po’stloq qismida sodir buladigan “vaqtli aloqa” orqali sodir bo’lishligining amaliy shohidimiz. Ular ta`lim va tarbiya jarayonini kishilarda qator “uzun shartli reflekslarni hosil qilish” deb tushuntirdilar. Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli refleks aloqalarini yaratish shaxsning faqat ma`naviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jihatdan fiziologik poydevor bulishi mumkin ekanligini isbotladilar.2
Kurs ishining maqsadi: Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular quyidagilardan iborat:

  1. jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog`liqligi:

  2. shaxsni har tomonlama rivojlantirish:

  1. jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo’naltirilganligi printsiplari.

Kurs ishining vazifalari:


  • Jismoniy tarbiya tamoyillari bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni tashkil qilish:

  • Tamoyillar va metodlar samaradorligini oshirish:

  • O’quvchilarni har tomonlama shaxs sifatida rivojlantirish va sog’lomlashtirishga yo’naltirish.

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma`lum ramka(qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etadi. Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiya ma`lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yuriqchi (kursatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.
Kurs ishining umumiy tavsifi. Kurs ishi 2 bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori

2 R. S. Salomov, Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti. 2015 t 256 b


Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling