4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
4 MAVZU KORXONALARNING IShLAB ChIQARISh FAOLIYaTINI IFODALOVChI
Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari. Foyda korxonaning kelgusi ravnaqi, xodimlarni ijtimoiy himoyalashni ta’minlovchi asosiy manbadir. Bozor iqtisodiyoti lug’atida foyda – bu buxgalteriya tushunchasida daromadning ko‘payganlgini anglatadi, deb ta’riflangan. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foydani o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlarni va xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash- korxona o‘z omliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog’liq bo‘ladi. Daromadlar – bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitalidagi omonatlardan farq etuvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir. Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklini kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir. Shuningdek, foyda xo‘jalik sub’ektlarining mahsulot sotishdan, asosiy va umumxo‘jalik faoliyatlari natijasidan hamda favquloddagi vaziyatlardan so‘ng o‘z barcha xarajatlarini qoplab, qo‘shimcha olgan daromadlar yig’indisidan iboratdir, deb tushunish ham mumkin. Demak, olingan foydani tahlil qilishda, daromadning ko‘paygan yokikamayganligi, buning o‘zgarish sababalari hamda ta’sir etuvchi omillar o‘rganilishi lozim. Moliyaviy natijalar tahlili moliyaviy tahlilning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu mavzuni tahlil qilishda bevosita korxonaning oxirgi natijasi, ya’ni foyda va rentabellikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o‘zaro farqlashidagi holatiga ham baho beriladi. Moliyaviy natijalarni tahlil qilishdafoyda va zararning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rganiladi. Foyda va zararning omilli tahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yo‘lga qo‘yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili o‘tkaziladi. Tahlil moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotni o‘qish, vertikal tahlil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida olib boriladi. Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotni o‘qishda uning satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha ma’lumotlariga umumiy izoh beriladi. Moliyaviy natijalarni tahlil qilishning asosiy vazifalari quydagilardan iborat: korxonaning yalpi foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni tahlil qilish; asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kelgan foydani o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlili; umumxo‘jalik faoliyatidan kelgan foyda foydani o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish; soliq to‘langunga qadar foyda va uni o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlili; sof foyda hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni hamda foyda miqdorini oshirish bo‘yicha ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash; korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi omillarga baho berish; korxonaning rentabellik darajasini oshirish chora-tadbirlrini ishlab chiqish. Moliyaviy natijalarni tahlil qilishda asosiy axborot manbasi sifatida 2-shakl «Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot» dan foydalaniladi. “Moliyaviy natijalar to‘g’risida hisobot” (2-shakl) mahsulot ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) jarayonining yakuniy mahsuli bo‘lib, u ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun tegishli boshqaruv qarorlarini qabu’l qilishda asosiy axborot manbai hisoblanadi.Shu bilan birga tahlil jarayonida korxonaning «Buxgalteriya balansi», «Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma», «Pul oqimlari to‘g’risidagi hisobot»,«Xususiy kapital to‘g’risidagi hisobot», “Moliyaviy-iqtisodiy holat bo‘yicha ma’lumotnoma» kabi hisobotlari ma’lumotlari va hisob-kitoblari qo‘llaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalari bu keng qamrovli tushunchadir. Ularning shakllanishi va taqsimlanishi bo‘yicha to‘liq va har tomonlama asoslangan xulosa chiqarish uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim. Ko‘rsatkichlar haqida to‘g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalo, ularni ilmiy jihatdan tasniflash kerak. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar g’oyat ko‘pbelgilar bilan tasniflanadi. Chunonchi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni iqtisodiy mazmuni, foydalanish darajasi, ifodalanish shakli, umumlashtirish darajasi, xo‘jalik faoliyatining bo‘g’inlari va shakllanish holati bo‘yicha kabi belgilar bo‘yicha tasniflash qabo‘l qilingan. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini, ularning «Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot»da ifodalanishini, har bir ko‘rsatkichning aniqlanish yo‘llarini, moliyaviy natijalarning umumlashgan ko‘rsatkichlari tahlilini yoritishdan iborat. Ushbu mavzuni tahlil qilishda bevosita korxonaning oxirgi natijasi, ya’ni, foyda va rentabellikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Ammo ushbu ko‘rsatkichlar bozor munosabatlari sharoitida bir qancha omillar ta’sirida, ko‘pgina manbalar hisobidan shakllanadi. Shu tufayli, korxona moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilining ko‘lami ancha kengaygan. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlartizimi uning daromadlari, foydasi va rentabelligi bilan bog’liq ko‘rsatkichlardir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling