4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/43
Sana01.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1074371
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
4 MAVZU KORXONALARNING IShLAB ChIQARISh FAOLIYaTINI IFODALOVChI

Rentabellik xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining samaradorligini ifodalovchi 
asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, xo‘jalik faoliyati natijalarini to‘la va har tomonlama 
tavsiflab beradi. Rentabelli korxonalar hamma xarajatlarini o‘z daromadlari bilan 
qoplaydilar va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha foyda yaratadilar. 
Korxonalar o‘zlari hosil qilgan foyda hisobiga ishlab chiqarishni kengaytirish
ijtimoiy-madaniy tadbirlar, xodimlarni moddiy rag’batlantirish uchun mablag’ 
sarflaydilar. Bu o‘rinda e’tiborda tutish kerakki, korxonalar xo‘jalik faoliyatini 
iqtisodiy tomondan mustahkam qilishga faqat rentabellikni o‘stirish bilangina 
erishib bo‘lmaydi. Buning uchun korxonalarni ixtisoslashtirish, ularning faoliyati 
aholi va xalq xo‘jaligi talablarini qondirishini ko‘zda tutgan holda olib borilishi, 
hamma xodimlarning asosiy diqqatini korxona ichkiimkoniyatlaridan foydalanib, 
rentabellikni oshirishga qaratish talab qilinadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari korxonalarning xo‘jalik faoliyatida bir qancha 
vazifalarni bajaradi: 

korxonaga qo‘yilgan mablag’larning qoplash darajasini ko‘rsatadi. 
Masalan, korxonaning rentabellik darajasi 2 foiz bo‘lsa, u holda korxonaga 
qo‘yilgan kapital 50 yildan so‘ng qoplanadi, 4 foiz bo‘lsa 25 yildan keyin va 
hokazo. Ushbu ko‘rsatkich xalq xo‘jaligining alohida olingan tarmoqlari bo‘yicha 
ham ishlab chiqilishi kerak. Shu asosda, rentabellik bo‘yicha belgilangan me’yoriy 


ko‘rsatkich muayyan korxonalarning rentabellik ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanishi 
kerak. Xalq xo‘jaligi bo‘yicha rentabellik darajasi 20 foizdan kam bo‘lmasa, 
maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Shunda korxonaga qo‘yilgan kapital 5 yilda 
qoplanadi hamda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun real imkoniyat 
yaratiladi:

ishlab chiqarishni kengaytirish, zamonaviylashtirish va uni qayta tiklash 
ta’minlanadi; 

olingan kredit va qarzlarni qaytarish, ya’ni korxonalarning to‘lov 
qobiliyati ta’minlanadi; 

ishlab chiqarishning ijtimoiy sohasi rivoj topadi hamda bozor iqtisodiyoti 
sharoitida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish ta’minlanadi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling