4-mavzu: «layli va majnun» turkumidagi dostonlar tahlili reja
Download 405.8 Kb. Pdf ko'rish
|
ruza matn
4-MAVZU: «LAYLI VA MAJNUN» TURKUMIDAGI DOSTONLAR TAHLILI Reja: 1. “Layli va Majnun”ning manbalari 2."Layli va Majnun" Navoiy qalamida. 3.Dostondagi timsollar. 4. Asar badiiyatiga doir. "Layli va Majnun" jahon adabiyotida samimiy sevgi haqida yaratilgan eng Qamgin qissalardan biridir. Biz, boshqa biron-bir sevgi asarining "Layli va Majnun"chalik fojiaviy, sevishganlar ma‟naviy-ruhiy olamining chuqur va o‟ta ta‟sirli ochilganini bilmaymiz. O‟tmishda o‟nlab yozuvchilar, xalq ijodkorlari bu sevgi qissasini qayta-qayta ishlaganlar. Zamonlar o‟tib asar Yaqin va O‟rta SHarq xalqlari orasida keng tarqalgan, shuhrat tutgan. “Layli va Majnun” ko‟p asrlik tarixga ega. Uning ildizlari, mashhur adabiyotshunos-matnshunos akademik I.Krachkovskiy
ta‟kidlaganidek, VII asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma‟lumotiga ko‟ra, Majnun tarixiy shaxs. U Bani Omir qabilasidan chiqqan, uning asl nomi Qays ibn Mulavvah (yoki Qays ibn Muod ) bo‟lgan. U qabiladoshi Laylini sevgan va o‟z sevgisi, hijron azoblari haqida mungli she‟rlar bitgan. Bunday ma‟lumot ibn Qutaybaning "Kitobut- she‟r va shuaro" asarida ham keltiriladi. SHu bilan birga, boshqa manbalar bu ma‟lumotlarni rad etadi. Jumladan, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764 yilda vafot etgan), arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819 yilda vafot etgan)lar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, sevgi, hijron she‟rlari esa umaviy xonadoniga mansub bir oshiq yigit tomonidan bitilgan va asl nomini oshkor etmaslik uchun Majnun taxallusini qo‟llagan, deyishadi. SHu tariqa VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab poeziyasida Majnun taxallusli mungli she‟rlar ko‟payib, keng tarqalib boradi. Vaqtlar o‟tishi bilan ko‟plab afsonalar, rivoyatlar to‟qiladi va ular turli manbalardan joy ola boradi. Endi, Majnun nomi arabistondagina emas, balki Yaqin va O‟rta SHarq o‟lkalarida ham keng shuhrat topadi. "Layli va Majnun" haqida birinchi marta 1188 yilda ulug‟ Ozarbayjon shoiri, mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy doston yaratadi va u g‟oyaviy-badiiy yuksak, mukammal badiiy asar darajasiga ko‟tariladi hamda xamsachilikning an‟anaviy dostoniga aylanadi. . . 1298/99 yillarda ulug‟ hind shoiri va mutafakkiri Amir Xisrav Dehlaviy "Majnun va Layli" dostonini yaratdi. Dehlaviy Nizomiy dostonining mazmuni va qurilishini deyarli saqlab qoldi. Ammo u dostonga bir qator o‟zgarishlar kiritdi. Masalan, Majnunga Navfal qizining nikoh qilinishi, Layli va Majnunning sahroda hayvonlar himoyasida tunni o‟tkazishi va b. . . "Layli va Majnun" dostonining tadrijiy takomilida Navoiy dostoni yangi bir adabiy hodisa bo‟ldi. Navoiy arab rivoyatlari, Nizomiy va Dehlaviy dostonlari va Ashrafning bizgacha saqlanib qolmagan "Layli va Majnun"i bilan yaqindan tanish bo‟lgan. Navoiy oldida ana shu mavjud manbalardan ijodiy foydalanish, shu bilan birga, o‟z davri, uning ehtiyoju talablariga to‟la javob bera oladigan yangi bir "Layli va Majnun" asarini yaratish vazifasi turar edi. Bu haqda dostonda o‟qiymiz:
Men xastaki bu raqamni chektim, Tahriri uchun qalamni chektim. Yozmoqta bu ishqi jovidona, Maqsudum emas edi fasona, Mazmunig‟a bo‟ldi ruh mayli, Afsona edi aning tufayli. . . Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. Kim shuhrati chun jahong‟a to‟lg‟ay, Turk eliga dog‟i bahra bo‟lg‟ay. . .
Parchada shoirning ezgu niyati ochiq va munavvar aks etgan. Birinchi maqsad, "afsona" va "mazmun"ga, ya‟ni asarning qobig‟i va mag‟ziga, ichki mohiyatiga, ikkinchi maqsad, til masalasiga e‟tibordir. Ayni shu fazilatlar Navoiy asarining yuksak muvaffaqiyatini, e‟tirofi va shuhratini ta‟minladi. CHunki zamin va zamon, ya‟ni shoir yashagan davr, muhit ana shunday bir asarni talab etar edi. . . Sirtdan qaraganda, doston voqealari qachonlardir arab sahrolarida bo‟lib o‟tgandek... Biroq ta‟kidlaganimizdek, Navoiy "Layli va Majnun" dostonini yashagan davrining hayot ehtiyojlari asosida yaratdi. SHoir Layli va Majnun fojeasi bilan yashagan muhitning noinsoniy qonun-qoidalariga, ayrim urf-odatlariga qarshi chiqdi, isyon ko‟tardi. SHu orqali samimiy sevgini, sadoqatni, insoniy haq-huquqlarni yoqladi, sharafladi. Bu o‟rinda, shuni ham qayd etish zarurki, "Layli va Majnun" mojarosi, voqealari qachonlardir, islomgacha bo‟lgan zamonlarda, johiliyat asrlarida, qizlar tiriklayin yerga ko‟mib tashlanadigan, ularning insoniy haq-huquqlari bilan hech kim hisoblashmaydigan, jaholat, molu johga hirs-havas kuchli bo‟lgan zamonlarda kechgan. Buyuk insoniy fazilatlarni, qadriyatlarni tarannum etgan xamsanavislar va, ayniqsa, Alisher Navoiy bunday manfur odatlarga, qotillik va bedodliklarga qarshi isyon ko‟tardi, layli va majnun, laylilar va majnunlar sevgisini, ular sha‟nini sharaflaydi. Alisher Navoiy salaflaridan farqli ularoq dostonga Zayd timsolini va davr hamda muhit bilan chambarchas bog‟liq ayrim o‟zgarishlar kiritdi. Va, ayniqsa, sevishganlar ruhiyati tasvirini kuchaytirdi, uning ta‟sir kuchini oshirdi. Binobarin, kitobxon bevosita sevishganlar bilan mungdoshlik qiladi, ular qismatidan dahshatga tushadi. .
Download 405.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling