Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.
Bir ergash gap va ikki bosh gapning birikuvidan tuzilgan tur. Masalan: Bu sifatlarning barisi bir odamda mujassam bo‘lsa, dunyodagi eng buyuk saodat ham uni gangitib qo‘ya olmaydi, eng katta baxtsizlik ham uni sarosimaga sola bilmaydi.
Ikki komponentli ergashgan qo’shma gap va ikki komponentli bog‘langan qo’shma gapning birikuvidan tuzilgan tur. Bunday tuzilishdagi murakkab qo’shma gaplar quyidagicha shakllanadi: a) ikki ergashgan qo’shma gapning bog‘lanish usulida birikuvidan hosil bo‘ladi. Masalan: Bildimki, uyga qaytibdi, aminmanki, endi u g‘oyib bo‘lmaydi.
b) bog‘langan va ergashgan qo’shma gaplarning birikuvidan tashkil topadi. Masalan: Qiz kelgach, ko‘nglim yorishdi, u men tomon qayrilgan edi, ammo dugonalari chaqirib qolishdi. («Saodat».)
d) ikki ergashgan qo’shma gapning ergashish usuli asosida bog‘lanishidan tashkil topadi. Masalan: Tomosha ko‘rsatilganda, mahalladagilarning hammasi bor edi, shuning uchun uni muhokama qilishga kelishganda, hamma qatnashdi. (So‘zl.)
3. Ikki ergash gap va ikki bosh gapning birikuvidan tuzilgan tur. Bunday tuzilishdagi murakkab qo’shma gaplar quyidagicha hosil qilinadi: a) har bir ergash gap birdan ortiq bosh gapga alohida-alohida bog‘lanadi. Masalan: Agarda aytganlarimga ko‘nsa, hammasi men istagandek bo‘lsa, muammolarimiz hal bo‘ladi, ishlarimiz yurishib ketadi. (So‘zl.)
b) ikki ergash gap ikki bosh gapga ketma-ket ergashish orqali bog‘lanadi. Masalan: Ta’til boshlanib, qishloqqa qaytganimizda, kech kirgan va ko‘chada biror zog‘ ko‘rinmas edi. («Yoshlik».)
d) bir necha ergash gapli qo’shma gapning keyingi bosh gapga ergashish yo‘li bilan birikuvidan tashkil topadi. Masalan: Shunisi ma’lumki, birlashsak, kuchlarimiz ko‘paysa, maqsadga erishish mumkin. («Saodat».)
Do'stlaringiz bilan baham: |