4-Mavzu. Linux server administratsiyalash
Download 130.91 Kb.
|
Ma\'ruza-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot xavfsizligi ma’muri
Muhofaza ma’muri - Avtomatlashtirilgan tizimni undagi axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza uchun javobgar sub’ekt.
Tarmoq ma’muri - avtomatlashtirilgan tizim va/yoki hisoblash tarmog‘i resurslarining me’yoriy ishlashi va ularni ishlatish uchun javobgar mutaxassis. Axborot xavfsizligi ma’muri - tashkilotning axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi shaxs. Ma’lumotlar bazasi ma’muri - Tashkilot yoki muassasa ma’lumotlar bazasining ahvoli, rivojlanishi va undan foydalanishga javobgar shaxs yoki shaxslar guruhi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ma’lumotlar bazasi faoliyatini ta’minlaydi, ma’lumotlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi, qarama-qarshi emasligi va butunligi hamda kerakli muhofaza darajasini nazorat qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Dasturlari ma’lumotlar bazasidan foydalanishda qo‘llaniladigan foydalanuvchi va dasturlovchilar bilan o‘zaro ish olib boradi. Linux OTni administratsiyalash deganda Elektron hisoblash mashinasi yoki dasturli-raqamli qurilma xotirasiga Linux OT yadrosini o‘rnatish, uni yuklash va to‘xtatish, tizimga kirish ruxsatlarini tayinlash, texnik tizim komponentalarini boshqarishni sozlash, jarayonlarni va oqimlarni boshqarishni sozlash va foydalanuvchilarni tayinlash fayllarini yaratish, joylashtirish va taxrirlash tushuniladi. Linux operatsion tizimi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va ko‘pchilik bu tizimni o‘rganishga harakat qilishmoqda. O‘rganishni endi boshlaganlar uchun, bu tizimni o‘rganish biroz qiyin ko‘rinishi mumkin, lekin unday emas. Bu tizim, windows tizimidan keskin farq qilgani uchun, windows foydalanuvchilari linux bilan ishlaganda ko‘p noqulayliklarni his qilishmoqda(keyin ko‘nikib ketishmoqda.. Kerak bo‘lgandan keyin ko‘nikadide). Hozirgi kunda, linux tizimining juda chiroyli grafik ko‘rinishlari chiqib ketgan va grafika orqali barcha ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmoqda, bu albatta yaxshi, lekin grafik ko‘rinishlar bir hil emas. Barcha distibutivlarda grafik interfeys xar hil qilib yaratilgan, bu esa biror distributivda ishlagan foydalanuvchi boshqa distributivga o‘tganda yuklatilgan vazifani bajarishga qiynalmoqda. Linux operatsion tizimi, bir necha distributivlarga ega bo‘lib, ularning tashqi ko‘rinishlari bir-biridan farq qiladi, lekin asosi yagona hisoblanadi. Asos yagona bo‘lgani uchun bu tizimda ishlovchi komandalar bir hildir. Bu degani, agar siz linux komandalarini yaxshi bilib olsangiz, istalgan distributivda bemalol ishlay olasiz. To‘g‘ri, ba’zi komandalar distributivga qarab o‘zgarishi mumkin, lekin bular juda kam. Download 130.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling