4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja
O‘quvchilarni pedagogik kuzatish metodikasi
Download 403.26 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining
O‘quvchilarni pedagogik kuzatish metodikasi
O‘quvchilarni pedagogik kuzatish, darsda turli xil ko‘rsatmali qurollarni kuzatishdan tashqari, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan mustaqil kuzatishlardan ham foydalaniladi. Bu kuzatishlar qisqa muddatli va uzoq davom etadigan kuzatishlar bo‘lishi mumkin. Ular o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladi. O‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchilarga ularning maqsadini tushuntiradi, topshiriqlarni taqsimlaydi va ular bilan birgalikda kuzatish olib borish rejasini belgilaydi. Yo‘l-yo‘riq berish vaqtida kuzatish izchilligiga, kundalik yuritish tartibiga, kerakli materiallar to‘plab, ularni ishlash usullariga alohida e’tibor berish kerak. Turli fan o‘qituvchilari mustaqil kuzatishlar uchun topshiriqlar beradilar. Masalan, o‘quvchilar mehnat brigadalari a’zolarining mehnati va dam olishi qanday tashkil etilganligini, estetik tarbiya bo‘yicha kinofilmlar, teatr ko‘rishlari, badiiy ko‘rgazmalarga borishlari, texnikaviy fanlar bo‘yicha korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini, korxonada chiqadigan mahsulotning, yangi texnikaning xalq xo‘jaligida va turmushda ishlatilishini kuzatishlari mumkin. O‘quvchilar xilma-xil tajribalarni bajarayotgan vaqtda ham kuzatish ishlari olib boriladi. Kuzatishlarning natijalari mashg‘ulotlarda muhokama qilinadi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirishda ularga tayanadi. Kuzatishlarning borishida o‘quvchilar mustaqil ravishda xulosalar chiqaradilar. O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish va rahbarlik qilishda, uning samaradorligini oshirishda rahbar o‘rinbosarining sinf jurnallari qanday tutilayotganini nazorat qilib borishi katta ahamiyatga ega. Sinf jurnali darsda o‘tkaziladigan va uyga berilgan mustaqil va ijodiy ishlar tizimi va maktab kursidagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari haqida, baholarning to‘planishi, darslarda o‘quvchilar so‘ralishining muntazamliligi haqida, darslarda o‘tilgan o‘quv materialining jurnalga yozish sifati va hokazolar haqida tasavvur berishi mumkin. Rahbar va uning o‘rinbosari sinf jurnaliga qarab darslardagi davomat, darsni qoldirgan o‘quvchilar bilan ishlash haqida, o‘quvchilar tez-tez uy vazifalarini bajarmasliklari haqida fikr yuritishlari mumkin. Sinf jurnallarini har oyda maktab rahbariyati tomonidan kamida ikki marta tekshirish kerak. Tekshiruvdan so‘ng jurnalga uning tekshirilgan vaqti va kim tekshirgani yozib qo‘yiladi. Maxsus ish kundaligi daftarida esa tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalar yozib qo‘yiladi, o‘qituvchilarga, sinf rahbarlariga aniq takliflar, tavsiyalar beriladi. Jiddiy kamchiliklar topilganida maktab bo‘yicha alohida buyruq berilishi mumkin. Suhbat yordamida vujudga keladigan masalalarni tez hal etish, ota-onalar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish, o‘quvchilar, oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarga pedagogik bilim berish, bolaning yakka tartibdagi rivojlanishi dasturini va birlikdagi pedagogik harakatlar tizimini ishlab chiqish ota-onalarning tarbiyaviy qiyin bolalar xulqini tuzatish va o‘quvchilar o‘rtasida munosabatlarda vujudga keladigan kelishmovchiliklarni hal etish kabi keng ko‘lamdagi ta’lim-tarbiya vazifalari hal qilinadi. Suhbat o‘quvchilarning uyida ham, maktabda majlisdan keyin ham, maktabga o‘z tashabbuslari bilan sinf rahbari chaqirganligi munosabati bilan kelgan ota-onalar bilan ham o‘tkaziladi. Aslida sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilardan har birining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazishga tayyor bo‘lishi kerak 3. Pedagogik fan bilan tarbiya san'atining uzviy aloqadorligi zarurki, u yuksak kasb mahoratini ta'minlaydi. Lekin ayrim pedagogik xaqiqatlarni eslab qolishning o'zi etarli emas, ularni ijodiy mushohada qilish, amalda tatbiq eta bilish zarur. A. S. Makarenko aytib o'tganidek, pedagogika eng dialektik, harakatchan murakkab va xilma xil fandir. Tarbiya iazariyasida tayyor andozalar yo'q, pedagogika hayotining barcha hodisalari uchun tayyor echimlarni taklif qilmaydi!- degan qoida siyqasi chiqqan qoida bo'lib qoldi. Biz pedagogik hodislniig eng umumiy, eng muhim, ya'ni doimo takrorlanib turadigan tomonlari bilan ish ko'rgan joyimizda aniq tavsiya bo'lishi mumkin. Odamlar bilan ish ko'rgan joyimizda, chamasi qat’iy belgilangan tavsiyalar, «andozalar» bo'lmasligi ham mumkin. Biz ilmiy pedagogika nuqtai nazaridan mutlaqo aniq va qat'iy ayta olamizki, o’z-o’zini boshqarish, o'yin, ijtimoiy ta'sir ko'rsatish, ijodiy mehnat va hokazo vositalarsiz ota-ona ham, pedagog ham ish olib borolmayidi. Lekin, ularning har birini alohida holda qo'llanishi bolalarning turli toifalari o'rtasida turlicha bo'lishi lozim. Pedagogik vositalarni tanlash ularning tarbiya maqsadlariga muvofiqligi bilan belgilanishi tushunarlidir. Maqsad o'ziga xos ichki yo'l-ko'rsatkich hisoblanadi, u butun ayrim pedagogning faoliyatini yo'naltirib turadi. Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o'rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o'rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadlari bilan to'qnash kelib qoladi. Axir, bolaning ham o'z maqsadlari (xatto strategiya maqsadlari) bor. O'quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish bo'lmaydi. O’qituvchi bilan mos kelsa, navbatdagi «to'siqlarni» engish uchun birgalikda vositalar qo'llansa, chinakam tarbiya jarayoni sodir bo'ladi. Bu jarayon kattalarni ham, bolalarni ham o'ziga jalb qiladi, ularga ham bularga ham quvonch bag’ishlaydi. Tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilariing tevarak atrofdagi voqelikni va ayni vaqtda o'z-o'zlarini o'zgartirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati, kattalar bilan bolalar qarashlarining birligi, tarbiyalash san'ati asosida ana shular turadi. Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tahlil qilib tashkil etadi, bir-biriga bog’liq bo'ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga oshirish usuli-bo'lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo'yish uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma'lum darajada qo'llaiilgan har qanday vosita iatija beradi, xatto biror sababga ko'ra ifodalanmagan bo'lsa ham natija beraveradi. Lekin maqsadi aniq ifodalangan» pedagogik vositagina samaralidir. Uquvchiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning har bir aniq holatiga, umuman tarbiyada biz nimaga erishmoqchiligimizni aniq bilib olmasak, samarali pedagogik vositalarni tanlash muvaffaqiyatli bo'lshini tasavvur qilish qiyin. Tajribada mavjud bo'lgan haddan tashqari ko'p pedagogik vositalarni sanab chiqish bizning vazifamizga kirmaydi. Shu munosabat bilan faqat ikkita mulohaza bilan kifoyalanamiz. Birinchi mulohaza: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar bilan bog’liq bo'ladi. Ular pedagogik jarayonning muayyan bosqichda tya'sir ko'rsatish iatijasini belgilab beradi. Masalan, rag’batlantirish bir jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to'sqinlik qilishi, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli-tuman ko'rinishlarini vujudga keltirishi mumkin. Bazan bu xol pedagogik bir metodning boshqalariga ta'sirini muvozanatlash zarurligiga olib keladi, Ikkinchi mulohaza: ayrim vositalarni qo’llash pedagogni ular ta'sirini, mumkin bo'lgan o'zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog’liq bo'ladi. Jamoa muomala sharoitida vositalarni qo'llash minut sayin o'zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqozo qiladi. Xozircha biz ko'proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy faoliyatda esa vositalar, maqsadlar va iatijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g’oyat turli-tuman ehtiyojlar va da'volarning avj olishi bilan to'la bo'ladiki bu barcha jonli manzara doimo bir kishining-pedagog tarbiyachining diqqat markazida bo'lishi lozim. Xo'sh, uning mahorati nimalarda ifodalanishi mumkin? Avvalo shoshilinch tahlil qilishda va tezda ishga kirishishda ifodalanishi mumkin. Agar bu shoshilinch taxlil noaniq bo'lsa, vositalar ham albatta noto'g’ri tanlanadi, unda olingan natijani, o'zgartirish uchun yangi vositani izlash talab qilinadi. Qo'llaniladigan vosita va ma'naviyat pedagog amal qiladigan qadriyatlar sistemasi o’rtasida bevosita bog’liqlik bor. Pedagog vositalarga tor amaliyotchilik nuqtai nazaridan prinsipsizlarcha yondashuv (ulardan foydalanishni bilgan taqdirda) tezda ayrim muhim natijalarga to'liq tartibda, tashkiliy aniqlikka erishish va o'ziga xos xususiyatlardan bexabar qolish bularni pedagogik mahoratining namoyon bo'lishi deb qabul qilish mumkin. Chinakam mahorat esa o'qituvchiga ushbu qoidani yuklaydi: barcha vositalar biror kishini hayron qoldirish, pedagogning shaxsidan fahrlanish uchun emas, balki tarbiyaning juda murakkab va ulkan vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi. Download 403.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling