4-mavzu: Mantiq Reja
Tafakkur va til mutanosibligi. Tanqidiy tafakkurning mantiqiy xulosa chiqarishdagi roli. Sillogizm nazariyasi
Download 155.5 Kb.
|
4 Mavzu
Tafakkur va til mutanosibligi. Tanqidiy tafakkurning mantiqiy xulosa chiqarishdagi roli. Sillogizm nazariyasi.
Har qanday fikr tilda ifodalanadi: tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari bilan, hukmlar gap, xulosa chiqarish esa bir necha o‘zaro aloqador gaplar bilan. Til – axborotlarni uzatish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasidir. Til vositasida kishilar o‘z fikrlarini ifodalaydi, o‘zaro axborotlarni almashadi, saqlaydi hamda atrof olamni anglaydi. Til va tafakkur uzviy bog’liq, lekin aynan mos kelmaydi. Fikrlar ideal bo‘lib, real mavjud predmetlarni, ularning xususiyat va munosabatlarini obrazlar shaklida ifodalaydi. Til – fikrning og’zaki nutq va yozma nutq belgilarida moddiy ifodalanishidir. Tilni mantiqiy tahlil qilishda biz uni belgilar sistemasi deb atadik. Belgi – bilish jarayonida ma'lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob'ektdir. Belgilarning qo‘yidagi uch tipini ajratish mumkin: belgi – indekslar; belgi – obrazlar; belgi – simvollar. Belgi– indekslar o‘zi ifodalayotgan ob'ekt bilan sabab-oqibat sifatida bog’liq. Masalan: inson tanasi haroratining ko‘tarilishi kasallikni bildiradi. Belgi – obrazlar o‘zi ifodalayotgan predmet haqida bevosita axborot tashiydi. Masalan: predmetlarning surati. Belgi – simvollar o‘zi ifodalayotgan ob'ekt bilan oqibat va moslik munosabatida bo‘lmaydi. Mantiqda mana shu belgilar? Ya’ni til belgilari o‘rganiladi. Belgilar o‘z ma'no va mazmuniga ega. Til belgisining ma'nosini u ifoda qilayotgan predmetning xarakteristikasi tashkil etadi. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan predmetlar yig’indisi tashkil etadi. Ba'zi belgilar o‘z mazmuniga ega bo‘lmaydi. Masalan, doirasimon kvadrat. Ba'zi belgilar esa o‘z ma'nosiga ega emas. Belgilarning bilish jarayonidagi rolini dastlab Aristotel tadqiq qilgan. Keyinchalik bu muammo bilan Leybnits va boshqa olimlar shug’ullanishgan. Belgilar haqidagi ta'limot ayniqsa XIX asrda lingvistika va simvolik mantiq talablarini oshishi bilan rivojlandi. Belgilar haqidagi fan – semiotikaga amerikalik faylasuf Charlz Pirs (1839-1914) asos soldi. Bu fan tilning uch jihatini o‘rganuvchi uch bo‘limga bo‘linadi. 1) sintaksis – belgilarning o‘zaro munosabatini, ya'ni gap tuzilishi qoidalarini o‘rganuvchi soha; 2) semantika – belgi bilan u ifoda qilayotgan predmet o‘rtasidagi munosabatni hamda belgilar mazmunini o‘rganadi; 3) pragmatika – kishilarning belgilarga munosabati hamda belgilar vositasida kishilar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Belgilarning bir turi bu nomlardir. Nomlar haqidagi ta'limot nomlanish nazariyasi deb atalib, nemis olimi Gotlob Frege (1848-1925) tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik bu ta'limotni rivojlanishiga R.Karnap (1891-1970), A.Cherch (1903 tug’) va ye.K.Voyshvillo (1913 tug’) kabi olimlar katta hissa qo‘shishgan. Nom – bu so‘z va so‘z birikmasi bo‘lib, biror-bir predmetni ifodalaydi. Nom ham o‘z ma'nosi va mazmuniga ega. Nomning mazmuni u ifoda qilayotgan predmet bo‘lib, denotat, designat, naminat deb ataladi. Nomning ma'nosi u ifoda qilayotgan predmetni boshqalaridan ajratib turuvchi xususiyatlarni anglatadi hamda mantiqda kontsept deb ataladi. Nomlarning ikki tipi mavjud. Birinchi tip nomlar yakka predmetni ifodalaydi va yakka nom deyiladi. Ikkinchi tip nomlar predmetlar sinfini ifodalaydi va umumiy nomlar deb ataladi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi – yakka nom, respublika – umumiy nom. Nomning mazmuniga kiruvchi predmetlar uning hajmini tashkil etadi. Umumiy nomlar universal bo‘ladi. Umumiy nomlarning universal deyilishiga sabab, uning hajmini fikr qilinayotgan butun universum tashkil etadi. Masalan: “Umurtqali hayvon” hamda “Umurtqali emas hayvon” deganda shu peredmetlarning (hayvonlarning) barchasi tushuniladi. “Umurtqali hayvon” desak faqat bir qismi tushuniladi. Nomlar turli ma'noga, lekin bir hajmga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “O‘zbekiston poytaxti” va “Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar”. Lekin bir ma'noga turli hajmga ega nomlar mavjud emas. Semantik kategoriyalar til ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir-birlaridan qanday ob'ektlarni aks ettirishi bilan farq qiladi. Asosiy semantik kategoriyalarga gap va uning tarkibidagi mustaqil qismlar kiradi. Gaplar hukm, savol, normani ifodalashiga qarab sinflarga bo‘linadi. Gap tarkibida deskriptiv va mantiqiy atamalar mavjud. Deskriptiv atamalarga 1) yakka nom; 2) umumiy nom; 3) xususiyat va munosabat belgilari; 4) predmetli funktsiya belgilari. Yakka va umumiy nomlarga yuqorida xarakteristika berib o‘tildi. Xususiyat – bu predmetlarni bir-biridan ajratib turadi. Munosabat – xususiyatdan shunisi bilan farq qiladiki u gapda ikki yoki undan ortiq predmetlarni o‘zaro aloqasini ochib beradi. Zamonaviy mantiqda xususiyat va munosabatlar yagona kategoriyaga kiradi. U deskriptiv atama deyiladi. Deskriptiv atamalar predmetlar nomlari yoki termalar (predmetlar to‘plami) va predikator (predmetlar xususiyat va munosabatlar)lariga bo‘linadi. Mantiqiy atamalar – mantiqiy konstantalar gapda deskriptiv atamalarni bog’laydi. Ular o‘zbek tilidagi “va”, “hamda”, “yoki”, “yo”, “yohud”, “barcha”, “ayrim”, “hech bir” kabi so‘zlar orqali ifodalanadi. Mantiqda predikatlar mantig’i tili va mulohazalar mantig’i tili mavjud. 1) Mulohazalar mantig’i hukmlarning ichki tuzilishidan chetlashib, ularning o‘zaro aloqasini tahlil etadigan, formallashgan mantiqiy tizimdir. Mulohazalar mantig’i tili alifbosi qo‘yidagilardan iborat. p, q, r – propozitsional o‘zgaruvchilar, ya'ni hukmlar uchun simvollar; b) – kon'yunktsiya belgisi; o‘zbek tilidagi “va”, “hamda”, “ham”, “ila” kabi qo‘shuvchi bog’lovchilar o‘rnida keladi. Masalan, “Akbar (p) va Farrux (q) 2-kursda o‘qiydi”. c) – dizyunktsiya belgisi; o‘zbek tilidagi “yo”, “yoki”, “yoxud” kabi ayiruvchi bog’lovchilar o‘rnida keladi. Masalan, “talabalar institut yoki universitetda o‘qiydi”. d) – implikatsiya belgisi; o‘zbek tilidagi “agar ... bo‘lsa, ... bo‘ladi” degan ifodaga to‘g’ri keladi. Masalan, “agar yoqilg’i bo‘lmasa, ichki yonuv dvigateli ishlamaydi”. e) – ekvivalentlik belgisi; o‘zbek tilidagi “ faqat va faqat shundaki ...” ifodasiga to‘g’ri keladi. Masalan, “agar geometrik figuraning to‘rt tomoni teng bo‘lsa, u kvadrat bo‘ladi”. f) – inkor belgisi. Masalan, “qo‘rg’oshin metalldir” hukmini inkori “qo‘rg’oshin metall emas”. 2) Predikatlar mantig’i muhokama jarayonida hukmlarning ichki tuzilishini ifodalovchi formallashgan mantiqiy sistemadir. Predikatlar mantig’i tili alifbosi qo‘yidagilardan iborat: a) a, b, c, ..., - predmetlar nomlarini ifodalovchi simvollar, ya'ni konstantalar. b) x, y, z, ..., - predmetlarning umumiy nomlarini ifodalovchi simvollar. c) P1,Q1,R1,…, Pn,Qn,Rn – bir o‘rinli va ko‘p o‘rinli predikatorlar uchun simvollar. Hukmlar miqdorini bildiruvchi simvollar: d) - umumiylik kvantori; o‘zbek tilidagi “barcha”, “hamma”, “hech bir”, “har bir” kabi so‘zlarga to‘g’ri keladi. Masalan, “har bir inson yaxshi yashashni xoxlaydi”. e) - mavjudlik kvantori; o‘zbek tilidagi “ba'zi”, “ayrim” kabi so‘zlarga to‘g’ri keladi. Masalan, “ba'zi geometrik figuralar o‘z burchagiga ega emas” Download 155.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling