4-mavzu. Marketing tizimi va sohasi (4 soat) 2-Mavzu. Marketingning ichki va tashqi muhiti. Reja
Download 44.92 Kb.
|
4.2-Mavzu. Marketingning ichki va tashqi muhiti.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar
- Keys stadi Keys stadi-1 «Dzintrans» ishlab chiqarish birlashmasida marketingni tashkil qilish tajribasi
- Keys stadi-2
4-mavzu. Marketing tizimi va sohasi (4 soat) 4.2-Mavzu. Marketingning ichki va tashqi muhiti. Reja: 4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari. 4.2. Marketingni asosiy turlari. 4.3 . Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning o‘zaro bog‘liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish. 4.4. Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish. Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: “Aqliy xujum”, kompyuter texnikasidan keng foydalanish, davra suxbati o‘tkazish; vaziyatli masalalarni keng qo‘llash; keys-stadi, “Delfi”, insert, diskussiya usullari. 4-mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Brennan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson Kotler F. Osnovы marketinga. Uchebnoe posobie. –M.: Izdatelskiy dom «Vilyams», 2010. – 656 s. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2019. - 305 b. Paramonova T.N. Marketing. Uchebnoe posobie. – M.: KNORUS, 2010.–190s. Keys stadi Keys stadi-1 «Dzintrans» ishlab chiqarish birlashmasida marketingni tashkil qilish tajribasi «Dzintrans» ishlab chiqarish parfyumeriya-kosmetika birlashmasi bosh direktori marketing vujudga keltirish va tashkil etish ilk tajribasi haqida so‘zlab berdi. Birlashmada tovarlarni sotishning eng samarali tamoyil ishga asos qilib olingan: dastlab qanday iste’mol xususiyatlariga ega, potensial xaridor qaerda va qancha miqdorda sotib olishga tayyor bo‘lgan tovarni aniqlash va so‘ngra korxona imkoniyatlarini hisobga olgan holda ushbu tovarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish lozim. Boshqacha qilib aytganda, birlashma iste’molchilar so‘rovlari va didi uning yordamida hisobga olingan va ishlab chiqarish ularga yo‘naltirilgan marketing amalga oshirgan. Marketing bo‘limi yaqindash tashkil etilganiga qaramay, tizimning o‘zi 70-yillarda tashkil topgan edi. O‘shanda bozor kon’yunkturasini sistematik tadqiq etish, xaridorlar, ulgurdi va chakana savdo xodimlari o‘rtasida doimiy anketalar tashkillashtirish boshlangan edi. Keyinroq mahsulot iste’molchilari o‘rtasida test o‘tkazish uchun kompyuterlar qo‘llana boshlagan. Bunday axborot tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini aniqroq tartibga solish, mahsulotga bozorda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan yangi xislatlar baxsh etishga imkon bergan. Shu tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan kompleksli maqsadli dasturlar mahsulotni ishlab chiqishdan tortib to uni yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha ishlab chiqarish bosqichlarini muvofiqlashtirgan. Reklamaga bo‘lgan yondashuvlar ham o‘zgardi. Alohida reklama e’lonlaridan ommaviy reklamaga o‘tish amalga oshirildi. Reklama kampaniyalari o‘tkazish uchun matbuot, radio, televidenie, xalqaro ko‘rgazmalar keng foydalanila boshladi. Birlashma tobora ko‘proq turli tadbirlar – olimpiya o‘yinlari, xalqaro kosmik parvozlar va h.k.da homiy sifatida ishtirok etmoqda. Bularning barchasi xaridorning muayyan tovarga, firmaning o‘ziga ishonchini shakllantirishga imkon beradi. Hozircha marketing bo‘yicha mutaxassislar o‘z ishining tashabbuskorlari hisoblanadi. Ularning orasidan muhandis va texnologlar, dasturchi va rassomlar o‘rin olgan. Bu xizmat uchun malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kunda eng zaif nuqtalardan biri sanaladi. Shubhasizki, «Dzintrans» firmasida marketing xizmati rivojlanib, tajriba to‘plab boradi. Istiqbolda faoliyatning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun talabni bashorat qilishning o‘zi kamlik qiladi, uni shakllantirish zarur bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, faqat xaridor istagan narsalarni ishlab chiqarishga o‘rganish lozim. Savollar: Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun aynan «Dzintrans» marketing salohiyatidan kompleksli va jiddiy foydalanishda birinchi qadamlar qo‘ya boshladi? Bu yo‘lda qaysi to‘siqlar eng jiddiy sanaladi? «Dzintrans» tajribasida zamnoaviy korxonalar uchun nima dolzarb bo‘lib qolmoqda? Siz korxona va firmalarda marketing shakllanishi qanday tajribalari bilan tanishsiz, ular «Dzintrans» birlashmasi tajribasiga nimasi bilan o‘xshaydi va farq qiladi? Keys stadi-2 Download 44.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling