4-mavzu. Maydon tranzistori asosida kuchaytirgichlar


Download 0.59 Mb.
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#263768
Bog'liq
4-мавзу. Майдон транзистори асосида кучайтиргичлар.


4-mavzu. Maydon tranzistori asosida kuchaytirgichlar
Sanoatda va elektr transportlarida xuddi yarim o’tkazgichli diod va tranzistorlar singari maydonli tranzistorlar ham elektr sxemalarda ko’p qo’llaniladi. Bipolyar tranzistorlardan farqli, maydonli tranzistorlar unipolyar shaklda ishlaydi, ya’ni kanal deb ataluvchi asosiy tok o’tkazadigan bir turdagi asosiy zaryad tashuvchi elektronlar oqimidan hosil bo’ladi.

a)

b)

v)

g)

d)

e)

j)

z)

2.45. rasm. Maydonli tranzistorlar: a) p turidagi kanalli; b) n turidagi kanalli; v) Ichki n kanalli; g) Induksiyalangan n kanalli; d) Ikki zatvorli ichki n kanalli; e) Induksiyalangan p kanalli; j) umumiy istokli ulanish sxemasi; z) Statik rejim

Maydonli tranzistorlarda ham uchta elektrod S - stok, Z - zatvor va I - istok bor. Kanal p – tipda stok va istokdan ibort bo’lsa, zatvor xuddi bazaga o’xshab n – tip bo’lib, boshqarish elektrodi kabi kanalni ochib, yopish vazifasini bajaradi (2.46,a -rasm).

Maydonli tranzistorlarning yana bir turi MDP va MOP tranzistorlardir. MDP – ma’nosi metall-dielektrik-poluprovodnik (yarim o’tkazgich) so’zidan va MOP – ma’nosi metall-oksid-poluprovodnik (Yarim o’tkazgich) so’zidan olingan (2.46, b-rasm).

Bunday turdagi tranzistorlarda asos sifatida yarim o’tkazgich, masalan p – tipdagi material olinadi. Rasmda ko’rsatilgandek I - istok va S – stok o’rtasida oraliq joy kanal xosil qilinadi va kanalni kengayishini Z – zatvor orqali boshqariladi. Bunday tranzistor turlari radiotexnikada kuchaytirgich sxemalarida ko’p ishlatiladi.
Maydonli MOSFET (Metal Oxide Semiconductor Field Effect Transistor) tranzistorlar. Maydonli yoki unipolyar tranzistorlarda o’tkazuvchi kanalning o’tkazuvchanligini o’zgartirish tok yo’nalishiga pepnendikulyar bo’lgan elektr maydoni yordamida amalga oshiriladi. O’tkazuvchi kanalga ulangan elektrodlar stok (drain) va istok (source) deb va boshqaruvchi elektrod zatvor (gate) deb ataladi. O’tkazuvchi kanalda elektr maydonini hosil qiluvchi boshqarish kuchlanishi zatvor va istok orasiga ulanadi.

MOSFET turdagi kuch tranzistorlarida o’tkazuvchi kanaldan konstruktiv jihatdan izolyatsiyalangan zatvor bo’ladi. Ularning tuzilishi va grafik tasviri 2.70-rasmda keltirilgan.



2.70-rasm. MOSFET-tranzistorning tuzilishi (a) va grafik tasviri (b)



Bipolyar tranzistorga o’xshash tarzda maydonli tranzistor ham chiziqli rejimi sohasi va to’yinish rejimi sohasiga ega. Ushu rejimlarda MOSFET-tranzistor bipolyar tranzistordek ishlaydi. Uning kirish va chiqish volt-amper xarakteristikalari 2.71,a,b –rasmlarda keltirilgan.
I

2.71-rasm. MOSFET-tranzistorning volt-amper xarakteristikalari
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling