4-Mavzu: Metod, metodologiya va metodika, ularning nisbati
Nazariy tadqiqot metodlari
Download 66 Kb.
|
Metod, metodologiya va metodika, ularning nisbati
2. Nazariy tadqiqot metodlari.
Ushbu metodlarga taxlil, sintez, induktsiya, deduktsiya, modellashtirish usullari kiradi. Taxlil usulida tadqiqot obyekti fikran yoki jisman tarkibiy qismlarga ajratib o’rganiladi. Bunda obyektning ayrim tomonlarining moxiyati ularning bog’liqligi va o’zaro ta’siri asosida o’rganiladi. Sintez esa – obyektni yaxlit, bir butun sifatida qismlarining birligi va o’zaro bog’liqligi asosida o’rganadi. Sintez taxlil qilingandan keyin murakkab tuzimlarni o’rganishda qo’llaniladi. Taxlil va sintez bir-biriga bog’liq metodlaridir, ular bir-birini to’ldiradi. Taxlil va sintezning emperik, gumanitar-nazariy va tuzilmali-genetik usullari mavjud. Emperik taxlil va sintez obyektlar bilan yuzaki tanishishga yordam beradi. Bunda obyektning ayrim qismlari ajratiladi, ularning xususiyatlari aniqlanadi, oddiy o’lchashlar va umumiy yuzasidagi narsalar qayd qilinadi. Bu usul tadqiqot obyektini o’rganishga imkon beradi, lekin, uning mohiyatini ochib berishga kamlik qiladi. Obyektning mohiyatini o’rganish uchun gumanitar-nazariy taxlil va sintez ishlatiladi. Obyektning mohiyatiga chuqurroq kirib borishda esa tuzilmaviy-genetik taxlil va sintez qo’l keladi. Bunda tadqiqot obyekti mohiyatining barcha tomonlariga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy va eng muxim usullar ajratiladi. Deduktsiya va induktsiya tadqiqot obyektini o’rganishda va mantiqiy xulosalar chiqarishda o’ziga xos taxlil va sintez hisoblanadi. Deduktsiya umumiydan xususiyga bo’lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. U matematika va mexanikaning qonunlarini yaratishda qo’llaniladi. Induktsiya deduktsiyaga qarama-qarshi bo’lib, mantiqiy xulosalar xususiydan umumiyga tomon amalga oshiriladi. Bu ikki usullar ham bir-biri bilan bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Induktsiya taxminiy bilimlar beradi, deduktsiya esa, yangi, aniq va to’g’ri bilimlarni egallashga zamin yaratadi. Modellashtirish usulida tadqiqot obyektining asosiy xossalari sun’iy sistema, ya’ni modelda o’rganiladi. Model obyekt bilan ko’p jixatdan o’xshash bo’ladi, ular orasida deyarli farq bo’lmaydi. Modellashtirishning tuzilmasi quyidagichadir: Masalaning qo’yilishi Modellashtirishni yaratish va tanlash Modellashtirishni o’rganish Model bo’yicha olingan bilimlarni originalga ko’chirish. Gepotetik usul – gipotezani ishlab chiqishga asoslanadi. U amaliy fanlar uchun asosiy metod hisoblanadi, ilmiy eksperimentda qo’llaniladi. Tarixiy metod – obyektning tug’ilishini, shakllanishi va rivojlanishini xronologik ketma-ketlikda o’rganishga asoslangan. Texnik sohalarda kam qo’llaniladi. Ideallashtirish deb – amaliy jihatdan mavjud bo’la olmaydigan obyektlarni fikran xayolda qurish jarayoniga aytiladi.Uning maqsadi real obyektlarni ularga tegishli bo’lgan xossalardan xayolan maxrum qilish va gipotetik xossalar bilan to’ldirishdar. Har qanday ideallashtirish faqat ma’lum bir chegarada amalga oshirilishi mumkin. Nazariy tadqiqot metodlar. Nazariy tadqiqot metodlariga umumlashtirish, aksiomatik va abstraktsiyalash metodlari kiradi. Umumlashtirish deb umumiy holatni shakllanishi va obyektlar majmuasidagi eng ahamiyatli munosabatlarni aniqlash metodiga aytiladi. Umumlashtirish yangi ilmiy tushunchalarni hosil bo’lishi va yangi qonun va nazariyalarni shakllanishi uchun vosita hisoblanadi. Aksiomatik metod - aksiomalarga, ya’ni isbotsiz qabul qilingan muqarrar holatlarga asoslanadi. Unda nazariya, deduktsiyadan foydalanilgan holda mantiqiy isbotlar yordamida yaratiladi. Bu ilmiy bilimlarni tashkil etilishi va bir tizimga keltirilishidagi eng talabchan va aniq metoddir. U ko’proq nazariy fanlarni rivojlanishda ishlatiladi. Abstraktsiyalash metodi- obyektni ahamiyatsiz xossolardan uzoqlashtirib, tadqiqodchini qiziqtiruvchi ba’zi bir tomonlarini ajratib olishga asoslanadi. Abstraktsiyalash metodi 2 ta bosqichga bo’linadi. 1-bosqichda e’tiborga olinmasa ham bo’ladigan omillar aniqlanadi. 2- bosqichda obyektni xossalarga uncha boy bo’lmagan soddalashtirilgan model bilan almashtiriladi. Abstraktlashtirish sezishdan xayoliy obrazga o’tishdagi bilish jarayonining muhim bosqichidir. Formatlashtirish – u obyektni biror –bir sun’iy tilning (masalan matematika, ximiya ) belgisi shaklida tasvirlash orqali o’rgatishga imkon beradi. Ushbu metod muammoni umumiy holda echish imkonini beradi.Bunda obyektning e’tiborli tomonlari matematik termin va tenglamalar bilan ifodalanadi. Keyin ular bilan qoidalar yordamida amallar bajariladi.
Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling