4-Mavzu: Metod, metodologiya va metodika, ularning nisbati


Download 66 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi66 Kb.
#217105
  1   2   3
Bog'liq
Metod, metodologiya va metodika, ularning nisbati


4-Mavzu: Metod, metodologiya va metodika, ularning nisbati

Reja:

  1. Usul, uslub, metod, metodologiya va metodika tushunchalarining mazmuni hamda o‘zaro aloqadorligi.

  2. Metodika, metod va metodologiya tushunchalariningmantiqiy tuzilmasi va o‘zaro nisbati.

  3. Metodologiyaning o‘ziga xos belgilari: muayyan fan metodologiyasi; metodologiya – ilmiy tafakkur yuritish qoidalari haqidagi fan..


Tayanch so`z va iboralar: tadqiqot metodlari, emperik tadqiqot metodlari,

emperik va nazariy tadqiqod metodlari,   nazariy tadqiqod metodlari, kuzatish, qiyoslash, hisoblash, o’lchash, eksperement, tahlil, sintez, induktsiya, deduktsiya, modellashtirish, gepotetik usul, tarixiy usul, ideallashtirish.
1.Usul, uslub, metod, metodologiya va metodika tushunchalarining mazmuni hamda o‘zaro aloqadorligi.

 Tadqiqodlarni ma’lum bir ketma –ketlikda va yuqori samarada bajarish uchun qo’llaniladigan metodlarning tizimi metodika deyiladi. 

Metod-ilmiy tadqiqot metodikasining asosidir. Metod deganda ma’lum jarayonni nazariy jihatdan ta’riflab berish va amaliy jihatdan amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul tushuniladi. 

Metodologiya–o’rganilayotgan masalani xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tadqiqot metodlarini tanlash va qo’llash imkonini yaratib beruvchi fandir. Metodikalar turlicha bo’lishi mumkin: eksperimental va nazariy tadqiqodlar metodikasi, olingan natijalarni qayta ishlash va rasmiylashtirish metodikasi, tadqiqotlar samarasini baholash metodikasi va x.k.

Metodikani ilmiy jihatdan asoslash uchun reja dastur tuziladi. Reja-dastur murakkab masalani bir qancha oson masalalarga bo’lib yuborish va tadqiqot doirasini aniqlashdan iborat. Bunda har bir masala aniq ravishda ta’riflanadi, asoslanadi va boshqa masalalar bilan uzviy bog’liqligi topiladi. Bunda tadqiqodning mantiqiy ketma – ketligi belgilanib, ayni vaqtda butun diqqatni jalb qilib, hal qilinishi lozim bo’lgan bosh vazifa aniqlanadi. Reja-dasturni tuzishdan oldin vazifalarni echish metodlari bilan tanishiladi. 

Kelgusi tadqiqotlarni detallarini ko’ra bilish, ularni tuzish va asoslash oson vazifa emas, shu sababdan rejaga u bu tuzatishlar kiritiladi. Reja-dastur ilmiy rahbar tomonidan taqdim etilishi mumkin, ammo bunda tadqiqotchi uni to’liq ravishda o’zlashtira olmasligi mumkin.  Eng maqbul variant bo’lib, tadqiqotchi adabiyotlar tahlili va o’zining fikr mulohazalari asosida reja dasturni o’zi tuzishi va rahbari bilan kelishishi hisoblanadi.

Ilmiy tadqiqot metodlari 3 turga bo’linadi.

Emperik tadqiqot metodlari.

Emperik va nazariy tadqiqod metodlari. 

Nazariy tadqiqod metodlari. 

Emperik tadqiqot metodlariga kuzatish, qiyoslash, hisoblash, o’lchash va eksperiment kiradi.

Kuzatish deb – ma’lum bir obyektni muntazam ravishda bir maqsad yo’lida o’rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish usuliga aytiladi. 

Ilmiy kuzatish quyidagi koponentlarni o’z ichiga oladi: 

obyekt tanlash, 

maqsad qo’yish, uni tavsiflash

xulosa chiqarish.

Kuzatishda obyektni o’rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda faqat obyektning xossasi, o’zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot natijalari bizga real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari xaqida ma’lumot beradi. Bu natijalar subyektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog’liq bo’lmaydi. 

Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

Oldindan ataylab maqsad qo’yish.

Rejalashtirish

Maqsad yo’lida vazifani yo’naltirish, ya’ni obyektning eng ahamiyatli tomonlarini o’rganish.

Faollik, ya’ni ayni kerakli hodisalarni izlash.

Muntazamlilik, ya’ni kuzatishni ma’lum bir tizim bo’yicha olib borish.

Zamonaviy fanda kuzatish turli asoboblarni qo’llash bilan bog’liqdir. Ular birinchidan, sezgi organlarini kuchaytirsa, ikkinchidan kuzatilayotgan xodisalarni baholashdagi subyektlashuvdan saqlaydi.

Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o’zining murakkabligi bilan ajralib turadi, chunki bu xolda uning natijasi ko’p miqdorda kuzatuvchining shaxsiga va uning o’rganilayotgan xodisalarga bo’lgan munosabatiga bog’liq.

 Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, kino va foto xujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi.

Qiyoslash usuli bilishning keng tarqalgan usuliga kiradi va “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha obyektlar uchun umumiy bo’lgan va faqat o’ziga xos jixatlar aniqlanadi. Qiyoslash qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir. Qiyoslash unumli bo’lishi uchun 2ta talabga rioya qilish zarur:

1. Qiyoslash uchun ular o’rtasida muayyan obyektiv umumiylik bo’lgan obyektlargina tanlanishi kerak.

2. Taqqoslash jarayoni eng axamiyati belgilar va xossalar bo’yicha amalga oshirilishi zarur. 

Qiyoslash asosida olingan natijalar “kattaroq, kichikroq yoki teng” degan javoblar bilan xulosa qilinadi. 

Hisoblash deb – tor texnik ma’noda berilgan  majmua yoki to’plamdagi bir tipli obyektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Hisoblashni amalga oshirish uchun farqni aniqlash, xar bir diskret obyektni ko’ra bilish lozim. Hisoblashning natijalari bo’lib sonlar hisoblanadi. Ular EHM da taxlil qilish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. 

O’lchash deb – ma’lum bir kattalikni o’lchov birligidagi etalonga nisbatan raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo’lgan fizik jarayonga aytiladi. O’lchashda quyidagi komponentlarning bo’lishi talab etiladi:

O’lchash obyekti

Etalon


O’lchov asbobi

O’lchash metodi. 

Qiyoslashdan farqli o’laroq, o’lchash bilishning ancha aniq vositasi hisoblanadi. Bunda atrof borliqdagi obyektlar xaqida yuqori aniqlikdagi ma’lumot olinadi. O’lchash metodi eksperiment va nazariya orasidagi bevosita bog’lanishni va ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to’g’riligini ta’minlaydi. O’lchash xaqidagi fan metrologiya deb ataladi.

Hisoblash bilan o’lchash miqdoriy ma’lumot olishning asosiy metodlaridir. Ularning natijalari sonlardir. Hisoblash nazariy jixatdan xatolarsiz bo’ladi, ammo, o’lchash bexato bo’lmaydi. O’lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini belgilaydi.

Eksperement deb – aniq belgilangan sharoitda ma’lum bir xodisani aniq maqsad yo’lida o’rganish uchun qo’yilgan tajribaga aytiladi. 

Bunda tadqiqotchiga bo’layotgan o’zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish, xodisalarga turli vositalar bilan ta’sir ko’rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash imkoniyati tug’iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o’lchash usullaridan foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko’rsatgan ta’siri o’rganiladi. Eksperiment ilmiy jixatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi lozim.

Metodologik nuqtai nazardan eksperiment ilmiy-tadqiqotni sust faoliyatdan faol faoliyatga o’tishini ta’minlaydi. Eksperimentda obyektni o’rganish sharoitini o’zgartirish, uni sof xolda bajarish, qaytarish, xamda soddalashtirilgan, kichiklashtirilgan modellarda o’rganish mumkin.

 Emperik tadqiqot usullari farazni dalillash uchun asos bo’lib qolmay, balki yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai hisoblanadi. 





Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling