Talim vazirligi
Download 441.5 Kb. Pdf ko'rish
|
O’ZBEKISTON RESPUBLİKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI QORAQALPOQ DAVLAT UNİVERSİTETİ Geografiya kafedrası «O’ZBEKISTONNING IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI» fanidan
MARUZA MATNİ Tuzgan: ass.K.Utarbaeva
«O’ZBEKİSTONNİNG İQTİSODİY VA İJTİMOİY GEOGRAFİYaSİ» fanidan
maruza matni rejasi 1-mavzu: Kirish. Kursning maqsadi va vazifalari, tadqiqot metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi
O’zbekistonning iqtisodiy-geografik joylashgan o’rniga
O’zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarini xalq xwjaligida foydalanish.
O’zbekistonning axolisi. Axoli soni, dinamikasi, joylashishi. Mexnat resurslari.
Aholining bandlik darajasi va meh’nat resurslari. 6-mavzu:
O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligining umumiy tarifi.
Sanoati. Yoqilg’i-energetik sanoati 8-mavzu:
Qora va rangdor metallurgiya sanoati 9-mavzu:
Engil va oziq-ovqat sanoati. 10-mavzu: O’zbekiston Respublikasining qishloq xo’jaligi
O’zbekiston Respublikasining chorvachiligi.
Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari
O’zbekiston Respublikasining transporti.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rayonlari.
Toshkent iqtisodiy rayoni. 15-mavzu: Mirzacho’l iqtisodiy rayoni.
Farg’ona iqtisodiy rayoni.
Samarqand iqtisodiy rayoni.
Buxoro-Qizilqum iqtisodiy rayoni.
Qashqadaryo iqtisodiy rayoni.
Surxondaryo iqtisodiy rayoni..
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni
O’zbekistonning tashqi va ichki iqtisodiy aloqalar.
KİRİSh 1. Kursning maqsadi va vazifalari, tadqiqod metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi oliy o’quv yurtlarining geografiya mutaxassisliklarida respublikamiz mustaqillikka erishganligi munosabati bilan asosiy o’quv fanlaridan biriga aylandi. Ushbu fanda Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin o’lkamiz xalq xo’jaligi tuzilmasining tarkib topishiga tasir qiluvchi tabiiy va iqtisodiy omillar, mamlakatimiz xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ularning joylashish xususiyatlari, hamda respublikamizning turli qismlarida tarkib topgan iqtisodiy rayonlarining o’ziga xos xususiyatlarini yoritish asosiy maqsad qilib quyilgan. Shundan qelib chiqib aytishimiz mumkinki, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining urganish predmeti, respublikamiz xalq xo’jaligining tarkibi, joylanishi va ularga tasir qiluvchi omillarni tahlil qilish va shu asosda o’lkamiz xalq xo’jaligining kelajakdagi taraqqiyotini kursatib berishdan iborat. Shunday ekan, respublikamiz taraqqiyotini oldindan aytish uchun boshqa fanlar xulosalariga ham tayanish zarur. Shu sababli O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani, O’zbekiston tabiiy geografiyasi, O’zbekistonning geologiyasi, O’zbekiston iqtisodiyoti fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani uz oldiga quygan maqsadni echish uchun statistik, kartografik, dala qidiruv hamda adabiyotlardagi materiallarni kurib chiqish va ularni taxlil qilish metodlariga tayanadi. Ushbu fanni urganishda eng avvalo respublikamiz xalq xo’jaligining tarkib topishi va rivojlanishiga tasir qiluvchi tabiiy va iqtisodiy omillar, mamlakatimiz xalq xo’jaligining tarkibi va uning regional xususiyatlarini analiz qilish asosida amalga oshiriladi.
1. O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİNİNG İQTİSODİY-GEOGRAFİK O’RNİGA TARİF. O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi, chegaralari, kattaligi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o’rta qismini ishqol qiladi. Uning maydoni 448,9 ming km 2 . Hududiy kattaligiga ko’ra u Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog’iston va Turkmaniston respublikalaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. Xududi uning chekka o’lkalari o’rtasidagi masofa g’arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km ni tashqil qiladi, chegaralarining umumiy uzunligi esa 6121 km dan ortiq. O’zbekiston Respublikasi shimoliy sharq tomonda Qirg’iziston, shimol va shimoli g’arbda katta masofada Qozog’iston Respublikasi, janubiy g’arbda Turkmaniston, janubiy sharqda-Tojikiston Respublikalari bilan, chegaradosh. Uni janubiy tomondan Amudaryo orqali Afg’oniston davlati o’rab turadi. Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jixatdan ancha qulayliklarga ega. Respublika janubdan Afg’oniston bilan chegaradoshligi tufayli, ushbu davlat bilan va u orqali unga yaqin bo’lgan Xind okeani h’avzasi mamlakatlari, birinchi navbatda Pokiston va Hindiston bilan h’ar taraflama keng o’zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari tobora kengaymoqda. O’zbekistonning ishlab chiqarish ixtisosi o’xshash bo’lgan Markaziy Osiyo respublikalari bilan tutashganligi ayniqsa muxim ahamiyatga ega. Keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo’lga qo’yish, xilma xil va boy tabiiy resurslardan (ayniqsa, respublikalar bilan tutashgan qo’shni xududlarida) birgalikda foydalanish orqali respublikalararo xududiy ishlab chiqarish majmualarini tashqil qilish va boshqalar bunday chegaradoshlikning ijobiy yakunlaridandir. O’zbekiston Respublikasi chegaralarining muxim xususiyatlaridan biri ularning aksariyat tekisliklar orqali o’tishidir. Hatto uning bilan o’lkan tog’li o’lkalari - Qirg’iziston va Tojikiston respublikalari o’rtasidagi chegaralar ham asosan qulay tog’ oraliq vodiylari yoki u qadar baland bo’lmagan tog’ tizmalari orqali o’tgan. Ularni bog’lab turadigan transport yo’llari shu sababli iqtisodiy jih’atdan qadimdan yaxshi o’zlashtirilgan xududlar orqali tashqil etilgan. Umumiy bu h’olat, tabiiyki bu qo’shni respublikalar bilan xilma-xil iqtisodiy aloqalarni tashqil qilishda yanada qo’shimcha qulayliklar tug’diradi. Umuman iqtisodiy-geografik o’ringa bah’o berishda O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish taqlil qilish muximdir. Respublikamiz iqtisodiy-geografik o’rniningmakro-geografik mavqeini belgilovchi bu h’olat aynan jah’on ko’lamida, yani qaror topayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining markaziy rayonlari hamda turli qita va mintaqalarda joylashgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish imkoniyatlari doirasida qarab chiqilmog’i kerak. O’zbekiston Respublikasining etuk darajada iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini beradigan ishlab chiqarish texnologiyalariga bo’lgan eh’tiyoji dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan o’zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish orqali gina qondirilishi mumkin. Malumki, h’ar qanday xududning, jumladan O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini tashqil qilishda yirik metallurgiya bazalarining, yoqilg’i- energetika, o’rmon resurslarining uzoq-yaqinligi, transport vositalari, ayniqsa qulay dengiz portlariga chiqish h’olatlari ham katta rol o’ynaydi. Bu jixatdan O’zbekistonning Hamdo’stlik davlatlari bilan bo’lgan ishlab chiqarish aloqalarini, albatta yangi asoslarda yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bu muammolar echimi ko’p jixatdan aloqa o’rnatilajak davlat yoki ijtimoiy markazlar o’rtasidagi masofaga, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish imkoniyatlariga, qolaversa amaldagi davlatlararo siyosiy vaziyatga va boshqa bir qancha omillarga borib taqaladi. Agar O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlariga muh’im iqtisodiy bazalardan va jah’onning iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqda joylashganligi, buning ustiga rivojlangan mamlakatlar bilan bog’lanish imkoniyatlarining cheklanganligi xisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy geografik o’rniningmakrogeografik mavqeyi birmuncha noqulay ekanligi malum bo’ladi. O’zbekistonning eksport imkoniyatlari ancha keng. Respublika iktisodining yaqin kelajakdagi bosh vazifalaridan biri ana shu o’z ichki imkoniyatlaridan to’la foydalanib, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni h’ar taraflama kengaytirishdir. Tabiiyki, yaqin davrlar orasida O’zbekistonning asosiy eksport mausulotlari paxta, shuningdek meva, sabzavot, poliz, ulardan tayyorlangan konserva mausulotlari, xalq xunarmandchilik mollari bo’lib qoladi. Ayni vaqtda respublikamiz importining asosini ishlab chiqarishning yuqori unumdorligini taminlay oladigan zamonaviy texnologik vositalar egallashi lozim. O’zbekiston sanoati ishlab chiqarish fondini shu yo’l bilangina qisqa muddat ichida yuqori samaradorli texnikaviy jixozlar bilan taminlash va xalq xo’jaligining tarmoqlar tarkibini davr talabi asosida qayta tashqil qilish mumkin. Bu muxim vazifalarni amalga oshirishda bundan keyin ham sobiq xukimat doirasida tarkib topgan transport vositalari, ayniqsa temir yo’l transportidan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunga 1992 yil fevralida Hamdo’stlik davlatlari boshliqlarining temir yo’l transportidan birgalikda foydalanish to’g’risidagi Minskdagi kelishuvi ham yordam beradi. Transport vositalaridan va muxim dengiz portlaridan foydalanishni yo’lga qo’yishda Hamdo’stlik davlatlarining o’zaro manfaatdorlik asosida tuzayotgan iqtisodiy bitimlari davlatlararo iqtisodiy aloqalarni olib borishda keng imkoniyatlar yaratadi. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishda O’zbekiston oldida yanada istiqbolliroq imkoniyatlar ochilmoqda. Seraxs (Turkmaniston)-Mashh’ad (Eron) temir yo’lining tugallanishi qadimiy Turkistonning eng qulay, qisqa masofada bir tomondan, O’rta va Yaqin Sharq, Markaziy va G’arbiy Evropa mamlakatlari, ikkinchi tomondan, Xitoy orqali Uzoq Sharq mamlakatlari bilan bog’lanishga imkon beradi. Osiyo qitasini kenglik bo’ylab g’arbdan sharqqa kesib o’tadigan bu o’lkan Transosiyo magistralining ishga tushirilishidan shu temir yo’l bo’yida joylashgan barcha davlatlar manfaatdordir. Shu sababli bu temir yo’lning qisqa vaqt ichida ishga tushirilishi O’zbekiston Respublikasi makrogeografik o’rniningancha yaxshilanishiga olib keladi. Shunday qilib, respublikamizning iqtisodiy-geografik o’rni O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi natijasida respublikamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarining yanada tez rivojlanishiga, xalqimizning mustakillik nashidalaridan tezroq, baxramand bo’lishiga olib keladi. Hozirning o’zidayoq O’zbekistonning Turkiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy bitimlari, AQSh, Xitoy, İtaliya, Turkiya, Avstriya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Olmoniya kabi davlatlarning ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalari ishtirokida tashqil etilgan o’nlab qo’shma korxonalari qisqa vaqt orasida respublika ishlab chiqarish tarmoqlari ishida keskin ijobiy o’zgarishlar bo’lishini taminlaydi.
2. mavzu: O’zbekiston Respublikasining tabiiy sharoiti va resurslari. Tabiiy sharoiti. O'zbekiston asosan Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida joylashgan . Uning maydonini tabiiy sharoiti va boyliklariga ko'ra , shuningdek xo'jalikdagi ahamiyatiga ko'ra cho'l (tekislik) , adir (tog' oldi) , tog' va yaylov (baland tog')ga bo'lish mumkin . Ular iqlim , tuproq , o'simlik va hayvonot olami hamda foydali qazilmalar turi va ko'lami jihatdan bir-biriga o'xshamaydi .
O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari er yuzasi sharqqa - tog’ oldi va tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa cho’ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun juda muxim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo, Chirchiq va Oh’angaron daryolari vodiylari va nixoyat tog’lar o’rtasidagi Farg’ona vodiysi bor. Bu vodiylar va Amdaryoning quyi oqimi respublikaning aholi zich joylashgan voxalaridir. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik - cho’ldan iborat. Respublikaning chekka shimoliy-g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi erida Orol dengiziga taqalib kelgan cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi joylashgan. Orol dengizidan janubda keng Amudaryo deltasi, undan bir oz yuqoriroqda Xorazm viloyati joylashgan. bu erlar daryo oqizib kelgan h’osildor jinslarning cho’kishidan vujudga kelgan pasttekisliklardan iborat bo’lib, ko’pchilik erlar Amudaryo suvi bilan sug’orish uchun qulaydir. Cho’llar bilan o’ralgan bu erda respublikaning yirik obikor deh’qonchilik rayonlaridan biri joylashgan. Undan sharqta keng Qizilqum cho’li yoyilib yotadi. Qizilqum cho’li Navoiy viloyatining asosiy qismini egallaydi va Qozog’iston xududiga ham kirib keladi. Bu ham tekislik bo’lsada, biroq suvsiz erlar qum tepalari va barxanlar bilan qoplangan. Qum tepalari orasidagi pastlik erlar sho’rxoklar va taqirlardan iborat. Cho’lning o’rta joylarida qoyali qoldiq tog’lar (500-900 m) uchraydi. Bu tog’ar tagida ko’pgina buloqar chiqayabti, buloqlar dan vaqtincha turadigan chorvadorlar foydalanadi. O’zbekistonning iqlimi umuman keskin kolntinental bo’lib, tekisliklarda yozda jazirama issiq va quruq bo’ladi. İyulning o’rtacha qarorati +26 gr (Nukus), +30,2 (Buxoro), +32 (Termiz) boradi. Qish ancha bulutli va bazan nisbatan qattiq sovuqlar ham bo’ladi. Yanvarning o’rtacha qarorati - 5,30 (Nukus) va -1,30 dan (Toshkent), +30 gacha (Termiz) boradi. Eng past h’arorat shimolda - 30 gr va undan ham past bo’ladi. Bah’or qisqa, seryong’in va ob-h’avo beqaror bo’lib, birdan isib, birdan sovib turadi. Kuzda xavo ochik keladi, qishga tomon h’arorat asta-sekin pasaya boradi. Yillik yog’in miqdori tekisliklarda 120-200 mm, Amudaryo deltasida atigi 45 mm. Tog’oldi zonasida yog’in miqdori 300-400 mm gacha etadi, g’arb tomonga qaraganda tog’ yon bag’rlariga yog’in yana ham ko’proq yog’adi. Yog’inni bu erga asosan g’arbiy shamollar olib keladi. respublikamizning janubida va janubi-g’arbdan vaqti-vaqti bilan quruq afg’on shamol iesib turadi. O’zbekistonning tekislik erlarida vegetatsiya davri juda uzoq vaqt - shimolda 190 kundan, janubda 220 kungacha va bundan ko’proq davom etadi. İssiqlik miqdori paxtaning turli navlarini, janubiy rayonlarda (qashqadaryo h’avzasida) esa ingichka tolali navlarini ham etishtirish uchun bemalol etarlidir. Nam kam bo’lganligidan ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining normal rivojlanishi uchun erni sug’orishga to’g’ri keladi. Faqat tog’ yon bag’irlarida bah’orikor deh’qonchilik uchun yaroqli anchagi erlar bo’lib, bu erlar yomg’irdan etarli darajada nam oladi. Bunday erlardan don ekinlari, asosan bug’doy etishtirish uchun foydalaniladi. Baxorikor erlar Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ko’proq. Sug’oriladigan erlarda esa paxta, g’alla va sholi etishtiriladi. O’zbekistonda yirik daryolardan tortib kichik daryolargacha barchasi sug’orish uchun foydalaniladi. Tog’ oldi zonasida daryolar hammadan ko’p. Amudaryo (Qoraqalpog’iston voxasi va Xorazm viloyatini sug’oradi), Zarafshon, Chirchiq va Oh’angaron irmoqlari bilan Sirdaryo, Farg’ona vodiysi daryolari (So’x, İsfara, Oqbo’ra, Qoradaryo va boshqalar) hamda Janubiy O’zbekiston daryolari Qashqadaryo va Surxondaryo yirik irrigatsiya ahamiyatiga egadir. Mana shu barcha va boshqa daryolardan katta va kichik sug’oruv ariq hamda kanallar chiqarilgan. O’zbekiston sug’orish sistemalari yirik injenerlik to’g’onlar, suv omborlari, ko’pdan-ko’p betonlangan suv taqsimlovchi inshootlar va kanallarga ega. O’zbekistonda yirik kanallardan Katta, Shimoliy va Janubiy Farg’ona, shuningdek Mirzacho’lda Sarkisov nomidagi, Janubiy Mirzacho’l kanallari bor. Kelgusida ham sug’orish tarmoqlarini kengaytirish va takomillashtirish O’zbekiston xo’jaligining muxim masalalaridan biri bo’lib qola beradi. Ko’p daryolarga katta va kichik gidroelektr stantsiyalari qurilgan. Gidroelektr stantsiyalarining kaskadlar Toshkent voxasida (Chirchiq-Bo’zsuv) va Farg’ona vodiysida (Shaximardon va Namangan) qurilgan. Sirdaryoda uning Farg’ona vodiysidan chiqaaverishda Farxod GESi bor. O’zbekistonning odam qo’li bilan bunyod etilgan deh’qonchilik qilinadigan voxalarida (Zarafshon, Farg’ona, Chirchiq-Oh’angoron, Mirzacho’l va boshqa voxalarda) madaniy o’simliklar ko’pchiligin tashqil etadi. Bunday erlar yaylov sifatida qimmatli bo’lib, foydalaniladi. Cho’llarda mollar, asosan qo’y bilan tuyalar qush tepalardagi o’t- o’simliklar, tog’ yon bag’irlarida esa tog’-dashlari va o’tloq o’tlar bilan boqiladi. Tabiiy resurslari. Madan (mineral) resurslari. Cho'llarda xilma-xil foydali qazilmalar topilgan . Jumladan , 50 dan ziyod neft koni gaz , ozakerit , oltingugurt , oltin , ularnning sanoatbop zaxiralari aniqlangan . Gazning aniqlangan zaxirasi 2 trillion m/kub. dan ziyod . Zarafshon etagidagi Dengizko'l va To'ybekatonda kaliy tuzlarining yirik zaxiralari mavjud . Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Sulton Uvays tog'larida Surxandaryo vodiysida va Qizilqumda fosforit konlari bor Oltingugurt , natriyli va magniyli tuz konlari kimyo sanoatining muhim xomashyosidir . Shag'al , qum singari binokorlik materiali cho'lda juda ko'p uchraydi . Adirlardan oltin , neft , gaz , ko'mir singari foydali qazilmalar topilgan . Namangan , Andijon , Farg'ona , Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi neft konlari aksariyati adirlarda joylashgan . Tog'lardan ko'plab foydali qazilmalar topilgan . Ohangaron vodiysi atrofidagi tog'larda o'tga chidamli ioy , toshkomir , mis rudasi , oltin konlari aniqlangan . Nurota tog'larida marmar (G'ozg'on marmari) , volfram konlari bor . Prezdentimiz İ.A.Karimov takidlaganidek, O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan h’aqli suratda faxirlanadi- bu erda mashh’ur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan . Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foyidali qazilma nomlari va madan namoyon bo’lgan istiqbolli joylari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shunda 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan, 900 dan ortiq nom qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashqil etadi. O’zbekiston mis, oltin, qo’rg’oshin, rux, molibden, volforam, tabiiy gaz, qimmat bah’o toshlar va boshqa qazilma boyliklar jih’atdan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Yoqilg’i - energetika resurslari. O’zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha konlari bor. Ularning asosiylari uchta. Mintaqada joylashgan: Farg’ona mintaqasida Shimoliy So’x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Shursuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bo’lib, bu xududda asosan neft va yo’ldosh gaz uazib olinmoqda. Surxondaryo mintaqasida-Amudaryo, Koshtar, Kokaydi va boshqa konlardan iborat. Bu konlardan ham, asosan neft qazib olinadi. Qashqadaryo - Buxoro mintaqasida - o’zining yirik gaz konlari bilan mashxur. Sho’rtan, Zevarda. Muborak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib chiqarilayotgan asosiy gazni bermoqda. Keyingi yillarda aniqlangan Ko’kdumoloq gazi nomi katta istiqbolga ega. O’zbekiston tabiiy gaz zaxirasi jixatdan Rossiya Federatsiyasi va Turkmanistondan keyin Hamdo’stlikda uchinchi o’rinda. O’zbekiston ko’mir konlari mah’alliy ahamiyatga ega, ularning eng muximlari Toshkent viloyatidagi Angren, Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un va Boysun konlaridir. Ko’mir qatlamlari orasida xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan turli jinslar - gil, kaolin, qum, bintolit, slanets va boshqalar uchraydi. Masalan, Angren nomi daryo vodiysida , kaolin qatlamlari ustida yotadi ko’mir qatlamlari ancha qalin (40-60m), ko’mir qatlamlari ko’proq er yuzasiga yaqin joylashgani uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Rudali resurslar. O’zbekiston xududida aniqlangan temir rudasining zaxirasi uncha katta emas. Ulug’ Vatan urushidan keyin magmatik temir rudasining bir qancha konlari topildi. Ularning ancha ahamiyatlisi Qoraqalpog’istondagi Tebin buloq (Sulton Uvayis tog’) nomidir. Bundai temir rudasi tarkibida nikel, kobalt, xrom, plastina va boshqalar yuldosh bo’lib uchraydi. Surenota (Nurota), Susengen (Chotqol), Mingbuloq va boshqa konlar ham magmatik temir ruda konlaridir. O’zbekistonda marganetsning bir necha konlari malum. Ular asosan Zarafshon tizmasidagi Ziyovuddin, Rovtosh, Qizilbuloq, Taxtaqarcha, Tersaksoy, Cho’ponota nomlari bo’lib, ularning rudasida 8- 28%gacha marganets bor. Xrom rudasining kichik konlari Tomditog’ va Sulton Uvayis tog’ida topilgan. O’zbekiston rangdor metal rudalariga ancha boy. Mis rudasining zaxirasi jixatdan Respublikamiz Hamdo’stlikda Qozog’iston va Rossiya Federatsiyasidan keyin uchinchi o’rinda turadi. Misning bir qancha konlari topilgan, Shulardan uchtasi Olmaliq atrofidigi Qalmoqqir, Dalniy va Sarichekov konlaridir. O’zbekistonda pollemetal (qurg’oshin, rux) ning bir necha yirik konlari topilgan. Surxondaryo viloyatidagi Xondaza, Qurama tog’idagi Qurg’oshinkon va Koshmansoy konlari shular jumlamsidandir. Bu konlarda galenit, sfalerit, xalno pirit, shelit, molibden minerallari uchraydi. Bulardan tashqari polimetallning Uchquloch, Sarikon, Kunyaylov, Ko’lchuloq va boshqa konlar malum. Bular ichida Shimoliiy Nurota tizmasidagi Uchqulochnomi aloh’ida ahamiyatga ega. Bu konning asosiy minerallari galenit, sfalerit va piritdir Lashkarak (Kurama tizmasi) polemetall rudasi tarkibida vismut va kumush uchraydi. O’zbekistonda qiyin eriydigan metallardan volfram rudasi ko’p. Nurota. Zirabuloq, Qoratepa, Chaqilkalon tog’larida volfram rudasi paleozoyning magmatik jinslari orasida uchraydi. Volframning yirik konlari quytosh, Yngichka, Qoratepa va Yaxton konlaridir. Hozirga İngichka va Quytosh konlaridan volfram rudasi qazib olinmoqda. Molibdenning bir qancha, chunonchi g’arbiy Xisorning Obizarang, Chotqolning Chavatisoy, Olmaliq konlari malum. Hozircha molibden faqat Olmaliqda mis-pordir rudalaridan yo’ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda. O’zbeksitonda qalayning bir qancha kichik konlari malum, ulardan h’ozircha qalay qazib olinayotgani yo’q. O’zbekiston qimmatbah’o asl matallardagi biri bo’lgan olt inga boydir. Rspublikamiz oltinning sifati va zaxirasi dunyo ahamiyatga ega. Uning muxim konlari Qizilqumdagi Muruntov va Ko’kpatos, Chotqol-qurama tog’ tizmasidagi Saricheku, Ko’chbuloq va Chadak, Nurota tizmasidagi Marjonbuloq, Zarmitan va boshqalardir. Sarichekuv konida oltin, mis va polimetallarga yo’ldosh bulib uchraydi. Hozircha Muruntov, Marjonbuloq, Ko’chbuloq va Chodak konlarida oltin qazib olinmoqda. Alyuminiy xom ashyosi - alunit konlari Kurama tog’idagi Go’shsoy konining rudasi birmuncha sifatli. Respublikamizda tog’ kimyosi xom ashyosidan osh tuzi, kaliy tuzi " fosforitning katta zapaslari aniqlangan. Osh tuzining asosiy konlari Xo’jakon, Oqtosh, Boybichakon kabilari bo’lib, ulardagi qisman foydalanilmoqda. Kaliy tuzining tubechendagi yirik nomi h’ali ishga solingani yo’q. Fosforitning katta zaxirasi Qizilqumda topildi, uni ishga solish rejalashtirilmoqda. Oltingugurt Farg’ona vodiysidagi Sho’rsuv konidan qazib olinadi. O’zbekistondagi ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning katta qismi Muborak gazini qayta ishlash natijasida ajratib olinmoqda. Oltingugurtdan foyidalanish imkoniyati kengdir. Flyuorit (plavin shpat)dagi qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash vositalari tayyorlashda va oyna sanoatida foyidalaniladi. Flyuorit Chotqol-Qurama tog’ tizmasidagi Oqota, Navgarzon konlaridan olinmoqda. Xilma-xil qurilish va pardozlash xom ashyolari O’zbekiston xududida keng tarqalgan. Abraziv (qayroq) toshlar qattiuq minerallardan tayyorlanadi. Korund shunday minerallar jumlasiga kiradi, uning asosiy konlari Morguzar, va Sulton Uvayis tog’arida joylashggan. Oxaktosh, bo’r, gil, va slanets, tsement, oxak, gips, albastir kabi qimmatli maqsulotlar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo qisoblanadi. Bularning yaxshi sifatli konlari Bekobod, Quvasoy, Oxangaron, Jizzax, Qoravulbozor va joylarda uchraydi. Kvarts (oqqum) oyna va kulolchilikka sanoatining xom ashyosi xisoblanadi. Oqqum konlari O’zbekistonning Toshkent viloyatida (Mayskiy va Ozodbosh qishloqlari yonida), Buxoro viloyatida (Navoiy viloyatida) Farg’ona vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. O’zbekiston marmarining shuurati kengt tarualgan uozuon, Omonqo’ton, Jom, Sharaqsoy, Orkutsoy, Aqcha, Oqtog va boshqa joylarda marmar konlari bor.xushrang granit toshlar Qorajontov va Qurama tog’ida keng tarqalgan.Chorkesar koni ham mashxur. Shag’al-qum muxim qurilish materiallari bo’lib, respublikamiz xududida juda ko’p uchraydi. O’zbekiston bir necha joyidagi shifobaxsh madan suvlar chiqadi. Vodorod sulfidli suv Chimyon, Polvontosh, Xo’jaobod, Sho’rsuv, Uchqizil, Ko’kaydi, Jayronxona va boshqa joylarda topilgan. Yodli suv Choay soida, radonli suv Arshanbuloqda, kam madanlashgan ishqorli termik suvlar Toshkent va Oltiariqda, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorayi Moh’i Xosa, qorako’l, Gazli va boshqa joylarda topilgan. Eng muh’im tabiat resurslardan biri O’zbekistionning er fondi bo’lib, uning kattaligi 40 mln gektarni tashqil qiladi. Buning 1/10 qismidan ortiqrog’i foydalanilmoqda. Mutaxassislar xisobiga ko’ra, o’zlashtirish mumkin bo’lgan h’ali anchagina maydonlar bor, ularni o’zlashtirish suv resurslariga bog’liqdir. Hozir 4 mln, gektar erda obikor deh’qonchilik qilinmouda. Respublikaning mavjud suv resurslaridan to’liq va oqilona foydalanilsa, 5 mln gektar erni sug’orish mumkin. O’zbekiston xududida anchagina er osti suvlari bor, ularning o’rtacha aniqlangan h’ajmi 6-7 km 2 ga teng, bu suvlar xo’jalikda keng foydalanilmoqda. Respublika xududining 30% ini tashqil qilgan tog’ va adirlar kattagina xo’jalik ahamiyatiga molikdir. Respublikaning boy agroiqlim resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda muxim omildir. O’zbekiston janubiy kengliklarda joylashganligidan quyosh Termizda 760, Toshkentda 720 gacha ko’tariladi va bulutsiz kunlarning ko’p bo’lishi quyosh radiatsiyasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Musbat h’aroratlar yig’indisi respublika shimolida 3000 dan oshiq, janubda 5000 gacha etadi. Sovuqsiz kunlar Quyi Amudaryoda 100-210 kun, Farg’ona vodiysi va Toshkent viloyatida 200-220 kun, O’zbekiston janubida 220-270 kungacha etadi. Respublikaning agroiqlim resurslari issiqsevar texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, zig’ir), don ekinlari (shol, makkajuxori) uzum, sershira mevalar (jumladan, subtropikmevalar) va poliz ekinlari kuplab etishtirish imkonini beradi. Boy quyosh radiyatsiyasi respublikaning muxim quuvvat resurslaridan biriga aylanmoqda. O’zbekistonda quyosh quvvatidan foydalanish istemoli ancha keng. Respublikada dastlabki quyosh yili ishlab chiqarish birlashmasi xalq xo’jaligiga xizmat qila boshladi. Tuproq resurslari. Sug’oriladigan erlaring yarmidan kuprog’i chul mintaqasidadir. Obikor maydoning 60% i avtomorf tuproqli erlardan iborat. Sug’oriladigan maydoning yarmiga yaqini shurlanishga moyil, 500 ming gektar erning shurlanish darajasi ancha yuqori, bu erlar muntazam shur yuvishni talab etadi. Shurligi ortiq tuproqlar Mirzacho’l, Qarshi va Jizzax chullarida, Quyi Amudaryo mintaqasida keng tarqalgan. Adir mintaqasida buz tuproqlar keng tarqalgan. Qizilqumda va boshqa chul yaylovlarda 26 mln. gektarga yaqin bulib, shuning yarmisi qum va qumloq tuproqlardir. Togg’arda jigarrang,qung’ir va utloq tuproqlar h’osil bulgan, bunday tuproqlar maydoni 2,6 mln gektarga teng. Baland tog’da och qung’ir va utloq tuproqlar bulib, bularning maydoni 1 mln gektarga yaqin. O’simlik resurslari. O’zbekistonning o’simlik resurslari chul, adir va tog’ mintaqalarida gidrotermik va tuproq sharoitiga bog’liq h’olda taqsimlangan. Mavjud o’simlik turlarining 90%i chorva mollari uchun ozuqadir. Qumli va chul yaylovlarida h’ar gektar maydondan yiliga urtacha 3-5 tsenter, Ustyurtdagi yaylovlarda h’ar gektardan 2-4 tsentner xashak yig’ib olish mumkin. Chul yaylovlarda deyarli yil buyi quy boqiladi. Adir yaylovlarda h’ar gektar maydondan urtacha 8-10 tsentner xashak yig’iladi. Bu mintaqaga qor birmuncha qalin tushadi, asosan chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tog’ mintaqasining xashak zaxirasi umuman adir mintaqasidan kuproq bulib, tuproq nam va qalin urmon bulishiga bog’liq h’olda uzgaradi. Baland tog’ (yaylov) mintaqasida xashakni urtacha zaxirasi gektarga 15 tsentnerga teng. Asosan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. O’zbekistontog’lari yovvoyi mevalarga (tog olchasi, tog olmasi, tog yonuoui, pista, bodom, dulana va boshqalarga) boydir. Ulardan oziq- ovqat maxsuloti sifatida foydalaniladi. Tog’da dormon dorilarga boy shifobaxsh o’simliklar (zira, zirk, etmash, namatak, ermon, omonqora, kiyik ut va boshqalar) usadi.Tog’lardagi urmonlarning xususan, agrozorlari iqtisodiy ekologik ahamiyati katta, nam tuproqqa singishiga, qor uzoq saqlanishiga yordam beradi. G’arbiy Tyanshan, Turkiston, Xisor tizmalarining katta qismlarida archazorlar kup. Ularni asrash va kupaytirish ayni mudaodir. Xayvonat resurslari. o’lkamiz favunasi turlariga boyligi bilan xarakterlidir. Sutemizuvchilarning 97 turi uchraydi. Tuyoqli sutemizuvchilardan jayron, sayg’oq, burama shoxli tog’ takasi, Buxoro bug’usi (xongul) va boshqalar "qizil kitob" ga kiritilgan. Chulda yovvoyi mushuklar ovlanadi. Asrimizning 50- yillaridan etiboran Ondatra terisi tayyorlanmoqda, Nutriya terisi undan kamroq tayyorlanmoqda. Bu h’ayvonlar asosan daryo buylarida, suvli h’avzalarda urchitilmoqda. Quyon terisi tayyorlash ham kupayib bormoqda. İlgari respublikamizda keng tarqalgan ayiq, qoplon, bars, qunduz va boshqalar endilikda O’zbekiston "qizil kitob"ga kiritilgan. O’zbekistonda 60 xil ovlanadigan qushlar bor, bulardan muximlari- qirg’ovul, bedanaurdak, g’oz va boshqalardir. Qig’uovulni ovlash vauti belgilangan. Qushlardan tuvaloq, va boshqalarni ovlash man qilinadi, ular "qizil kitob" ga kiritilgan. Yiliga 3000 dan ortiq zah’arli ilon tutilib, ularning zah’ari farmatsevtika maqsadlari uchun ishlatiladi, buning 1/3 qismiga yaqini Kulvarilon, kuk ilon (gyurza) va kuzoynakli ilon (kobra) dir. İlonlarni uldirish man etilgan, foydali ilonlar Toshkent va Jizzaxdagi maxsus joylarda kupaytirilmoqda .
Download 441.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling