4-Mavzu: Metod, metodologiya va metodika, ularning nisbati


Download 66 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi66 Kb.
#217105
1   2   3
Bog'liq
Metod, metodologiya va metodika, ularning nisbati

3.Analiz va sintez.

Ilmiy izlanishlarda ko’p qo’llaniladigan metodlardan biri analiz va sintezdir. Hozirgi zamon fanlarida, ilmiy-nazariy izlanishlarda obyekt (predmet)ni analiz va sintez qilish an’anaga aylangan.

Analizni qism, bo’lak va yo’nalishlar tahlilidir. Obyekt (predmet)ni ma’lum bir qism, bo’lak va yo’nalishlarga ajratish ularning butun, sistema (tizim), yaxlit bilan bog’liqliklarini aniqlashga yordam beradi. Shunday obyekt (predmet)lar borki, ichki qismlarga ajratmay ularni anglash, bilish mushkul. Masalan, jamiyatni olaylik. Jamiyatning qanday sifatlarga, immanent belgi-larga ega ekanini bilish uchun uni siyosiy, iqtisodiy, madaniy kabi sohalarga ajratishga (klassifikatsiya va differentsiatsiya) to’g’ri keladi. Ushbu sohalarning immanent xususiyatlari va permanent aloqalarini tahlil qilgach, jamiyat haqida fikr yuritish mumkin.

Analiz obyekt (predmet) qismlarini klassifikatsiya yoki diffe-rentsiatsiya qilish bilangina shug’ullanmaydi, uning maqsadi butunga xos bo’lgan xususiyatlar, belgilar, qonunlarni topishdir. Shu nuqtai nazardan unga sintezning dastlabki bosqichi, sintezga o’tishning sharti sifatida qarashadi.

Analiz ilmiy maqsadga muvofiq amalga oshirilsagina obyekt (predmet)ning noma’lum xususiyatlari, belgilari va qonuniyatlarini topishga yordam beradi. Ilmiy maqsad esa obyekt (predmet)ni to’laligicha o’rganish, uning ideal holatga ko’tarilishi uchun yashirin imkoniyatlarini aniqlashdir. Ilmiy maqsad uchun obyekt (predmet)-ning real holatini o’rganish etarli emas, hatto bu borada betakror nazariy kashfiyotlar qilinsa ham ideal holat tomon borish yo’l-larini, imkoniyatlarini izlash zarur. Analizning maqsadi qism-larni butun orqali ideal holatga etish imkoniyatlarini izlashdir. Faqat shu tarzda analiz ilmiy maqsadga xizmat qilishi mumkin.

Ilmiy maqsad metodlarga g’oya, ustanovka (ko’rsatma) bermaydi, u metodlarga yo’nalish beradi, xolos. Agar ilmiy maqsad g’oya, ustanovka bersa, u oldindan shakllangan g’oya, ustanovka, ya’ni shablon doirasida izlanadi, xolos. Vaholanki, obyekt (predmet) har qanday g’oya, ustanovkadan kengdir. Analiz oldindan shakllangan g’oya, ustanovkaga emas, balki obyekt (predmet)ni obyektiv tadqiq etishga xizmat qiladi.

Analiz metodi klassifikatsiya va differentsiatsiya usullariga tayanadi. Bu o’rinda klassifikatsiya va differentsiatsiya analiz metodining vositalari sifatida keladi.

Klassifikatsiya butunning ichidagi immanent belgilari yoki permanent aloqalari bir-biriga mushtarak, yaqin qismlarni, bo’lak-larni sinflarga, guruhlarga ajratish usulidir. Masalan, huquqni butun, sistema (tizim) deb olsak, u konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, xalqaro huquq kabilarga klassifikatsiya qilinib, ushbu huquqlarning har biri o’z navbatida, funktsional xususiyatlariga muvofiq yo’nalishlarga ajratiladi. Konstitutsiyaviy huquq davlatni shakllantirish va boshqarish printsiplari, vazirlik-lar faoliyatini tashkil etish, ijro hokimiyatining vakolatlari, parlament huquqi kabi yo’nalishlarga ajratilib o’rganilishi mumkin. Ma’muriy huquq davlat organlari faoliyat yuritishini, ma’muriy boshqarish printsiplarini, davlat organlari bilan nodavlat tashkilotlari o’rtasidagi aloqalarni, ma’muriy javobgar-likni o’rganish kabi yo’nalishlarga ajratilishi mumkin.

Klassifikatsiya obyekt (predmet) qismlarini, bo’laklarini yiriklashtirish, ya’ni bir-biriga funktsional yaqinlarini birlash-tirish orqali o’rganishga yordam beradi. Klassifikatsiyalashgan obyekt (predmet) pastdagi yo’nalishlar bilan yuqoridagi butun o’rtasida turadigan obyekt (predmet)dir. Unda butunning ham, yo’nalishlarning ham xususiyatlari mujassam bo’ladi.

Differentsiatsiyalash bugunga qarashli, ammo funktsional bir-biriga bog’liq bo’lmagan har xil qismlar, bo’laklarni o’rganish usulidir. Bunday har xil qismlar, bo’laklarning mavjudligi butunning, sistemaning qonuniyatga bo’ysunishidan dalolat beradi.

Butun, sistema (tizim) bir-biriga mushtarak, yaqin qismlardan, bo’laklardan iborat bo’lavermaydi, ularda klassifikatsiya talablari-ga muvofiq kelmaydigan, hatto butunni, sistemani bezovta qilib turadigan xatti-harakatlari noodatiy, har xil qismlar, bo’laklar bo’lishi tabiiy holdir. Ayniqsa, jonli sistemalarda bunday qismlar ko’plab uchraydi.

Differentsiatsiya har xil qismlarning nafaqat ichki belgi-larini, immanent xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, sintez orqali butun, sistema bilan bog’liqliklarini aniqlash imkonini ham beradi. Differentsiatsiyalash noodatiylik, deviantlik, hatto destruktivlik orqali emas, balki butun, sistema ichida mavjudlik, ularning ma’lum bir vazifasini bajarib kelayotgani orqali amalga oshiriladi. Noodatiylik, deviantlik, destruktivlik har xil qismlar va bo’laklarning asosiy xususiyati emas, ular butun, sistema tasavvuridagi tartiblar, normalar, an’analarga har doim ham muvofiq kelavermaydigan xatti-harakatlar sodir etadigan obyekt (predmet)lardir xolos. Masalan, inson faoliyatini ma’lum bir ongli sistema sifatida olsak, shaxsning tartiblarga zid tarzda ko’chani kesib o’tishi, sotuvchisidan so’ramay meva-chevalardan tatib ko’rishi (bu sotuvchining xususiy mulkiga, moliga qarshi noqonuniy xatti-harakatdir) kabilar ongli sistemaga muvofiq kelmaydigan hollardir.

Biz bunday shaxsni jamiyat – sistemaga qarshi qo’ya olmaymiz, u jamiyat – sistemaning qismi, bo’lagi, ammo, ba’zan noodatiy, tartiblarga zid xatti-harakatlar sodir etib turadi.

Sintez analiz metodi erishgan, etgan fikr, xulosalarni umumlashtiruvchi tadqiqot metodidir. U butun, sistemaning maqsad va vazifalarini qismlar va bo’laklarga tatbiq etadi, ularning real holatini butun, sistema real holatiga taqqoslash imkonini beradi. Shuning uchun sintez ilmiy tadqiqotning kontseptsiyasi, maqsadi va vazifalari bilan chambarchas bog’liqdir.

Sintez tadqiqot obyekti (predmeti)ning qismlariga, bo’lak-lariga xos bo’lgan xususiyatlarni, belgilarni tadqiq qilganida ikki narsani hisobga oladi: birinchisi, qismning, bo’lakning butun, sistema xususiyatlarini, vazifalarini o’zida qanchalik aks ettir-ganini; ikkinchisi, butun, sistema o’zining strategik maqsadini qismlar, bo’laklarga qanchalik singdirganini. Butun, sistema bilan qismlar, bo’laklar o’rtasidagi uzviylik vaqtincha hodisa bo’lishi mumkin emas, aks holda butunda, sistemada xaos, boshboshdoqlik yuzaga keladi. Hatto noodatiy, deviant, destruktiv xatti-harakatlar ham butunni, sistemani mutlaq rad etolmaydi, har qanday butunda, sistemada kelgusi ijtimoiy o’zgarishlar, islohotlar, taraqqiyot kurtagi yashaydi. Buni unutish mumkin emas.

Sintez metodi analiz metodi erishgan yutuqlarga tayanib, ularni butun, sistemaning ideal holati bilan bog’laydi, shu tariqa analiz va sintez yaxlit ilmiy metod sifatida namoyon bo’ladi.

Sintez metodi umumfalsafiy xulosalar chiqarishga xizmat qilishi bilan qimmatlidir. Sintez metodidan o’tmagan xulosalar ilmiy izlanishlar jarayonida erishilgan natijalar talqinlarini sayozlashtiradi, tadqiqotchining ilmiy tadqiqotlar o’tkazish metodi-kasidan yaxshi xabardor emasligini ko’rsatadi. Falsafiy metodologik masalalarni aniq bilmay, o’zlashtirmay, ilmiy izlanishlar o’tkazish o’rmonda adashib qolgan shaxs holatini eslatadi. To’g’ri, falsafiy metodologik bilimga tadqiqot jarayonida. Aksariyat hollarda, oxirida ega bo’linadi. Biroq bu ilk falsafiy-metodo-logik bilimga ega bo’lishni inkor qilmaydi.

Analiz va sintez metodlarining birligi, eng avvalo, ularning tadqiqot obyekti (predmeti)ni ideal holatga etkazish yo’llarini izlashidadir. Bu esa obyekt (predmet)ning real holatini, keyin potentsial imkoniyatini, unga pozitiv ta’sir qiladigan aktorlarni, institutlar, qismlar va bo’laklarning ta’sir darajalarini o’rganishni taqozo etadi.

Analiz va sintez metodlarining birinchi tadqiqot obyekt (predmet)larining o’z immanent xususiyatlari va permanent aloqa-lariga ega mustaqil, tadqiqot maqsadi, kontseptsiyasi va vazifa-laridan mutlaq bexabar, o’rni kelganida ularga zid xatti-harakatlar sodir etuvchi erkin obyekt (predmet)lar ekanini tan olganidadir.

Tadqiqot obyekt (predmet)larini guruhlarga (klassifikatsiya) va turli qismlarga ajratish (differentsiatsiya) klassik falsafada e’tirof etilgan induktsiya va deduktsiya metodlarini esga soladi. Induktsiya qismdan, bo’lakdan butunga, sistemaga borishdir. Bu o’rinda analiz metodi deyarli induktsiya metodi sifatida keladi. Ular to’g’risida turli nazariy falsafiy fikrlar mavjud, ushbu gnoseologik muammoni tahlil etish bizning vazifamizga kirmaydi. Eng muhimi, analiz mudom induktiv bilishga tayanadi. Buni esda saqlab qolish yosh tadqiqotchi uchun etarlidir.

Deduktsiya metodi deyilganda butun, sistemadan xususiyga – qism, bo’laklarga boriladigan bilish usuli tushuniladi. Butunga, sistemaga xos xususiyatlarni, belgilarni qismlardan, bo’laklardan izlash, shu tariqa butun sistema bilan qismlar, bo’laklar o’rtasidagi umumiylikni aniqlash deduktsiya ustiga yuklatilgan vazifadir. Buning sintez usuliga yaqinligini payqash qiyin emas.

Induktsiya va deduktsiya analiz va sintezning metodlarining aynan o’zi bo’lmasa-da, ammo ularning ilmiy metodlar sifatida shakllanishiga xizmat qilishini unutmaslik kerak. Shuning uchun deyarli barcha tadqiqotlarda induktsiya va deduktsiya analiz va sintez metodlarining xususiyatlari sifatida qayd etiladi, goho ular to’la aynanlashtiriladi. Bizning fikrimizcha, bu o’rinda tadqiqotchining fikriga quloq solish, induktsiya, deduktsiya bilan analiz, sintez metodlari o’rtasidagi yaqinlik, mushtaraklikdan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Sintez va sinkretizmni aynanlashtirishga intilish an’anaga, odatga aylangan. Sintez, yuqorida aytganimizdek, qismlar, bo’laklar xususiyatlari va belgilarini butun, sistema bilan uyg’unlashti-ruvchi, ya’ni butunga, sistemaga xos umumiy qarashlarni shakllantiruvchi bilish metodidir. Sinkretizm esa narsalarning, hodisa-larning ichki xususiyatlarini, immanent belgilarini hisobga olmay ularni yaxlit tizim, sistema sifatida qarash usulidir. Sintez ichki, immanent xususiyatlarning, belgilarning birligiga, yaqinligiga tayanadi, sinkretizm uchun ular shart emas, u obyekt (predmet)larning makon va zamonda borligi, mavjudligi bilan qanoatlanadi. Bu goho eklektik yondashishni keltirib chiqaradi.

Analiz metodining ichki qismlarni, bo’laklarni o’rganishi unga eklektik yondashish xosligini ham ko’rsatadi. Har bir qism, bo’lak o’ziga xos xususiyatlarni o’rganishni shart qilib qo’yadi, bu esa oxir natijada, har bir qismda, bo’lakda o’ziga xos, hatto bir-biriga muvofiq kelmaydigan xususiyatlar mavjudligini tan olishga undaydi. Agar shunday qismlarni, bo’lalarni ma’lum bir butun, sistema sifatida qarash zaruriyati paydo bo’lsa, tadqiqotchi bir-biriga funktsional muvofiq kelmagan qismlarni, bo’laklarni butun, sistema sifatida qarashga majburdir. Bu o’rinda kuzatishlardan ma’lumki, tadqiqotchi g’ayrihayotiy, asossiz da’vatlarga ergashadi, ularni obyekt (predmet)ga sun’iy tarzda yopishtiradi. U obyekt (predmet) ilmiy izlanish maqsadidan keng, hatto o’zining immanent xususiyatlari bilan unga qarshi turishi mumkinligini xayoliga keltirmaydi.

Analiz va sintez mohiyatan ijtimoiy-falsafiy tadqiqot metodidir, chunki u chiqargan har qanday pastulat, xulosa, faqat ayrim, tor sohalarga taalluqli bo’lmay, umumiy-falsafiy ahamiyatga egadir. Tor, ayrim sohalardagi ilmiy izlanishlarni natijalari ushbu sohalarning rivojlanishiga qanchalik hissa qo’shmasin, agar ular mavzuning ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini ochib berolmasa, inson va jamiyat taraqqiyotiga daxldor ekanini asoslay olmasa, ularning muhimligi, dolzarbligi shubha uyg’otaveradi. Ha, ilm-fanda intensifikatsiya (chuqurlashtirish) zarur, ammo u insonning aqlu idrokini, ijtimoiy-ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishi darkor. Tadqiqot tadqiqot uchun emas, tadqiqot inson va ijtimoiy taraqqiyot yo’lini izlash, topish uchundir.

Analiz va sintez metodi ilmiy muammolarning barchasini hal qila olmaydi, ularning instrumental imkoniyatlari cheklangandir: 29

birinchidan, tadqiqot obyekti (predmeti) har qanday ilmiy bilish metodidan kengdir;

ikkinchidan, tadqiqot obyekti (predmeti)ning real holatini o’rganish ilmiy izlanishlarning bir bosqichidir xolos;

uchinchidan, obyekt (predmet) sotsiodinamik xususiyatiga muvofiq mudom o’zgarishga, tranformatsiyaga moyildir;

to’rtinchidan, insonning bilish imkoni cheklangandir;



beshinchidan, ilm-fan o’zini o’zi tanqid qilish, rad etish, falsifikatsiyaga beriluvchandir. Bilimlarning nisbiyligi analiz va sintez metodining cheklanganligidan dalolat beradi.
Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling