4-mavzu: nutq uslublaridan to‘G‘ri foydalanish reja
Download 55.99 Kb.
|
Maruza 4
Munozara – biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi.
Baxo jarayonida xar bir ishtirokchi o‘zining xaq ekanligini isbotlashga intiladi. Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini ochuvchi dalillarga hayajonli, tinglovchilarni qiziqtiradigan va muxokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim. Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi. Munozaraga qatnashuvchi oldiga quyidagi uchta talablar kuyiladi: -Munozara bo‘ladigan mavzuni to‘g‘ri tushinish. - O‘z fikrlarini quvvatlaydigan ashyoviy va mantiqiy dalilar topa olishi hamda ularni til orqali to‘g‘ri ifodalay olish -Keltirilgan dalilardan mantiqiy xulosalar chiqara bilash. Bu talablarga javob bermaydigan nutq tinglovchilarga ta’sir etmagandek, notiqning munozarada yutib chiqishiga imkon ham yaratmaydi. Nutqona so‘zlash - Aytilayotgan fikrni tinglovchiga etib borishi va uning xulqiga ta’sir etishi notiqning so‘zlash maxoratiga bog‘liqdir. Oddiy gaplashishdan notiqona nutqning farqi shundaki notiq xar bir aytilayotgan so‘zga, gapga, so‘z bog‘lamlariga alohida munosabatda bo‘ladi. Notiqona nutqning maqsadi va xususiyatlariga ko‘ra Tashviqiy, tanqidiy va tabrik nutqlarga ajratish mukin. Tashviqiy nutq – deb muallif ko‘zda tutgan biron bir voqea – hodisani bajarishga tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqka aytiladi. Tanqidiy nutq – yuz bergan hodisalar, shaxslar xatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda bo‘luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi. Tanqidiy nutq kuchli mantiqiy mushoxadalarga sunyanadi. Notiq ishonchli dalillar asosida nutq manbaini tanqid qiladi. Tabrik nutqi – tabrik nutqida notiq turli dalillarlan foydalanadi. Bu dalillar nutq atalgan shaxsning fazilatlarini, yaxshi xulqini, xalq oldida qilgan xizmatlarini, insoniyligini ko‘rsatishga karatiladi. Download 55.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling