4-mavzu: nutqning asosiy sifatlari reja: Madaniy nutqqa xos sifatlar. Aniqlik – nutqning asosiy sifati


Download 186.5 Kb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi186.5 Kb.
#253615
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu muloqot

T/r

Matnda

Men ishlataman

1.

Rabb

Xudo

2.

Lahza

Daqiqa, minut

...








O‘LSAM… BOLALARGA QOLMASA O‘LIM!..

Yozuvchining hayot bilan vidolashuv maktubi

Bordi-yu, Rabbim bir lahzaga bo‘lsin meni unutganida edi, kamina shu kunga qadar hatto o‘ylashga ham botinolmagan fikrlarimni tahlil qilib, ularni sizga bemalol ochiqlardim. Ashyolarning moddiyatiga emas, balki ularning mohiyatiga e’tibor qaratgan bo‘lardim, oz uxlab ko‘p tush ko‘rib, uyqumning har daqiqasida oltmish soniya nurdan mosuvo ekanimni his qilib turardim.

Bir narsani angladim: inson sevmay qolgan kunidan qariy boshlar ekan. Shu hikmatning mag‘zini ertaroq chaqqanimda edi, hamma to‘xtagan paytda ham harakatlanishga o‘zimda kuch topgan bo‘lardim. Uyg‘oq bo‘lar edim hamma uxlayotganda…

O‘zgalar suhbatini tinglashni o‘rganib, shokoladli muzqaymoqdan zavq olishga butun xonumonim bilan jahd etardim. Agar… agar Yaratgan faqiringizga yana biroz… ishoning, biroz umr tuhfa qilganida edi, men yupun kiyingan, quyoshga yuz burgan va nafaqat vujudimni, balki ruhimni ham butkul ozod etib yalang‘och qoldirgan bo‘lardim. Yo Xudoyim, yana bir qalbim bo‘lsaydiki, uning suvaydosida pinhon tutganim – muqaddas gavharni zangor muzliklarning sahniga qo‘yar va unga oftob o‘z shu’lalarini to‘kishini kutgan bo‘lardim. Ko‘k yuzidagi Oyni, yulduzlar-u Van Gog chizgan suratlarni tomosha qilardim, Benedetti she’rlarini o‘qirdim va serenadalar kuylardim. Ko‘z yoshlarim ila dala gullarini sug‘organ va tikanlarning o‘tkir tig‘larini nafaslarim ila his qilgancha qay bir jononning dudoqlaridek qirmizi atirgullarni lablarimni kuydirib o‘pgan bo‘lardim. Qodir egam, faqat bir nafaslik umr bersayding…

Bu kun tugab bitmasidan yaqinlarimga ularni behad sevishimni aytmog‘im kerak. Atrofimdagi barcha erkag-u ayollarga siz mening eng yaqin insonimsiz, deb mehrimni izhor etardim… Va muhabbat ichra yashardim faqat. Erkaklarga keksaygach, sevgini keraksiz buyumday itqitishlari naqadar beburdlik ekanini, ular shu ko‘yi o‘zlarini, o‘z qalblarini ham zulmat botqog‘iga uloqtirayotganlarini ham anglatgan bo‘lardim. Bolalarga qanot berardim, ammo uchmoqni o‘zingiz mustaqil o‘rganing, derdim ularga. Eh, o‘lsam ham shunday o‘lsamki, o‘lim qolmasa bolalarga…

Keksalarga esa o‘lim qarilik emas, unutilish libosida tashrif buyurishidan xabar berardim. Ey odamlar, sizlardan shuncha narsa o‘rgandim, endi ularni o‘zingizga qaytib bermog‘im darkor.



Yangi tug‘ilgan chaqaloq otasining barmog‘ini ilk bor siqarkan, u uchun otasining bag‘ri koinotdek ko‘rinishini, umuman, juda ko‘p narsalarni bildim umr bo‘yi. Rost, menga ko‘p narsa o‘rgatdinglar, ammo… endi bularning menga ne foydasi bor? Chunki barcha bilganlarimni bu dunyoda qoldirib ketajagim xotiralar qutichasiga solib, ustidan qulflab qo‘ydim. Shu qadar ilojsiz, shu qadar ojiz… Endi o‘lsam bo‘lar?!


  • Kazus

Gulmira 27 yoshda, tibbiyot kollejida farrosh bo‘lib ishlaydi. Ayni paxta terish mavsumida mehnat ta’tiliga chiqdi va qo‘shimcha daromad olish maqsadida fermer bilan kelishgan holda hosilni yig‘ib olishda ishtirok etdi. Majburiy mehnatni monitoring qilishda ishtirok etayotgan inson huquqlari faoli Gulmiraning ish beruvchisi – kollej direktoriga majburiy mehnatga jalb etganlik uchun javobgarlik belgilanishini talab etmoqda. Bu qanchalik o‘rinli?

Gulmiraning nomidan qonun normalarini keltirgan holda raddiya yozing. Matn yaratishda nutqning qaysi sifatlariga e’tibor qilish zarurligini ko‘rsating.
Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling