4-mavzu: ogʻzaki muloqot reja: Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari Verbal va noverbal muloqot


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#207764
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
4-mavzu f18738a6f75f62ff65b5bd396e526cf2



4-MAVZU:   OGʻZAKI MULOQOT 

REJA: 

1.  Ogʻzaki  muloqot  va uning xususiyatlari 

2.  Verbal va noverbal muloqot 

3.  Yozma  muloqot 

4.  Yozuv texnikasi 

        


  

Tilning  dunyoni  bilish,  bilimlarni  to‘plash,  saqlash,  keyingi  avlodlarga 

yetkazish,  ruhiy  munosabatlarni  aks  ettirish,  goʽzallik  kategoriyalarini 

voqelantirish  kabi  qator  vazifalarni  bajarishiga  qaramasdan,  uning  asosiy 

funksiyasi kishilar oʻrtasidagi muloqotni ta’minlashdir. 

        Muloqot  til  vositalari  orqali  soʽzlashish,  muomala  jarayonidir.  So‘nggi 

yillarda muloqotga  kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli 

deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Muloqot ogʻzaki va yozma koʻrinishlarga 

ega  boʻladi.  Biroq  muloqotning bu ikki koʻrinishi  bir-biridan ba’zi  jihatlari  bilan 

farqlanadi. Ogʻzaki muloqot soʽzlovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud boʻladi, 

soʽzlash  jarayoni  tugashi  bilan  ogʻzaki  muloqot  ham  tugaydi.  Lekin  muloqot 

ta’sirida berilgan ma’lumot, axborot tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, 

uning xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy. 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling