4-mavzu: ogʻzaki muloqot reja: Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari Verbal va noverbal muloqot
Ogʻzaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu f18738a6f75f62ff65b5bd396e526cf2
Ogʻzaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Ogʻzaki muloqot tezkorlik bilan amalga oshadi, Shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, Shuning uchun kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi.
xotiraning roli katta. Agar xotira sust boʻlsa, ogʻzaki muloqotda gap tuzilishi, soʽz birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay qoladi.
shaklda namoyon boʻlgan boʻlsa, shundayligicha tinglovchiga etib boradi. 4. Ogʻzaki muloqotda ellipsisga yoʻl qoʻyiladi, ya’ni nutqning tejamkor boʻlishi uchun ba’zi gap boʻlaklari tushiriladi. Toʻliqsiz gaplar koʻp qoʻllanadi. Ogʻzaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar koʻp uchraydi.
ohang, urgʻu, unlilarning choʽzib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning oʽzgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. 6. Ogʻzaki muloqotda talaffuzning ahamiyati katta. Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha tasavvur etib boʻlmaydi. Ogʻzaki muloqot ma’lumot yoki xabar ogʻzaki soʽzlar orqali almashilganda sodir buladi. Bu ham yuzma-yuz, ham mexanik uskunalar orqali bajarilishi mumkin. Va aniqki, ikkala holatda ham bu tashkilotda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotda yuzma-yuz muloqot konferansiya, guruh muhokama, Shaxsiy suhbat va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin. Mexanik uskunalar zamonaviy biznes muloqot jarayonida muhim rol o‘ynaydi va oʽz ichiga signallar, telefon, mobil telefoni, elektron pochta, faks va hokazolarni oladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling