4-MAVZU: OGʻZAKI MULOQOT
REJA:
1. Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari
2. Verbal va noverbal muloqot
3. Yozma muloqot
4. Yozuv texnikasi
Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga
yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, goʽzallik kategoriyalarini
voqelantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan, uning asosiy
funksiyasi kishilar oʻrtasidagi muloqotni ta’minlashdir.
Muloqot til vositalari orqali soʽzlashish, muomala jarayonidir. So‘nggi
yillarda muloqotga kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli
deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Muloqot ogʻzaki va yozma koʻrinishlarga
ega boʻladi. Biroq muloqotning bu ikki koʻrinishi bir-biridan ba’zi jihatlari bilan
farqlanadi. Ogʻzaki muloqot soʽzlovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud boʻladi,
soʽzlash jarayoni tugashi bilan ogʻzaki muloqot ham tugaydi. Lekin muloqot
ta’sirida berilgan ma’lumot, axborot tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi,
uning xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy.