4-mavzu: ogʻzaki muloqot reja: Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari Verbal va noverbal muloqot


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#207764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
4-mavzu f18738a6f75f62ff65b5bd396e526cf2

Ijodkor  boʻling.  Soʻzlovchi  oddiygina  nimani  xato  qilganligidan 

koʻra, takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering. 



Xushmuomala  boʻling.  Baho  berishda  keskin/qo‘pol  taklif  yoki 



sharhlardan kura, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech 

nimani  eshita  olmadim-baland  gapiring!»  dan  kura,  «Xona  ortidagilar 

eshita olishlari uchun ozroq baland gapiring» deng. 



 Realist  boʻling.    Soʽzlovchi    haqiqatda  oʽzgartira  olishi  mumkin 



boʻlgan narsalarga baho bering. Soʽzlovchiga nutq juda qisqa boʻlganligini 

aytish foydali boʻlmaydi. 

Verbal  muloqot. Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz 

—  noverbal  amalga  oshirilishi  mumkin.    Soʽzlar    yordamida    sodir    boʻluvchi 

muloqot verbal muloqotga taalluqli boʻladi.  Shunday  qilib,  verbal aloqa ogʻzaki 

aloqa  va  verbal  asos  haqida    fikr    bildirib,  ogʻzaki  dalil    (asos)larni  bildiradi. 

Verbal  muloqot  jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki 

nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. 

Muomala  faqat  kishilar  oʻrtasidagi  axborot  almashishdangina  iborat  boʻlmay, 

balki  kishilarning  his-hayajonlarini  ham  qamrab  oladi.  Muomalaning  bu  tomoni 

noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot  vositalari boʻlib imo-

ishora,  harakat,  ohang,  intonatsiya,  pauza,  kulgi,  tabassum,  koʽz  qarash,  koʽz 

yoshi  va  boshqalar  xizmat  qiladi.  Noverbal  muloqot    vositalar  verbal  muloqotni 

toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin. 

Tillarni  oʽrgatishda  shu  til  sohibiga  xos  boʻlgan  noverbal  vositalarni  ham 

oʽrgatish  lozim.  Aks  holda  chet  til  toʻla  oʽzlashtirilmaydi.  Chunki  turli  tillardagi 

noverbal  vositalar  ham  soʽzlar  kabi bir-biridan   farq  qiladi.  Muloqot  jarayonida 

talabalarni  yuzma-yuz  o‘tqazish  ijobiy  samara  beradi.  Muloqot  jarayonida  tilga 

xos  boʻlgan  noverbal  vositalardan  to‘gʻri  foydalanish  muloqot  madaniyatining 

tarkibiy qismi hisoblanadi. 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling