4-mavzu: ogʻzaki muloqot reja: Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari Verbal va noverbal muloqot


Ogʻzaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#207764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
4-mavzu f18738a6f75f62ff65b5bd396e526cf2

       Ogʻzaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

1. Ogʻzaki  muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Ogʻzaki  

muloqot  tezkorlik  bilan  amalga  oshadi,  Shuning  uchun  har  kim  ifodalayotgan 

fikriga  mos  soʽzni,  gapni  tanlay  olish  qobiliyatiga  ega  boʻlishi  kerak.    Ogʻzaki  

muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, Shuning uchun kishi oʽz 

nutqida  voqeylikdan  uzoqroq  soʽzni  ishlatib  yuborishi  ham  mumkin.  Natijada 

aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. 

Ogʻzaki  muloqot  jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, 

Shuning  uchun  voqeylikka  mos  soʽzlarni  tanlashga  deyarli  imkoniyat  boʻlmay 

qoladi. 

2.  Ogʻzaki      muloqotda  gap  qurilishini  aql  nazorat  qilib  boradi.  Bunda 

xotiraning roli katta. Agar xotira sust boʻlsa, ogʻzaki  muloqotda gap tuzilishi, soʽz 

birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay qoladi. 

3. Ogʻzaki muloqot, asosan, tahrir imkoniyatidan mahrum boʻladi. U qanday 

shaklda namoyon boʻlgan boʻlsa, shundayligicha tinglovchiga etib boradi. 



4.    Ogʻzaki    muloqotda  ellipsisga  yoʻl  qoʻyiladi,  ya’ni  nutqning  tejamkor 

boʻlishi  uchun  ba’zi  gap  boʻlaklari  tushiriladi.  Toʻliqsiz  gaplar  koʻp  qoʻllanadi. 

Ogʻzaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar koʻp uchraydi. 

5.  Ogʻzaki  muloqotda  soʽzlovchining  faol  nutqiy  harakati  pauza  (toʻxtam), 

ohang,  urgʻu,  unlilarning  choʽzib  talaffuz  etilishi;  turli  xil  jest  (imo-ishora)lar, 




mimika  (qiyofaning  oʽzgarishi)lar  fikrning  tinglovchiga  yetib  borishida  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  



6.  Ogʻzaki  muloqotda  talaffuzning  ahamiyati  katta.  Gapga  ustalikni  talaffuz 

ravonligidan ayricha tasavvur etib boʻlmaydi.  

      Ogʻzaki    muloqot    ma’lumot  yoki  xabar  ogʻzaki  soʽzlar  orqali  almashilganda 

sodir  buladi.  Bu  ham  yuzma-yuz,  ham  mexanik  uskunalar  orqali  bajarilishi 

mumkin.  Va  aniqki,  ikkala    holatda    ham  bu  tashkilotda  muhim  ahamiyatga  ega. 

Tashkilotda  yuzma-yuz  muloqot  konferansiya,  guruh  muhokama,  Shaxsiy  suhbat 

va  shu  kabilar  orqali  bajarilishi  mumkin.  Mexanik  uskunalar  zamonaviy  biznes 

muloqot  jarayonida  muhim  rol  o‘ynaydi  va  oʽz  ichiga  signallar,  telefon,  mobil 



telefoni, elektron pochta, faks va hokazolarni oladi. 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling