Xatti-harakatlar tili
Shaxsning nimani his qilayogani yoki mulohaza yuritayotgani koʻrsatuvchi
gavda tutishi va harakatlarida sodir boʻlayotgan oʽzgarishlar xatti-harakatlar
tilini anglatadi. Buning koʻpchiligi tasodifiy va gʻayri ixtiyoriy boʻlib, koʻpchilik
insonlar oʽz xatti-harakatlar tilini anglab etmaydilar. Lekin u boshqalarga kuchli
ta’sir qiladi. Xatti-harakatlar ongli va gʻayriixtiyoriy turlarga boʻlinadi:
1.Gʻayri ixtiyoriy harakatlar biologik kelib chiqqan, orttirilgan odat va
madaniy urf-odatlar quyidagicha:
Biologik: aniq gavda shakli, tana rangi va xususiyatlari insonda ba’zi imo-
ishoralar, (yuz) ifodasi yoki gavdani ma’lum vaziyatda tutishlariga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, biz doimiy tarzda tanamizni qulay deb bilgan yoki bilmagan
muhitimizga tartibga solishga va moslashtirishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |