Odatga aylangan: ba’zi harakatlar va (yuz) ifodalari oʽzini muhitga
moslashtirish jarayonida oʻrganilgan odatdir. Ular muayyan turdagi doimiy qad-
qomat tutilishi yoki harakatlarni talab etuvchi lavozimidan kelib chiqadi. Aniq
soʽzlashish uslublari va frazalar ham kasbiy odatlardir.
Madaniy: katta yoshdagilar oldida oyogʻini chalishtirib o‘tirmaslik, katta
yosh yoki lavozimdagilar koʽziga tik boqmaslik kabi urf-odatlar madaniy oʽziga
xoslikdir. Mehmonlarni kutish, tanishuv, muomala tarzi ham ba’zi imo-ishoralarni
oʽz ichiga oladi. Ongli harakatlar, gavdani tutish, ovozni oʽzgartirishdan atayin
foydalaniladi. Bu narsa aktyorlarga maxsus oʽrgatiladi. Malakali soʽzlovchilar,
ayniqsa, yaxshi notiqlar xatti-harakatlardan anglab foydalanishadi. Hech kim
oʽzining xatti-harakatlarini toʻliq nazorat qila olmaydi, ammo oʽz tanasini
anglab etishni oshirish va qad-qomatini tutish, harakatlar va ovoz
modulyatsiyasi yaxshi nazorati erishish ehtimoli bor. Xatti-harakatlarimizda
kuchaygan ta’sirchanlikni rivojlantirsak, boshqalarning xatti-harakatlarini
anglay olishimiz oshadi.
Koʻrinish. Shaxsning umumiy koʻrinishi bir qancha narsalarga bogʻliq
boʻladi. Koʻrinishga hissa qoʻshuvchi muhim faktorlardan ikkitasi tozalik va
Shaxsiy gigienadir. Teri, tirnoqlar, oyoq va soch parvarishi kutilgan
standartlardir. Bu aspektlarga beparvolik bilan qarovchi shaxslar yoqimsiz
taassurot qoldiradilar. Koʻrinish birinchi taassurotni keltirib chiqaradi, pokizalik
va ozodalikning yetishmasligi, parvarishga, tozalikka e’tiborsizlik, beso‘naqay
kiyimlar salbiy taassurot keltirib chikaradi. Tani sogʻ boʻlmaslik esa koʻrinishda
osonlik bilan aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |