4-mavzu: ogʻzaki muloqot reja: Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari Verbal va noverbal muloqot


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#207764
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
4-mavzu f18738a6f75f62ff65b5bd396e526cf2

Koʻz  orqali  muloqot.    Yuz  xatti-harakatlarida,  boshqalarning  e’tiborini 

qaratishda yoki hayratni  koʻrsatishda  yo baxt,  yo boʻlmasa boshqa emotsional 

xususiyatlar, koʽz harakatlari  asosiy qismni egallaydi. Koʽz aloqasi soʽzlovchi va 

tinglovchi oʻrtasida  ikki  tomon ham muloqotga  qiziqqanligini koʻrsatish  uchun  

kerak.  Ogʻzaki  taqdimot qilish mobaynida auditoriya bilan koʽz orqali muloqot 

yaratish muhim.     Taqdimotchi oʽzi uchun butun auditoriyaga bir nazar solishda 

iloji  boricha    koʻp    odamlarga  nigoh  tashlab  olishini  majburiy  deb  bilishi  kerak. 

Koʽz  nigohi    uchun    qulayi  3-5  soniya  boʻlib,  agar  nigoh    3-5  soniyadan  oshib 

ketsa, boshqa shaxs uchun qulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Umuman olganda,  

koʽzni  olib  qochish  soʽzlovchining  yolgʻon  gapirayotganligini  koʻrsatadi,  degan 

ishonch  bor,  ammo  ba’zi  yolgʻonchilar  sizning  reaksiyangizni  koʽzlarini  

yummasdan    kutishadi.    Oʻziga    ishonchi  kam  shaxslar  ham  nigohini    olib  

qochadi.    Shunga    qaramasdan,    biror    madaniyat,    qoida  va  urf-odatlar  ham 

kishilarning  yuz va koʽzlarini qanday tutishlariga ta’sir koʻrsatadi. 

Tabassum.  Yuz  ifodasining  juda  kuchli  shaklidir.  U  muloqot  uchun  yoʻl 

ochadi.  Tabiiy,  yoqimli  tabassum  inson  munosabatlarining  tuzilishi  va 

mustahkamlanishida    katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Tabassum  ahamiyati  quyidagi 

matalda  chiroyli  yoritib  berilgan:  «Siz  tabassum  qilmaguningizcha,  toʻliq  

bezangan, kiyingan  boʻlmaysiz».   


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling