Chizma 5.2. Proksemika
Bu 4 hududlarning har birida savollarsiz, muloqot faoliyatining turi va sifati
oʽzgaradi. Ammo biz bu hududlarni shaxsan belgilashimizni va oʽzimizning turgan
joyimizni oʽzgartirish bilan ularni oʽzgartira olimizni yodda tuting. Shunday
qilib, ular har birimiz uchun oʽzgachadir.
Masofa bir madaniyatdan boshqasida oʽzgacha boʻladi. Oraliq masofa ba’zan
noto‘gʻri talqin etiladi va muloqotga va xabar mazmuniga ta’sir koʻrsatadi.
Biroq, bo‘rttirilgan ongning emotsional holatida normal masofa pisand qilmasligi
mumkin.
Ovoz. Ovoz quyidagi xususiyatlarga ega: ohang – ovozning sifati. Balandlik
notiq va tinglovchi oʻrtasidagi masofa va auditoridagi odamlar soniga ongli
ravishda moslashtiriladigan balandlik yoki mayinlikdir. Juda ham baland gapirish
oʽzini tuta bilish kamligi yoki qo‘pol tabiatini namoyon qiladi. Chastota
(balandlik) shkaladagi baland yoki past nota. Baland notadagi ovoz koʻpincha
yoqimsiz, kamolotga yetmagan yoki emotsional kasallik fikrini uygʻotadi, qo‘rqqan
shaxs yuqori chastotada gapiradi. Mayinlik bilan, past chastotada va talab
qilingandek balandlikni ko‘tarish boshlash yaxshiroq boʻladi.
Tezlik. Tezlik nutq omilidir. Tez nutq hayajonlanishni bildiradi. Biz
qiziqarli hikoyani aytishda gapirish tezligini oshiramiz va qiyin fikrni tushuntirish
uchun tezlikni kamaytiramiz.
Talaffuz. Talaffuz soʽz aytilishining qabul qilingan standart yoʻlini
anglatadi. To‘gʻri va aniq talaffuz muhim va soʽzlovchining diqqat-e’tiborliligini
va auditoriyaga fikri borligini koʻrsatadi.
Aksent. Odamning tildagi tovushlarni talaffuz qilish uslubi aksent boʻladi.
Har bir tilning tovushlarni shakllantiruvchi oʽz usuli buladi, biz boshqa tilga oʽz
ona tilimizning aksentini oʻtkazamiz. Yangi tilda yaxshi aksent til egalarini eshitish
orqali oʻrganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |