4-Mavzu. Oltin va kumush tarkibli rudalarni qayta ishlashga tayyorlash va boyitish jarayonlari. Reja


Suvli muhitda o’zi yanchar tegirmonlar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana12.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1699466
1   2   3
Suvli muhitda o’zi yanchar tegirmonlar. Bu tegirmonlar qisqa barabanli, konussimon 
qopqoqqa ega, Barabanlari sapfa qurilmasi orqali podshipniklar asosida aylanadi. Yanchilgan 
ruda tegirmondan setkalar yordamida bo’shatiladi. Tegirmon «Kaskad» mexanizmi- yopiq siklda 
ishlab klassifikator yoki gidrosiklon bilan birga o’rnatilgan.
Ruda shag’alli o’ziyanchar jarayon suvli muhitda amalga oshiriladi. Bunda ruda setkadan 
beriladi. Yirik tosh,ruda bo’laklari yanchuvchi vsita bo’lib xizmat qiladi va shu orqali yanchish 
bosqichi aniqlanadi. 
 
Chizma -3. Suvli muhitda ishlovchi o’zi yanchar tegirmon:
1 – chiqarib yuklaydigan varonka; 2 - podshipnik; 3 – tegirmon korpusi;
4 – tishli uzatma; 5 – elektr dvigatel; 6 – pul’pa beradigan spiral.
Birinchi bosqich yanchishga o’lchami 300+100mm bo’lgan toshlar qo’llaniladi, ikkinchi 
bosqichga -100+25mm li tosh ishlatilib, elesh jarayonida g’alvirlardan foydalanamiz.


Tegirmonlarning ish unumdorligini oshirish va ruda shag’al chiqindilarini yo’qotish uchun ko’p 
hollarda qo’shimcha shar (7-8% ) qo’shishdan foydalaniladi.
Oltin tarkibli rudalarni qayta ishalshda odatiy usullarga qaraganda o’zi yanchar 
tegirmonlarda qayta ishlash bir qancha afzalliklarga ega:
1. Rudalarni o’rta va mayin maydalashga hojat qolmaydi.
2. Yanchishga sarflanadigan po’lat(sharlar, sterjinlar) sarfi kamayadi.
3. Bu usulda yanchish natijasida keying jarayonlarda reagentlar sarfi kamayadi.
4. Elektr energiya sarfi kamayadi.
5. Mehnat unumdorligi oshadi. 
6. Oltin ajatib olish darajasi oshadi. 
3. Yanchilgan mahsulotlarni sinflarga ajratuvchi qurulmalar zavodlarda ko’p joyni 
egallaydi. So’nggi vaqtlarda ko’pchilik oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalarda sinflarga ajratuvchi 
qurulmalar sifatida qo’llaniladigan spiralli, reykali, kosali klassifikatorlar o’rniga turli 
konstruksiyadagi gidrosiklonlarni qo’llash keng tarqaldi.
Oltinli rudalar gidrometallurgik qayta ishlashdan yoki flatatsiyalashdan oldin shlam oltinga 
birlashtiriladi(обесшламливание), agar shlamda oltin kam bo’lsa texnologik jarayonga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Oltinli zarralarni, minerallarni shlamlarni birlashtirish uchun gidrasiklon yoki 
quyultirgichlar ishaltilatiladi.
 
 
Chizma -4.Ikki spirally klassifikator.
1-tog’ora; 2-val; 3-spiral; 4-ta’minlovchi bunker; 5- sliv bunkeri; 6- uzatma; 7- ko’tarish 
qurulmasi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nazorat savollari. 
1. O’zi yanchar tegirmonlarning boshqa odatiy usullardan afzallik tomonlari? 
Chizma-
5. Gidrosiklon. 
 


2. Gidrosiklonlarning mexanik klassifikatorlardan afzalliklari? 
3. Maydalash va yanchish jarayoninig vazifalari?
4. Yanchish jarayonining iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi omillar? 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling