4-mavzu. Ong taraqqiyoti va ongsizlik


Ko’nikma –hayvonlarning individual hayoti davomida paydo qiladigan harakatlaridir


Download 51.39 Kb.
bet10/10
Sana27.01.2023
Hajmi51.39 Kb.
#1129897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu seminar

Ko’nikma –hayvonlarning individual hayoti davomida paydo qiladigan harakatlaridir.
Masalan, o’rgangan it qo’l uzatilsa, oldingi oyog’ini beradi; it eshikni oyog’i yoki tumshug’i bilan ochadi, «o’yinga tushadi», keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi va hokazo. Bunday harakatlar ko’nikmalar deb ataladi.
Hayvon instinktiv harakatlar yordami bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko’nikma yo’li bilan ham o’sha ehtiyojlarini qondiradi. Itning «o’yinga tushishi» yoki «oldingi oyog’ini berishi» uning ovqat olishiga yordam beradigan harakatlardir.
Hayvonlarning ko’nikmalari shartsiz reflekslar, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari hosil bo’lgan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Ko’nikmalar hayvonning biron ehtiyojini qondirishga yordam beradigan yangi (instinktiv harakatlardan uzgacha) harakatlarni qayta-qayta takrorlash yo’li bilan vujudga keladi. Shunday qilib, ko’nikmaning nerv-fiziologik mexanizmi shartli refleksdir. Ko’nikma hosil qilish hayvonda shartli reflekslarning birinchi yoki butun bir sistemasini hosil qilish demakdir.
Yangi harakat paydo qilish va uni mustahkamlab qolish avvalo hayvon turgan sharoitga bog’liq. Masalan, itga ovqat beriladigan idishni uyga olib kirib, uy eshigini yopib qo’yildi deylik. It buni ko’radi. It ovqatga ehtiyoj sezganda eshikka yugurib boradi, uni oyog’i yoki tumshug’i bilan ochishga o’rinib, ko’pgina poyma-poy harakatlar qiladi. Shu betartib harakatlar davomida it eshikni oyog’i yoki tumshug’i bilan behosdan ochib yuboradi. Bu harakat bir necha marta takrorlanadi. Oyoq yoki tumshuqning o’ng kelgan harakatlari mustahkamlanib qoladi, natija bermaydigan foydasiz harakatlar esa yo’qoladi; it keyinchalik eshikni oyog’i yoki tumshug’i bilan bemalol ochadigan bo’lib qoladi.
Hayvonda bama’ni harakatning yangi ko’nikmasi, yangi usuli tahminan shunday vujudga keladi.
Hayvonlarning ko’nikmalari ota-onasidan «o’rganish» yo’li bilan ham hosil bo’ladi. Masalan, bo’rilar bolalarini ovga shunday «o’rgatadi»: qari bo’ri qilgan harakatlarni yosh bo’rilar takrorlaydi. Bu yerda «o’rganish» tahlil qilish ins­tinktiga asoslangandir.
Uy hayvonlarini odam «o’rgatganida ular ko’p ko’nikma hosil qiladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko’nikmalar hosil qilishi o’rgatish (dressirovka) deb ataladi.
Taraqqiyotning tubdan bosqichida turgan hayvonlarda ham ko’nikma hosil bo’lishi mumkin. Masalan, taxtani turli ranglarga bo’yab, muayyan rangdagi qismiga suvarak chiqqanda, shu qismidan elektr toki o’tkazilsa, suvarakni taxtaning o’sha qismini extiyot bilan aylanib chiqadigan qilib o’rgatish mum­kin. Asalarini ham muayyan rangli qog’ozga ko’nadigan qilib o’rgatish mumkin. Buning uchun shirin suv solingan idishni muayyan rangli qog’ozning ustiga bir necha marta qo’yish kerak.
Hayvon biologik taraqqiyotining qanchalik yuqori bosqichida tursa, binobarin, nerv sistemasi qanchalik murakkab bo’lsa, bosh miyasi qanchalik ko’p takomillashgan bo’lsa, bu hayvondagi ko’nikmalar ham shunchalik turli-tuman bo’ladi, bu ko’nikmalar shunchalik tezroq hosil bo’ladi.
Hayvonlarda paydo qilingan ko’nikmalar ko’pincha instinktiv harakatlardan ajralgan holda namoyon bo’lmay, balki shu instinktiv harakatlar bilan birga namoyon bo’ladi. Ko’nikmalar instinktiv harakatlarni murakkablashtiradi, ularning xilini ko’paytiradi, o’zgartiradi. U hosil bo’lgan ko’nikmalar ayrim instinktlarni hatto to’xtatib qo’ya oladi. Mushuk bilan sichqonni shunga o’rgatish mumkinki, natijada mushuk sichqondan qochadigan, sichqon esa mushukni quvlaydigan bo’lib qoladi.
Yuksak darajadagi hayvonlarning ba’zi ko’nikmalari juda murakkab bo’ladi va hatto aqllilik belgisi bo’lib ko’rinadi. Masalan, o’rgatilib, sirk sahnasiga olib chiqiladigan hayvonlarning ko’rsatadigan harakatlari: fillar raqsi, ana ayiqlarning velosiped minib yurishi, sherlarning akrobatik harakatlari, it, otlarining «matematik masalalarni» yechishi va hokazolar shundaydir. Bularning hammasi shartli reflekslar hosil qilishga asoslangandir.
Hosil bo’lgan ko’nikmalar ayrim hollarda, hayvonlarning hayot sharoitiga qarab, mustahkamlanishi va irsiy bo’lib qolishi yangi instinktiv harakatlar shaklida nasldan-naslga o’tishi mumkin. I.P.Pavlov fiziologlarning 1913 yilda gronengenda bo’lib o’tgan xalqaro kongressida bunday degan edi: «Yangi paydo qilingan shartli reflekslarning ba’zilari keyinchalik irsiyat yo’li bilai shartsiz reflekslarga aylanadi deyish mumkin». (O’sha asar III tom, 1-kitob, 273-bet).
Bir yildan keyin – 1914 yilda, Pavlov yanada ko’proq ishonch bilan bunday dedi: «Yangi paydo bo’lgan reflekslar birin-ketin bir qancha nasllarda hayot sharoiti birday saqlangan taqdirda, uzluksiz ravishda doimiy reflekslarga aylanishi juda ham ehtimol (va bunga endi faktlar dalil bo’la oladi). O’sha kitob, 281-bet.
I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, hayvonlar paydo bo’lib ularda nerv sistemasi vujudga kelishi bilanoq shartli reflekslar, ya’ni organizm bilan tashqi muhit o’rtasidagi muvaqqat nerv bog’lanishlari vujudga kela boshlagan. Biologik jihatdan nihoyatda muhim va organizmning hayotini saqlash uchun zarur bo’lgan bu muvaqqat nerv bog’lanishlari bir qancha nasllardan-nasllarga o’tib, takrorlanib, doimiy (shartsiz) bog’lanishlarga, ya’ni instinktlarga aylangan. Hayvonlarda shartli reflekslar hosil bo’lish jarayonida nerv sistemasining o’zi ham o’zgargan va takomillashib borgan.
Shunday qilib, I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, yuksak nerv faoliyati hayvonlarning taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi.
Hayvonlar ko’nikmalar hosil qilish tufayli, tashqi muhitning o’zgaruvchi sharoitiga chaqqonroq va yaxshiroq moslashadigan bo’lib qoladi.
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining quyidagi xususiyatlari bilan farq kiladi:

  1. Inson uzi anglagan zaruratga ko’ra ongli xatti-harakat qilish qobiliyatiga ega.

  2. Odamning xayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga va saqlashga layoqatli ekanligidir. Xayvonlar xam qurol yasashi mumkin, lekin ular qurolni odamlar singari birgalashib,jamoa bo’lib yasamaydi.

  3. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidir.

  4. His-tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson o’rtasidagi turtinchi juda muxim tafovut bulib hisoblanadi. His-tuygu ikkisida xam bor. Faqat inson boshqa kishining gam-gussasini va quvonchini birgalikda baxam ko’ra oladi, faqat odamgina tabiat manzaralaridan zavqlanadi.

  5. Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadi. Agar xayvonlar psixakasining o’sishi biologik qonunlar asosida ro’y bersa. Inson tajribani o’zlashtirmasdan, uziga o’xshaganlar bilan muloqotda bo’lmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.

Download 51.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling