4-mavzu. Ong taraqqiyoti va ongsizlik


Odam ongining yoshga qarab o’sishi


Download 51.39 Kb.
bet7/10
Sana27.01.2023
Hajmi51.39 Kb.
#1129897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu seminar

Odam ongining yoshga qarab o’sishi
Ma’lumki, har bir odamning ongi tug’ilish paytidan boshlab, butun umr bo’yi o’sib boradi.Odam ongining yoshga qarab o’zgarish sababi nimada, degan savol tug’ilishi tabiiy.
Turmushdagi kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va pedagoglarning ko’pgina ilmiy tadqiqotlari bu savolga quyidagicha javob qaytarishimizga asos beradi: har bir kishi, ongining yoshga qarab taraqqiy etishi shu kishi organizmining o’sishiga, ijtimoiy muhit ta’siriga, ta’lim va tarbiyaga, shuningdek, odamning o’z faoliyatiga bog’liq.
Organizmning o’sishi
Bola organizmi o’sib, kamolga yetib boradi. Organizmning ayrim a’zolari o’sadi va takomil etadi, shu a’zolarning sifati o’zgaradi. Nerv sistemasi taraqqiy etib va chiniqib boradi. Masalan, bola bir yoshga to’lguncha bosh miyasining og’irligi ikki marta oshadi, to’rt-besh yoshlarga borganda bosh miya og’irligi uch marta oshadi. Miyaning o’sishi 20 yoshgacha, ba’zan undan keyin ham davom etadi.
Bola shartsiz reflekslar bilan tug’iladi, ammo hayotining birinchi oyidayoq, shartsiz reflekslar asosida, tashqi ta’sirlar tufayli shartli reflekslar ham vujudga kela boshlaydi.
Bola bir yoshga to’lib, ikkinchi yoshga qadam qo’yganda bosh miya po’stining faqat odamga xos bo’lgan yuksak funksiyasi tarkib topadi, I.P.Pavlov bu funksiyani ikkinchi signal sistemasi deb atagan edi. Yuqorida aytganimizdek, I.P.Pav­lov ta’limotiga ko’ra, ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkur hamda og’zaki va yozma nutqning nerv-fiziologik negizi hisoblanadi.
Takomil etuvchi nerv sistemasi, jumladan, bosh miya - taraqqiy etayotgan odam psixikasining moddiy substrati (asosi)dir. Ammo organizm o’sishining o’zi xali odam shaxsini, undagi psixik hayot mazmuni va formalarini belgilab bermaydi. Bola tayyor bilim va mahorat, tasavvur va qobiliyat, tayyor havas va xarakter bilan tug’ilmaydi.
Organizmning o’sishiga bog’liq bo’lgan psixik hayot imkoniyatlari xaqiqatan yuzaga chiqishi uchun bola anchayin o’sish bilangina qolmay, ijtimoiy muhitda, odamlar orasida yashashi va kamolga yetishi kerak.
Bolalarni go’dakligida yovvoyi hayvonlar (maymunlar, bo’rilar) o’g’irlab ketishi, bu bolalarning tirik qolib, odamlarga aralashmasdan o’sish hodisalari anchagina ma’lum. Ammo, bunday bolalarda odamga xos bo’lgan psixik qobiliyatlar ularning yoshiga yarasha taraqqiy etgan emas.
Bu faktlar shuni ko’rsatadiki, organizmning inson jamiyatidan tashqarida o’sishining o’zi shaxsning psixik taraqqiyotini ta’minlay olmaydi.
Organizm o’sishi bilan, jumladan, nerv sistemasi o’sishi bilan psixik hayot mazmuni va formalarining taraqqiysi uchun imkoniyat vujudga keladi, xolos. Bu imkoniyatlarning yuzaga chiqish boisi shuki, odam ijtimoiy muhitda yashaydi va kamol topadi. Odam biologik zot sifatida emas, balki ijtimoiy zot sifatida kamolga yetadi.

Download 51.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling