4-мавзу Operandalarga berilgan sharhlarning kontrollerga uzatilishi


Download 333.96 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi333.96 Kb.
#1433787
Bog'liq
4-м


4-мавзу Operandalarga berilgan sharhlarning kontrollerga uzatilishi


Agar operandalarga berilgan sharhlar kontrollerda saqlangan bo‘lsa, sharhlar berilgan dasturni kompyuterda ko‘rish mumkin. Albatta, buning uchun GX Developer FX dasturlash muhiti zarur bo‘ladi, ammo butun dastur bo‘lishi talab qilinmaydi. Bu jihat texnik xizmat ko‘rsatishda va nosozliklarni qidirishda foydali bo‘lishi mumkin.
Sharhlarni kontrollerga uzatish avtomatik sodir bo‘lmaydi, uni Online menyusidan tanlash zarur (bu haqida 4-bo‘limga ham qarang).

Bundan tashqari, operandalarga berilgan sharhlar kontrollerda saqlanishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, unda FX oilasiga mansub MELSEC kontrollerlarida sharhlar uchun xotira joyi ajratilishi lozim. Biroq bu xotira joyi asosiy dastur uchun mo‘ljallangan xotira hajimda ajratiladi. Masalan, FX1S kontrollerida 2000 qadamli dasturni saqlash mumkin.
Agar rasmda ko‘rsatilgani kabi sharhlar uchun 1 ta blok ajratilgan bo‘lsa, unda bu kontrollerda operandalar uchun 50 ta sharh saqlash mumkin.

50 ta sharhga mo‘ljallangan har bir blok, xotira hajmini 500 ta dasturiy qadamga kamaytiradi. FX1 S kontrollerida 150 ta operanda sharhlari uchun 3 ta sharhlar blokini zaxiralash mumkin. Shundan keyin dastur uchun 500 qadamli joy qoladi. Operanda sharhlari fayli hajmini Tolls menyusidan Delete unused comments (Foydalanilmayotgan sharhlar o‘chirilsin) funksiyasini ishga tushirib kamaytirish mumkin.



  1. Matnli qo‘yilmalar (statements) va yozuvlar

Matnli qo‘yilmalar (GX Developer dasturida Statements deyiladi) dasturni tushuntirish va tuzilmaviy ajratish uchun xizmat qiladi. Ular dasturni tushunishni osonlashtirish va jadallashtirish uchun mo‘ljallangan.


Har bir matnli qo‘yilma bir qator shaklida ifodalanadi va 64 belgidan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir tok zanjiri uchun 15 qatorgacha matnli qo‘yilma kiritish mumkin.
Yozuvlarni esa har bir chiqish buyrug‘i yoki amaliy yo‘riqnoma uchun tok zanjiri yakunida kiritish mumkin. Yozuv ham bir qatorda 32 belgigacha bo‘lishi mumkin.



  1. Matnli qo‘yilmalarni va yozuvlarni kiritish



Matnli qo‘yilmalarni va yozuvlarni kiritish imkoniyatini Edit - DocumentationStatement yoki Edit - DocumentationNote menyusidan yoki asboblar panelidan quyidagi tugmalar bilan faollashtirish mumkin:
- matnli qo‘yilma uchun, - yozuvlar uchun.
Matn kiritish uchun tok zanjiridagi obyekt ustida sichqoncha ikki marta bosiladi va matn kiritiladi. Agar yozuv kiritmoqchi bo‘lsangiz, tok zanjiridagi oxirgi obyekt ustida sichqonchani ikki marta bosing.

OK bosilgach tok zanjiri kulrang fonga o‘tadi.

Kompilyasiyadan keyin (masalan, klaviaturaning F4 klavishi orqali) matn saqlanadi.

Yana bir matnli qator qo‘yish uchun tok zanjiri obyektiga ikki marta sichqoncha tugmasini bosing. Matnli qo‘yilmani tahrirlash uchun tahrirlanuvchi matnga sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.
Dasturlashni davom ettirishdan va yo‘riqnomalarni kiritish yoki o‘zgartirishdan oldin, matnli qo‘yilmalar va yozuvlarni kiritish redaktorini yana o‘chirish zarur bo‘ladi.
FX oilasiga mansub MELSEC controller xotirasiga matnli qo‘yilmalar va yozuvlarni saqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun opsiyasini tanlab bo‘lmaydi.

Separate matnli qo‘yilmalar va yozuvlar loyiha papkasida alohida saqlanishini bildiradi. Agar dastur markaziy prosessordan o‘qilgan bo‘lsa, bu ma’lumotlar kompyuterda shu ma’lumotlar bor bo‘lgan loyiha mavjud bo‘lsagina ko‘rsatiladi.
Download 333.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling