4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar


Test jarayoniga qo‘yiladigan ilmiy-metodik talablar quyidagicha


Download 245.36 Kb.
bet10/16
Sana31.01.2024
Hajmi245.36 Kb.
#1819294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
4-Ma\'ruza.

Test jarayoniga qo‘yiladigan ilmiy-metodik talablar quyidagicha:
- test savol-topshiriqlari asosiy bilimlar majmuasi va ularni o‘zlashtirishga qo‘yilgan davlat ta’limi standarti talabi asosida tuziladi;
- topshiriqlar sharti qisqa, aniq va oddiy bo‘lib, keltirilgan javob yagona shaklda ifodalangan bo‘lishi kerak;
- tekshirilayotgan materialning ma’nosini ifodalovchi bir xil murakkabroq darajadagi topshiriqlar albatta, kiritilgan bo‘lishi kerak;
- qaratilayotgan material bo‘yicha bir necha xil variantlar bo‘lgan holda, ulardan bir xil sondagi savollar, fikrlar bo‘lishi lozim;
- javobni tanlash testida albatta, to‘g‘ri javob bo’lishi kerak, bitta testda bir xil sondagi savollar bo‘lishi;
- testlarda tushirib qoldirilgan atama, formulalar tanlangan mavzuning asosiylari bo‘lib, 2-3 tadan oshmasligi kerak;
- to‘g‘ri javoblar teng taqsimlanishi kerak;
- qo‘yilgan maqsadga ko‘ra bir xil testlarni turli variantda tuzish lozim.
Test tizimida to‘g‘ri javob bilan bir qatorda beriladigan to‘g‘ri bo‘lmagan javoblar ichida o‘quvchi test topshiriqlarini yechishda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar natijasida topiladigan javoblarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Test savollarining murakkablik darajasi turlicha bo‘lishi kerak. Masalan, test savollarining 40 % o‘rtacha o‘qigan, 65-70% ni yaxshi o‘qigan o‘quvchilar, 90-100% esa iqtidorli o‘quvchilar yecha oladigan bo‘lishi kerak. Ma’lum sinf uchun tayyorlangan ko‘p variantli testlar talab va murakkablik darajasiga teng kuchli bo‘lishi, aniqrog‘i, test 10 savoldan iborat deb oladigan bo‘lsak, shunda 2 tasi sodda, 5 tasi o‘rta murakkab savollar bo‘lgani yoki ana shu 10 ta savoldan 4 tasi nazariy, 3 tasi amaliy, 3 tasi nazariy ham amaliy xarakterga ega bo‘lgani maqul. Shu o‘rinda takidlash joizki, test savollarida beriladigan noto‘g‘ri javoblar ham ma’lum ma’noda mantiqli bo‘lmog‘i kerak, yani “yo‘q”, “ha”, “bilmayman”, “eslay olmayman”, “to‘g‘ri javob yo‘q” tarzidagi javoblardan iborat bo‘lishi test talablariga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘quvchining bilimini faqat bitta bob yuzasidan test orqali baholab, yakuniy xulosa chiqarish noto‘g‘ri usul, test o‘quvchi bilimini aniqlashning boshqa komponentlari bilan aloqada bo‘lishi kerak. Test bahosi tekshirishning boshqa komponentlari bahosiga mos tushsagina, haqiqiy baho hisoblanadi. Yangi pedagogik texnologiyada test o‘quvchilar bilim darajasini aniqlashda asosiy mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Test orqali o‘quvchi talanti, qobiliyati, iste’dodini aniqlash qiyin.
O‘quvchining bilim darajalari so‘rovlar, uy vazifasi, yozma ish, laboratoriya ishi, kollokviumlar, sinovlar, diplom ishi, loyihalash ishlari, grafik chizish, referat, imtihonlar natijasi orqali aniqlanadi. Test pedagogik texnologiyada aniq maqsadga asoslanib qo‘llanilishi kerak. Testning salbiy tomonlarini o‘qituvchi bilib olishi kerak. Test ma’lum belgilangan bosqichni o‘qitishda foyda beradi, xolos. Aks holda o‘qitish samaradorligini tushirib yuboradi. Test tuzishda ishning eng qiyin tomoni noto‘g‘ri javoblarni tanlashdan iborat. Noto‘g‘ri javoblar o‘quv jarayoni davomida foydadan ko‘ra zarar yetkazishi ham mumkin.
Shuning uchun o‘qituvchi noto‘g‘ri javoblardagi xatolarning oldini olishda quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
- o‘qituvchi tomonidan tanlangan xatolar;
- dars vaqtida o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar;
- mashqlarni ishlashda paydo bo‘lgan chala holdagi javoblar;
- uyga berilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘yilgan xatolar;
- to‘g‘ri javobga eng yaqin bo‘lgan xatolar;
- o‘quv materiallarining eng xarakterli kamchiliklarini aniqlovchi javoblar;
- to‘g‘ri javobga yaqin mavzulardan, bobdan yoki bo‘limlardan olingan xato javoblar.
Shuningdek, o‘qituvchi test tuzishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, saviyasi, iqtidori, malaka va ko‘nikmalarini ham hisobga olish shart. Har qanday darsga qo‘yiladigan maqsadlardan biri tarbiyaviy maqsad sanaladi. Shunday ekan, test savollariga kiritiladigan gap, jumlalar tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo‘lishi test qimmatini yana bir bora orttirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi test mashg‘ulotlarini o‘tkazar ekan, natijalarni elon qilish, o‘quvchilarga ball qo‘yish bilan kifoyalanmay, test natijalarining tahliliga e’tibor qaratish asosiy ahamiyatga ega. U o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni, o‘zlashtira olmagan nazariy qirralarni aniqlash, kelgusi darslarda ularni bartaraf etishga intilmog’i test mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan asosiy metodik talab hisoblanadi.
O‘qituvchi test natijalarini aniqlagach, ular bilan o‘quvchilarni atroflicha tanishtirishi, ular esa shu jarayonda o‘zlarining javoblarini qanchalik to‘g‘ri ekanligini, qaysi savollarda xato qilganliklarini bilib olishlari kerak. Shunday qilingandagina ular testda ko‘rilgan masalalar doirasida o‘z bilimlarini mustahkamlab oladilar.
Bundan tashqari test - o‘quvchilar bilimini aniqlashda nazorat qiluvchilar uchun ajoyib qurol vositasidir. Bu qurolni to‘g‘ri ishlatish o‘qitishda “yaxshi” yoki “yomon” natija berishi mumkin.

Download 245.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling