4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy
Merkantilizimning zamonaviy tahlillari
Download 190 Kb.
|
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod
Merkantilizimning zamonaviy tahlillariAvvalgi yozuvchilarni baholash ayrim qiyin lekin qiziqarli muammolarni keltirib chiqaradi. Bir muallifning o’z asarida nima demoqchi bo’lgani har doim turli fikrlarga olib keladi.Yozuv tili noqaniq bo’lsa, uni izohlash qiyinlashadi. J.M Keyns o’zining “…umumiy nazariyasi”ning merkantilistlarga bag’ishlangan “Merkantilistlar haqida” deb atalgan qismida u ularni iqtisodiy rivojlanishga olib keladigan chora-tadbirlar haqida tushunchaga ega bo’lgan iqtisodchilar sifatida ta’rifladi. Lekin Adam Smit, boshqa klassik iqtisodchilar va an’anaviy iqtisodchilar 1776 qildan Keyns davrigacha merkatilist adabiyotlarini ahamiyatsiz deb hisobladilar. Klassiklarning va Keyns nazariyasining hususiyatlarini solishtirsak qarashlarda nima uchun bunday farqlarni mavjudligini tushunsak bo’ladi, albatta. Smit va boshqa klassik iqtisodchilar ishlab chiqarishning real hajmini belgilab beruvchi real omillarga asosiy e’tiborni qaratganliklari sababli ularning nazariyalari faqat taklif tarafiga urg’u beradi. Keyns yalpi talabning ahamiyatiga e’tibor qaratgan bo’lsa ham u o’zining nazariyasi va mercantilist g’oyalari o’rtasida ma’lum darajada bog’liqliklar mavjudligini bildi. U ularnin yetarlicha iste’mol qilmaslik g’oyasini ma’qulladi va ularning pul miqdorining oshishi ishlab chiqarishni ko’paytiradi degan fikrlarini to’g’ri deb baholadi. Keyns fikricha, merkantilistlar ijobiy savdo balansi ichki sarflarni oshiradi va shu orqali daromadlar va bandlik darajasini oshiradi deb hisoblaganlar. Avvalgi yozuvchilar hissasini baholashning yani bir muammoli tarafi ularning intelektual muvaffaqiyatlarini baholashning zarurligidadir. Bu baholash to’liq zamonaviy mezonlar asosida amalga oshilishi kerakmi, yoki bo’lmasa, o’sha davr tahliliy rivojlanish darajasiga mos ravishda amalga oshilishi kerakmi? Ta’limot tarixchilarining asosiy qismi bu ikki qarash o’rtasidagi positsiyada bo’lsalar ham, avvalgi iqtisodchilarning nisbiy ahamiyati haqida har hil fikrga keladilar16. Merkantilizmga nisbatan bildirilgan yana bir munosabatni qayd etib o’tishimiz kerak. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning namoyondalari ilgari surgan g’oyalari asosida emas balki ularning manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar 16 William R. Allen, “Modern Defenders of Mercantilistic Theory,” History of Political Economy, 2 (Fall 1970); A. W Coats, “The Interpretation of Mercantilist Economics: Some Historiographical Problems,” History of Political Economy, 5 (Fall 1973); and William R. Allen, “Rearguard Response,” History of Political Economy, 5 (Fall 1973). zamonaviy iqtisodiy tilda “manfaat qidiruvchilar” deb atalgan. Ular foyda ko’rish maqsadida davlatni ishga solib o’zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman olganda ular davlatning monopollik imtiyoziga sazovor bo’lgan savdogarlar bo’lib, bu monopol-savdogarlik ularga balandroq narx o’rnatish imkoniyatini bergan. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling