4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy


Download 190 Kb.
bet8/19
Sana21.06.2023
Hajmi190 Kb.
#1638492
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod

«Temur tuzuklari»Hadis olimlari.


  1. Ahli hunar va san’atchilar.

  2. Kasbu hunar egalari.

  3. Savdogar va sayyohlar.

Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo’shin a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot bahosigacha maosh olishi, o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.

«Tuzuklarda» A.Temur davrida


soliq va jarimalarni yig’ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig’ish vaqtida, – deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig’ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko’rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug’oriladigan yerlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlardato’rtdan biriga (25 foiz) teng bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig’i atrofida bo’lganligini ko’rsatib turibdi.
A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar». A.Temur Shom (hozirgi Suriya) yurtini qo’lga olganda, (1401 y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332–1406) asirga tushib qoladi. Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat- ikrom bilan uni qo’yib yuboradi.
      1. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar



A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409- 1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o'sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti bilan bog'liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr- qimmatini oshirish uchun harakat qilingan.
O'sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar engil vaznda bo'lib, savdo rivojiga to'siqlik qilgan. Ulug'bek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo'lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o'zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar
qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib


Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling