4. Mavzu: O’rtа Оsiyodа muzеylаrning shаkllаnishi tаriхi. Reja
Download 22.58 Kb.
|
4-ma\'uza.Muzeyshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari. 1.
2. Osmon ibodatxonasi. ( Tyantan)- Pekin shahrining janubida, imperator saroyidan janubi-sharqiy tarafida joylashgan aylana shaklidagi ibodatxona saroy. Majmianing umumiy maydoni 267 gektarni tashkil etadi. Ibodatxonadan tashqari, bu yerda katta bog’, saroy va pavilyonlar mavjud. Osmon ibodatxonasi hududi ikki tomondan aylanma devor bilan o’ralgan. Uning umumiy uzunligi 11.912 metrni tashkil etadi. Ibodatxona tashqi aylanma devori uzunligi 6.625 metr, ichki daevor uzunligi 5.287 metrni tashkil etadi.
Shahar timsollaridan biri xisoblangan mazkur majmua 1420 yili Min sulolasi davrida qurib bitkazilgan. Dastlab ibodatxona Yer va Osmon ibodatxonasi deb nomlangan, biroq 1530 yili alohida “Yer ibodatxonasi”ning qurilishi bilan bu majmua Osmonga sajda qilish vazifasini bajargan. Ibodatxona “Taqiqlangan shahar” binosi qurilgan davrda bunyod etilgan. Ibodatxona majmuasi o’zgacha shaklga ega. Inshootning janubiy qismi to’rtburchak shaklga ega bo’lsa, shimoliy tarafi aylana shakildadur. Xitoy an’analariga ko’ra, aylana-Osmonni, to’rtburchak Yerni ifodalagan. Shundan boshlab Tyantan devorlarida Osmonga sig’inish duolari aks ettirilgan. 500 yil mobaynida, yilda bir marotaba, qishki quyosh turishi kunida imperatorlar 3 kunlik ro’za tutgandan so’ng Osmon uchun saxiy hadyalar keltirish, qurbonlik qilish maqsadida Tyantanga tashrif buyurishgan. Mamlakat farovonligini so’rab osmonga duo qilishni faqat “Osmon o’g’li”- imperatorlargina amalga oshirish mumkin, deb hisoblangan. Hukmdor shamol, yomg’ir, issiq va sovuqni, tabiat fasllari o’z vaqtida kelishini duo qilib so’ragan, bu esa mol hosil berish kafolati bo’lgan. Asrlar mobaynida “Osmon iobodatxonasi” muntazam qurilib borilgan, ayrim binolar buzilgan, yong’inlardan zarar ko’rgan va yana qayta tiklangan. Qayta ya’mirlash ishlari XXI asrda ham davom etmoqda. “Osmon iobodatxonasi” 1998 yili YUNESKOning Butunjahon insoniyat merosi ro’yxatiga kiritilgan. Nazorat savollari. 1. Yer va osmon ibodathonasi qayrda joylashgan? Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling