4. Mavzu: O’rtа Оsiyodа muzеylаrning shаkllаnishi tаriхi. Reja


Download 22.58 Kb.
bet1/3
Sana24.10.2023
Hajmi22.58 Kb.
#1718556
  1   2   3
Bog'liq
4-ma\'uza.Muzeyshunoslik


4.Mavzu:
O’rtа Оsiyodа muzеylаrning shаkllаnishi tаriхi.
REJA.
1. O’rta Osiyo muzeylarning tashkil topishi.
2. Osmon ibodatxonasi.
3. Giza shaxridagi Exromlar majmuasi.
4. Qohiradagi Misr va Qibtiy muzeylari.
Tayanch so‘z va iboralar: Osmon ibodatxonasi, Matenadarn, firavanlarning obidalari, qadimgi podsholik davri yodgorliklari.
1. O’rta Osiyo muzeylarning tashkil topishi. O’rta Osiyo xalqlari qadimdan yaqin Sharq va G’arb davlatlari, ya`ni Urartu, Misr, Treniya, Bobil, Rim kabilar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatganlar. O’rta Osiyo zaminidan o’tkan mashxur "Buyuk ipak yuli" Markaziy Osiyo va Hindistonni O’rta dengizi mamlakatlari bilan bog’lar edi.
Bunday jozibali o’lka barcha davrlarda chet el bosqinchilarining diqqat markazida bo’lgan. Shu sababli taqdir taqozosi bilan O’rta Osiyoning tarixiy qismati juda og’ir kechdi.
Doimiy qirginlar tufayli betakror saroylar, guzal shaxarlar, noyob inshootlar vayronaga aylanib, yig’ilgan bebaxo ma`naviy boyliklar g’oliblar o’ljasi bo’ldi.
Muxammad Narshaxiyning guvoxlik berishicha, arablar Poykand janglaridan xisobsiz tillo, kumush buyumlar qurol aslaxalar, qimmatbaxo kiyim-kechaklardan iborat katta o’lja bilan qaytganlar. Arab istilosi davrida xazina to’plash ma`naviy boylik jamgarmasi ichida durustroq siljishlar bermadi.
O’rta Osiyoda mustaqil Somoniylar davlatining barpo bo’lishi va bu davrda saroy boyliklaridan tashqari, katta kutubxonalar, arxivlar barpo etildi. G’aznaviylar sulolasining asoschisi Muxammad Gaznaviy xilma-xil juda ko’p kitoblar to’plagan
Mo’gul bosqini Movorounnaxirdagi taraqqiyotni vayron qildi uning rivojlanishini deyarli yuz yil orqaga surib yubordi.
Oradan 150 yil o’tgandan so’ng O’rta Osiyoda fan va madaniyat qayta kurtaklay boshladi. Ayniqsa Amir Temur tomonidan yagona markazlashgan davlat tuzilishi va Samarkandni poytaxt qilishi katta boyliklarining to’planishiga sabab bo’ldi. Me'moriy yodgorliklar, maqbaralar masjid va madrasalar saroylar qurildi.
Amir Temur zap etgan mamlakatlardan qadimiy qulyozmalar, xon, amirlarga tegishli yozilma va elchilik xujattlari, musulmon dunyosining muqaddas kitobi "Qur`on-Usmon qur`oni" ning (VIII asr) nusxasi Samarqandga keltirildi. Dunyoga mashxur Temur kutubxonasini barpo etdi.Temurning sevimli nabirasi, sharqning buyuk allomasi, olimi Mirzo Ulug’bek kutubxonasi yanada boyidi.
Amir Temurning nabirasi Shoxruxning o’g’li shaxzoda Boysunqir Xirot saroy kutubxonasini barpo etadi. Sharqshunos olim A.Yu.Yakubovning ta`rificha "Boysunqurning" nozik didi va chuqur ilmi tufayli Xirotda shunday katta kutubxona vujudga keldiki unda bir qancha nafis san’at ustalari, zargarchilar, muqovachilar ijod qildilar. Kutubxonada faqatgina nusxa olish, kitoblarni bezash emas balki filologiya, teksitologiya tadqiqotchilar bor edi. 1442 yil shu kutubxonada Firdavsiyning "Shoxnoma" asari to`la tekis ko`chirib yozildi. Temuriylar davrida tasviriy, amaliy va memorchilik san`atlarida ulkan yutuqlarga erishildi. Saroylar, madrasalar, maqbalar va boshqa binolarni nafis suratlar, naqshlar bilan bezash taraqqiy etdi. Bibixonim masjidi, Go`ri amir, Shoxi zinda, Axmad Yassaviy maqbarasi va masjidi, ishratxona, Shaxrisabzdagi Oqsaroy hamda Ulug’bek qurdirgan madrasalar o`zining ulug’vorligi bilan sharq me`morchiligining shox asarlari bo`lib ularda xalqimizning yuksakligi va maxoratini namoyon eta edi.
Bu davr savdo-sotiq xunarmandchilik shunchalar rivojlangan ediki Buxoro, Samarqand ustalari tomonidan ishlangan buyumlar dunyo bozorida yuqori baxolanar edi. Xirot ustalarining zargarlik buyumlari Samarqand, Buxoro duxobasi katta shuxratga ega edi.
Xunarmandlar o`z maxoratlarini yangi qurilgan masjid, maqbara va boshqa inshootlarda namoyon etar edilar. Masalan Bibixonim masjidi uchun ustalar tomonidan ishlangan shamdonlar va masjid darvozasi kandakorlik san`atining chuqqisi edi. Temuriylar sulolasidagi Xusayn Bayqaro Hirotni go`zal binolar, masjid, madrasalar bilan obod etdi. Sanoqsiz qo`lyozmalar iste'dodlilar tomonidan ko`chirildi va zarxarlar bilan bezatildi. Sharqshunos olim A.Yu. Yakubovskiyning yozishicha A. Navoyining juda katta, nodir qo`lyozmalarga boy shaxsiy kutubxonasi bo`lgan. Bu kutubxonadan tarixchi Xondamir, musavvir Bexzod va boshqa olimu-fozillar foydalanganlar. Buxoro, Xiva xonliklarida xam nodir qo`lyozmalar to’planib, saroyda va shaxsiy kutubxonalar barpo etish odat bo`lgan edi. Xiva xoni Muxammad Raxim II kutubxona, barpo etib uni dunyoning xar chekkasidan keltirilgan nodir qo`lyozmalar bilan boyitib borar edi. XIX-asrda Xiva xonligi o`zining kitob xazinasi bilan dunyoga mashxur bo`ladi. Bu erda Arab, Fors, Tojik tilaridagi qo`lyozmalar o`zbek tiliga tarjima qilingan. Qo`qon xonligida xam boy kutubxona bo`lib, nodir qo`lyozmalarga ega edi. Bu davrda O`rta Osiyoning yirik shaxarlari: Farg’ona, Buxoro, Qo`qon, Toshkentda va boshqa shaxarlarda kitob ixlosmandlari bo`lib ular juda katta mablag’ sariflab butun umr nodir qo`lyozmalar yiqqanlar. Masalan Toshkentda Jo`rabekning shaxsiy qo`lyozmalar kollektsiyasi mashxur edi. Boqijon boy, Qozi Muxiddin, Andijondagi Dukchi Eshon kutubxonalari, Buxoroda yashagan kozi Sharifjon Maxsum Ziyoning kutubxonasi va undagi qo`lyozmalar nodirligi va qadimiyligi bilan mashxur edi Shunday qilib yuqoridagi fanlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki O’rta Osiyo diyorida moddiy va ma`naviy yodgorliklarni to’plash asriy an`ana bo’lib milliy xususiyatlarga, islom dini urf-odatlariga rioya qilgan xolda amalga oshirilgan O’rta Osiyolik buyuk allomalarning qomusiy shox asarlari XII-asrdan Ovrupo mamlakatlarida lotin tiliga tarjima qilib dunyo fani rivojiga katta xissa qo`shdi. Kelajag avlod uchun avaylab saqlandi. Qadimdan ovropalik olimlar, xukumdorlar O`rta Osiyo xonlarini tarixi, madaniyati va modiy yodgorliklarini egallashga xarakat qilardilar. Darxaqiqat ular izchil olib borgan xarakatlari natijasida O`rta Osiyoning ma`naviy xazinalari Ovropa, Osiyo davlatlarining mulkiga aylandi. Bu ishlar xilma-xil yo`llar bilan amalga oshirildi. Xonliklarga kelgan elchilarga sovg’a sifatida berildi, savdogarlar ataylab kelgan sayyoxlar orqali yoki bosqinchilik xarakatlari bilan xorijiy mamlakatlarga ma’naviy va nodir buyumlar chiqib keta boshlagan. Masalan 1740 yili Eron shoxi Nodir shox O`rta Osiyoni bosib oladi va Amir Temur maqbarasidan ko`p yodgorliklarni oladi. A.Temur qabri ustidagi qabir toshi, Soxibqironing maqbaraga qo`yilgan oltin sonli qilichi va qalqonlari, qabr ustiga qo`yilgan Qur`onni Samarqanddan bosib olgan be xisob o`ljalari ichida olib ketadi. Ammo Temur qabir toshi yo`lda sinib qolganli sababli tezlikda joyiga qaytaradi.
1831-1833 yillarda Ost-Indiya kompaniyasining lieytenanti Aleksandr Bors Buxoroda yashab qadimgi tilla va kumush tangalarini yig’adi va 200 dan ortiq nodir kompozisiyani barpo etib, Britaniya muzeyiga taqdim etadi. Xozir bu kompozisiya bebaxo xisoblanadi.
O`rta Osiyo boyliklarini Rossiya mulkiga aylantirishda rus olimlari ayniqsa jonbozlik kursatdilar. Peterburgdagi Osiyo muzeyining direktori sharqshunos olim X.O.Frenk 1834yil O`rta Osiyodan izlab topilishi mumkin bo`lgan. Sharq mualliflariga mansub "Yuz asarning" xronologik ro`yxatini tuzib chiqadi.
1869 yildan rejali o`lja yig’ish choralari ishlab chiqildi. Soldat ofitserlarning qo’llariga Peterburgda yozilgan tavsiyanoma berilib, qanday narsalarga axamiyat berishlik ko`rsatilgan edi.
1869 yili Samarqanddan Turkistonning birinchi general-gubernatori K.P.Fon Kaufman musilmon dunyosining muqaddas kitobi VII asr Kufa qo`l yozma yodgorligi bo’lgan "Usmon Qur`oni" ni Peterburgga imperatorga jo`natadi. 1870 yili Buxoro amiri fuqorolarini bostirish baxonasidagi xarbiy yurishda Shaxrisabz va Kitob bekliklariga qarashli joylardan 97 jild qadimiy qo`l yozmlar topib olinadi. Xiva xonlikning saroyi talantaroj qilinadi. Xonning shaxsiy 200 ta pul yasaydigan qolib, 25 put tilla va kumush, xon muxri 200 dan ortiq qadimiy tangalar bexisob qimmatli toshlar va zargarlik buyumlari Peterburgga jo`natiladi. Qoqon xonligi xazinasi qismati xam shunday bo`ldi.
1985 yilda Toshkentda arxeologiya, etnografiya va anrologiyani sevuvchilar to`garagi tashkil etlib unga Bartol'dning shogirdi boshchilik qildi.
1898 yilda Andijon qo`zg’olonining boshlig’i Dukchi Eshon kutubxonasi musodara qilindai. Undagi 194 nodir qo`lyozma tezlikda Peterburga jo`natiladi.
Rus tarixining namoyondalari o`zlarining Turkistonda olib borgan ilmiy va yodgorliklarini to`plash ishlarida maxalliy mutaxassislarga tayanadilar. Masalan: Samarqandlik Mirzo Qosimov, Toshkentlik savdogar Akram Asqarov, Samarqandlik Mirzo Abdulla , Buxorolik entograf Shoximardon Ibroximov, Samarqandlik Abu Said Maxsum, arxeolog olim Turdi Mirg’iyosov va boshqalar.
Chor xukumati Turkishon o`lkasi xalq ommasiga milliy jixatdan o`zini anglash uchun imkon bermas edi, chunki ular orasida tarixiy bilimlarni keng tashviqot qilish va ular e’tiborni qadimiy yodgorliklar qimattiga jalb etish chorrizmning mustamlakachilik siyosatiga putur etkazadi deb xisoblar edilar. Lekin O`rta Osiyoni o`z mustamlaka mulki deb bilgan chorrizm beqiyos boyliklarni o`zlashtirish uchun Turkistonni ilmiy asosda o`rganish zarurligini yaxshi tushinar edi, qisqa vaqt ichida o’lka miterologiyasi, zoologiya, numizmatikasi, etnografiya, flora, fauna dunyosiga oid ko’plab kollektsiyalar to`plandi.
Shu munosabat bilan tarqoq kompozisiyalarni birlashtirish va ularni Peterburgga jo’natish uchun saralash markazi lozim bo`lib qoladi. Buning uchun qulay markaz muzey xisoblanib o`lkada muzey tashkil etish masalasi ko`tarildi. Jumladan A.P.Ferdchenko Turkiston general- gubernatoriga tayyorlangan axborotida "Turkistonni" muvoffaqiyatli rivojlantirishi uchun u bilan asosli ravishda tanilib chiqish kerak, muzey esa buning esa yaxshi vositasidir", deb yozgan edi.
1876 yilda birinchi bo`lib Toshkent muzey (xozirgi O`zbekiston tarixi davlat muzeyi) ochildi. 1896 yili Samrqand, 1898 yili Yttisuv, 1899 yili Farg’ona va Kaspiy orol (Ashxabod) o`lka muzeylari barpo etiladi. Muzeylarda xar-xil aralash-quralash ekspanatlar bo`lib etnografiya, texnika, tabiat, tarix, arxiologiya, qishloq xo`jaligi, maxaliy qurol-yaroqlar, ip-gazlamalar, kitoblar, yozuv qurollari qo`yilgan edi.
1917 yil oktyabr to`ntarilishdan keyin muzeylarni qayta tashkil qilish bilan bu xasharda yangi muzeylar xam tashkil etildi. 1922 yilda sotish va sotib olish hamda san`at yodgorliklarini saqlash komisiyasi tuzildi.
Agar Rossiyada 1918-1923 yillar davomida 250 dan ortiq yangi muzeylar tashkil etilgan bo`lsa Turkistonda bu ko`rsatkich 4 tani tashkil etdi. Keyingi yillarda xam talonchilik va noxaqlik shu tariqa davom etib keldi.

Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling