4-mavzu. O,rtacha miqdorlar va variatsiya ko,rsatkichlari
Download 121.5 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchalar va tayanch iboralar.
- Statistikada qanday ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb ataladi
4-mavzu. O,rtacha miqdorlar va variatsiya ko,rsatkichlariDars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, o’rtacha miqdorlar va ularning turlarini hisoblash usullarini,moda va medianani qator turlarida hisoblash yo’llarini hamda variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi. Tushunchalar va tayanch iboralar. O’rtacha miqdor. O’rtacha arifmetik miqdor. O’rtacha garmonik miqdor. O’rtacha xronologik miqdor.Moda.Mediana.Variasiya. Variasion kenglik. O’rtacha mutlaq tafovut.Dispersiya. O’rtacha kvadratik tafovut. Variasiya koeffisiyenti. Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi Asosiy savollar: 1.O,rtacha miqdorkar to,grisida tushincha, turkari va ularni hisoblash tartibi 2.Moda va mediana tushinchasi va ularni qator turlarida hisoblash 3.variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslari 4.1.O,rtacha miqdorkar to,grisida tushincha, turkari va ularni hisoblash tartibiStatistikada qanday ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb ataladi? Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan ommaviy hodisalarning tipik xususiyatlarini,tipik alomatlarini umumlashtirgan holda tavsiflovchi ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb ataladi. Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan har qanday hodisa o’zining yakka va umumiy miqdoriga ega bo’ladi.ammo ular o’sha hodisaning tipik xususiyatlarini umumlashtirgan holda tavsiflay olmaydi. Shuning uchun ommaviy hodisani,to’plamni tipik xususiyatlarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichni,yani o’rtacha miqdorni aniqlash zarurati tug’iladi.Ommaviy hodisalarning har qanday xildosh ,turdosh guruhda hamma vaqt malum darajada bir-biridan farq qilish, xilma xillik mavjud bo’ladi,ularda xilma xillik borligidan o’rtacha miqdorni hisoblab olish uchun zarurat tug’iladi.O’rtacha miqdor o’zi tariflab beradigan guruhdagi turdosh bo’lgan malum hodisalarning hammasiga xos bo’lgan umumiy tipik xususiyatlarni ifodalaydi.Masalan,tuman bo’yicha paxta hosildorligini o’rganib,unga baho berish ustida gap borsa,bir fermer xo’jaligining qo’lga kiritgan hosldorligi darajasi va yalpi hosili to’g’risidagi malumotlar yetarli bo’lmaydi,chunki paxta hosildorligi darajasi va yalpi hosili miqdori har bir fermer xo’jaligida (aytaylik tumanda 1200 fermer xo’jaligi mavjud ) har xil bo’ladi. Bir fermer xo’jaligining hosildorligi ko’rsatkichi bo’yicha tumandagi paxtaning o’rtacha hosildorligi darajasiga baho berib bo’lmaydi.Shuning uchun tuman bo’yicha o’rtacha paxta hosildorligi darajasi ko’rsatkichini aniqlab,uning holatiga,dinamikasi o’zgarishiga ,uning rivojlanish tendensiyasiga baho berish mumkin.O’rtacha sonlar bir biridan farq qiluvchi yakka miqdolarning o’rtachasidir. O’rtacha miqdorlar to’plam birliklari orasidagi tafovutlarni umumlashtiradi, shu to’plam uchun xos bo’lgan tipik xususiyatlarni ,umumiy yo’nalishini ochib beradi.Boshqacha aytganda, o’rtacha miqdorlr to’plam uchun xos bo’lgan qonuniyatni ifodalaydi. O’rtacha miqdorlar bir necha turlarga bo’linadi. statistikada ko’proq qo’llaniladigani o’rtacha arifmetik, o’rtacha garmonik va o’rtacha xronologik miqdor turlaridir. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling