4-mavzu. O’simliklarning gullash va changlanishini o’rganish mavzuning maqsadi
Download 457.27 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ch. Darvin
1. O‘z-o‘zidan changlanish.
2. Chetdan changlanish Tabiatda ko‘pchilik o‘simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: yeryong‘oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi. O‘simliklarning o‘z-o‘zidan changlanishi Ch. Darvin tomonidan 27 yil davomida o‘rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan: Chetdan changlanish nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi. Hashoratlar yordamida changlanuvchi o‘simliklar entomofil o‘simliklar deyiladi. O‘simliklarning hashoratlar yordamida changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha, qo‘ng‘iz, chumoli va boshqa hashoratlar muhim rol o‘ynaydi. Nektar tarkibi 25- 95% suv, 3-72% glyukoza va tamli shakarga to‘g‘ri keladi. Shiradonlar gulning gulqo‘rg‘on qismida joylashgan bo‘lib hashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang yuzasining g‘adir- budur va yopishqoqlik xususiyati ularga yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga oshiradi. Changning ko‘pchilik hashoratlar uchun ozuqa bo‘lishini magnoliya, lolaqizg‘aldoq, pion, itburun kabi o‘simliklar misolida ko‘rish mumkin. Кo‘pchilik gullarning gulkosa va gultojibarglari, changchi va urug‘chilari ham o‘ziga xos rangga ega bo‘lib xasharotlarni jalb qiladi. Xasharotlarni jalb etishda guldagi efir moylar hisobiga hosil bo‘lgan hid ham muhim rol o‘ynaydi. Gulda hid hosil bo‘lishi indol, ammiak, benzol moddasi bilan bog‘liqdir. Shamol vositasida changlanuvchi o‘simliklarni Anemofil o‘simliklar deyiladi. Bunday usulda changlanuvchi o‘simliklarga quyidagi daraxt va o‘tsimon o‘simliklar kiradi; qayin, eman, yong‘oq, terak, tol, o‘t o‘simliklardan g‘allaguldoshlar, sho‘raguldoshlar, zubturumdoshlar oilasi vakillari. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklar cheksiz chang hosil qiladi. Changlar yengil, quruq va mayda bo‘lib, shamol yordamida uzoq masofalarga tarqalish xususiyatiga ega. Lavlagi changchi 200 m balandlikkacha ko‘tarila oladi. Qayin changchi 30-35 km masofagacha ucha oladi. Bir tup makkajo‘xori 50 mln chang hosil qiladi. Rogoz o‘simligi changchidan Hindistonda non va pechene tayyorlansa, Meksikada indeyeslar makkajo‘xori changchidan sup tayyorlaydi. Gullarning bir vaqtda gullashi atmosferada shunchalik ko‘p chang hosil qiladiki natijada ko‘pchilik odamlarda nafas yo‘llari allergiyasi kasalini keltirib chiqaradi. O‘simliklarni chetdan changlanishida dixogamiya va geterostiliya muhim rol o‘ynaydi. Download 457.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling