4-mavzu. O’simliklarning gullash va changlanishini o’rganish mavzuning maqsadi


Download 457.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana02.02.2023
Hajmi457.27 Kb.
#1147865
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Maruza



4-MAVZU. O’SIMLIKLARNING GULLASH VA CHANGLANISHINI 
O’RGANISH 
 
Mavzuning 
maqsadi
Talabalarga 
o’simliklarning gullash va 
changlanishini o’rganish haqida umumiy tushuncha bеrish. 
Rеja
1. O’simliklarning gullashini o’rganish uslublari.
2. O’simliklarning changlanishini o’rganish uslublari.
 
Adabiyotlar: 2. 5. 6. 7. 
 
1. Gulli o‘simliklarning gullash jarayoni turlichadir. Кo‘pchilik shamol bilan 
changlanuvchi o‘simliklar novdasida dastlab gul hosil bo‘lib keyinchalik barg 
paydo bo‘ladi. (Bodom, tog‘olcha, shaftoli, o‘riq). Кo‘pchilik bargini to‘kadigan 
o‘simliklarda (qayin, emanda) barg va gul hosil bo‘lishi bir vaqtning o‘zida ro‘y 
beradi. Ayrim o‘simliklar guli ertalab ochilsa, noqulay ob-havo sharoitida yopilib 
qoladi (kanop, shafran). Durman, tamaki gullari kunduzi yopiq bo‘lsa, kechasi 
ochilib turadi. To‘pgullarda gul ochilishi ham turlicha. Masalan: shingil, to‘pgulda 
pastki gullar yuqoriga qarab ochilib borsa, murakkab boshoqda o‘rtadan gulning 
uchiga va asosiga qarab ochiladi. Murakkab gullarda savatchaning chetidan 
o‘rtasiga qarab ochiladi. G‘o‘zada dastlab pastki gullar ochilsa vegetatsiyaning 
oxirida poyaning uchidagi gullar ochiladi. O‘simliklarning gullash davri 
ham turlichadir. Masalan: olma, nok, olxo‘ri, pista kabi o‘simliklar
6-12 kun gullaydi. G‘o‘za esa bir necha oy davomida gullaydi. Limon 
o‘simligi qulay iqlim sharoitida muntazam gullab boradi. Gul hosil qilish 
o‘simlikning turiga bog‘liqdir. Masalan: qayin 10-12 yildan keyin shaftoli 3-5, 
jo‘ka 20-25, eman 80-100 yoshida gul hosil qilish xususiyatiga ega. Gul hosil 
qiluvchi kurtaklar yozda hosil bo‘lib, qishlab bahorda gul hosil qiladi. 2. Gul 
yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning onalik tumshuqchasiga tushishi 
changlanish deb ataladi. Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud.

Download 457.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling