4-Mavzu: O’simliklarning yashash sharoitlarga moslanishlari. O’simliklarning ekologik guruhlari. Mavsumiy o’zgarishlar. O’simliklar hayotining davomiyligi. Gulli o’simliklar ontogenezi. O’simliklar geografiyasi


Download 221.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.05.2023
Hajmi221.22 Kb.
#1450677
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-4 maruza (2)

gidrofitlar deyiladi. Namlikni yaxshi ko‘ruvchi o‘simliklar mezofitlar deyiladi. Ular 
asosan tog’da o‘suvchi o‘simliklar. Qurukda issiqni yaxshi ko‘ruvchi o‘simliklar hayoti 
davomida suv tanqisligiga bardosh beradi. Masalan, yantoq.
Yorug‘lik. O‘sayotgan o‘simlikka yorug‘likni normal tushib turishi juda katta 
ahamiyatga ega. Aks holda unib kelayotgan o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi. Yorug‘lik 
natijasida o‘simlikda fotosintez protsessi ketadi va asta-sekin o‘simlik avtotrof 
oziqlanishga o‘tadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki o‘simliklarni yorug‘likka bo‘lgan 
talabi turli xildagi o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Agar o‘simlik uchun yorug‘lik yetarli 
bo‘lmasa bargda ustunsimon hujayralar yaxshi taraqqiy etmaydi, poyada mexanik 
to‘qimalar ham yaxshi taraqqiy etmaydi. Masalan: qamish, zich ekilgan makkajo‘xori 
yoki g‘o‘za o‘simliklari o‘zini tik tuta olmasdan tez yiqilib yotib qoladi. Bulardan 
tashqari g‘o’za o‘simligi o‘sish davrida yorug‘lik yuqori bo‘lgan uzun kunlarni talab 
qiladi. Yozning o‘rtalarida bizning iqlimda kunduz kuni uzoq bo‘ladi. Shuning hisobiga 
tez o‘sadi va shonalab gullashga o‘tadi.
Shamol. Bu faktor ham o‘simliklarni o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega. Ma’lum 
darajada shamol bo‘lib turishi o‘simlikni havo olishiga va shu bilan birga suv 
parlatishiga yordam beradi. Masalan: 4 tomoni devor bilan o‘ralgan tor joylarda mevali 
va mevasiz daraxtlar yuqoridagi faktorlar yetarli bo‘lsa ham yaxshi o‘smaydi va yaxshi 
shoxlanmaydi. Mutassil shamol bo‘lishi ham o‘simlikka salbiy ta’sir etadi. Bunda 
shoxlar sinishi mumkin. O‘simlik organlarining o‘sish yo‘nalishlariga tropizm deyiladi. 
Geotropizm. O‘simliklarda ildizning doimo vertikal yer ostiga kirib borishiga 
geotropizm deyiladi. O‘q ildiz doimo yer ostiga qarab kirib boradi. Geotropizmga salbiy 
ta’sir etuvchi omillar past temperatura, oziq moddalarning tuproqda yetishmasligi, 
namlikning yetishmasligi va boshqalar. Fototropizm. O‘simliklar doimo yorug‘likka 
intiladi. Yuksak o‘simliklarning poyasi qorong‘ilikdan qochib yorug‘likka tomon 
harakatlanadi. Bu hodisaga fototropizm deb ataladi. Bunda o‘simlik yorug‘lik 
energiyasidan to‘liq foydalanadi. yorug‘lik tushib turuvchi tomonda o‘simlik organlari 
shoxlanadi va barglar hosil bo‘ladi. Oftob tik tushgan tomonda mevalar ham chiroyli 
bo‘lib pishadi. Masalan: uzum, olma,nok va boshqalar. Xemotropizm. Kimyoviy 
birikmalar o‘simlikning bir tomonlama harakatlanishiga yordam beradi. Bunda ayniqsa 
ildizlar qaerda oziq modda ko‘proq bo‘lsa, shu tomonga qarab harakatlanadi. 
Gidrotropizm. Bunda o‘simlik ildizlarining suvga yoki namlikka qarab o‘sishi 
kuzatiladi. Magnitropizm. Bunda o‘simliklar tuproqda ma’lum metallar ko‘p 
bo‘lgandagina o‘sishi va shu joyni egallab olishi kuzatilgan. SHunga qarab turib yer 
ostidagi ma’danlar rudalar topilmoqda. Masalan, artemiziyalar shuvoqlarning ba’zi 
turlari tuproqda oltin elementi ko‘p yerlarda keng tarqalgan. Ba’zi o‘simliklar sho‘r 
tuproqlarda keng tarqalgan. Bunda tuproqda K, Mg elementlari tuzlari ko‘proq 
protsentda bo‘ladi. Bunday ‘osimliklarni gallofit o‘simliklar deyiladi. Yorug‘likning 
davriyligi. 1920yilda Amerika olimi Garner va Allar o‘simlik gullarini yorug‘likka 
bog‘liqigini aniqladilar.


L
b
Rivojlanish protsessiga ta’sir etuvchi omillar. Rivojlanish protsessi o‘simlikning 
vegetativ organlari o‘sgandan so‘ng generativ organlari hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. 
Rivojlanishga to‘g‘ridan to‘g‘ri 2 ta faktor ta’sir etishi mumkin. Ulardan biri 
temperatura va ikkinchisi yorug‘likdir. Rivojlanishning temperaturaga bog‘liqligini 
yarovizatsiya deyiladi. Bunda o‘simlik urug‘lari yoki vegetativ organlari ma’lum 
temperaturada ma’lum muddat ushlab turilishi kerak. O‘simlik urug‘larida buni tinim 
davri deyiladi. Mana bu tinim davri turli o‘simliklarda turlicha vaqtni egallaydi. 
Masalan: ba’zan o‘simliklarda bir necha kun bo‘lsa, boshqa o‘simliklarda bu bir necha 
oy yillarni tashkil qiladi. Tinim davrida turgan o‘simliklarni ekologik faktorlar orqali 
uyg‘otish yoki ko‘kartirish mumkin. Ayrim o‘simliklarda urug‘ po‘sti qalinlashib unish 
xususiyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishi mumkin. Ular tashqaridan ta’sir 
bo‘lgandagina ko‘karib chiqishi mumkin. Bu narsa o‘simlik urug‘ining uzoq muddat 
saqlanganda turlarning saqlanib qolishiga yordam beradi. Rivojlanish Gulli o‘simlikka 
chang onalik tugunchasiga tushgandan so‘ng otalanish protsessi sodir bo‘ladi. SHundan 
so‘ng zigota hosil bo‘ladi. Mana shu zigota hosil bo‘lgandan so‘ng o‘simlikning o‘sib, 
gullab va yana zigota hosil bo‘lgungacha o‘tgan vaqtga o‘simlikning ontogenezi 
deyiladi. Har bir o‘simlik o‘z ontogenez davrida o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega 
bo‘ladi. Bu 2 xususiyat bir biriga bog‘liq, aloqador va shu bilan birga biri ikkinchisiz 
sodir bo‘lmaydigan protsessdir. O‘simlikni o‘sishiga o‘stirish garmonlari ta’sir qiladi. 
O‘simlik hujayralarini va organlarini o‘sishini ta’minlovchi moddalarni garmonlar deb 
ataladi. Garmonlar o‘simlik organizmida hosil bo‘ladi. Bunday garmonlarni 
fitogarmonlar deb ataladi. Garmonlar o‘simlikni o‘sishini, rivojlanishini va shu bilan 
birga o‘simlikni sharoitga moslashishini ta’minlaydi. Fitogarmonlarning 4 turi ma’lum:
1. Auksinlar - indolilsirka kislota ,
2. Gerberellinlar
3. Kininlar
4. O‘stiruvchi ingibitorlar.
Ko’p yillik gulli o’simliklarda hayotiy sikl qayta-qayta takrorlanishi mumkin bo’lgan 
bosqichlardan iboratdir. Shuning uchun ularda katta va kichik hayotiy sikllar ajratiladi. 

Download 221.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling