4-Mavzu: O’simliklarning yashash sharoitlarga moslanishlari. O’simliklarning ekologik guruhlari. Mavsumiy o’zgarishlar. O’simliklar hayotining davomiyligi. Gulli o’simliklar ontogenezi. O’simliklar geografiyasi
Download 221.22 Kb. Pdf ko'rish
|
2-4 maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «kichik sikl»
- Qumli cho‘l o‘simliklari.
Katta hayotiy sikl gulli o’simlikni murtak hosil bo’lganidan boshlab to umri
(ontogenez)ning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Katta hayotiy sikl quyidagi davrlarga bo’linadi. (T.A.Rabotnov klassifikatsiyasiga ko’ra): Latent davri (latens - ko’rinmac) - urug’larning tinim holatidagi davri Virginil davri (virginitas - qizlik) - urug’ning unib chiqqandan to 1-chi gul hosil bo’lguncha davri. Virginil davri o’z navbatida maysa, yuvenil (yosh o’simlik) va immatura (balog’atga yetayotgan) bosqichlariga bo’linadi. Generativ davri - birinchi gul hosil bo’lgandan to oxirgi gullashgacha bo’lgan davr. Bu davrda o’simliklar ko’payadi. Senil (qarilik) davri - o’simlik gullash qobiliyatini yo’qotgandan to halok bo’lgungacha bo’lgan davr. Ko’p yillik o’tlar va butalarda har yili yer ustki qismi halok bo’lib turadi. Erta bahorda kaudeksdagi qishlovchi kurtaklardan yangi novda o’sib chiqadi. Yangi novdada gul va mevalar shakllanadi. Bu o’simliklardagi kurtakdan novda o’sib chiqishi, g’unchalash, gullash meva tugishi va pishishini o’z ichiga oladigan vaqt «kichik sikl» deb ataladi. «Kichik sikl» ham tuzilishga ko’ra murakkab hayotiy sikldir Cho‘l o‘simliklari. O‘rta Osiyo hududining g‘arbiy qismi juda katta tekislikdan iborat bo‘lib, u yerda qumli, toshloq (giрsli), gilli cho‘llar tarqalgan. Ko‘p yerlarni, ayniqsa, pastroq gilli yerlarni sho‘ra o‘simliklar o‘sadigan sho‘rxoklar egallagan. Qumli cho‘l o‘simliklari. O‘rta Osiyoda qumli cho‘llar Bo‘rsiq cho‘llari, Mo‘yinqum, Qoraqum, Sariqsuv va Balxashbo‘yi qumlari, Orolbo‘yi Qoraqumi, Unguzorti Qora- qumi hamda Qizilqumning katta maydonlarini egallaydi. Qumli cho‘llarning katta qismida qumda o‘suvchi o‘simliklar: daraxtlardan oq saksovul (ba’zan bo‘yi 6-7 metrga yetadi), yirik juzg‘un ko‘p. Butalardan qum akatsiyasi, chala butalardan shuvoq, pechak va sho‘raklar juda ko‘p tarqalgan. Bu yerda o‘tlar orasida iloq, lola, boychechak, gulsapsar, boshoqlilardan qo‘ng‘irbosh, arpag‘on ko‘p. Toshli, ya’ni giрsli cho‘llar kichikroq maydonni egallaydi. Ular Ustyurt, Qorsoqboy, Betbaqdala, Mang‘ishloq, Qoraqum, Qizilqumdagi qoldiq tepalik va past tog‘ etaklarida keng maydonlarni egallagan. Тoshli cho‘llarda o‘simliklar siyrak bo‘lib, faqat shuvoq, chala buta shaklidagi sho‘raklar, tuyatovon, kermak, toshbaqatol, kavrak kabi o‘simliklar o‘sadi. Shuvoq ko‘p uchraydi. Sho‘rxok cho‘l o‘simliklari. Sho‘rxok yerlarda, asosan, sho‘ralarning ba’zi turlari: bir yillik sho‘rak, qorabargo‘t, qizil sho‘ra, yer bag‘irlab o‘sadigan chala buta sarisazan, shuningdek, ajriq, qora saksovul, burgan o‘sadi. Download 221.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling