4-mavzu. O’ZBEKISTONNING MA’MURIY HUDUDIY TUZULISHI VA ULARNING MINTAQAVIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Ma’muriy-huddiy birliklarning shakllanish va rivojlanish xususiyatlari. Davlat tuzulishi va uning shakllari. Ma’muriy-hududiy bo’linish, tuman, viloyat.
2. Davlat suvereniteti, yagona oliy organlar tizimi va qonunchilik tizimi. Markazlashgan va markazlashmagan unitary davlat.
3. O’zbekistonda ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etilishi. O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosati. Anklav hududlar.
4. O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi ma’muriy-hududiy bo’linishi va uning huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzulishini amalga oshirish tamoyillari.
Ma’muriy-huddiy birliklarning shakllanish va rivojlanish xususiyatlari. Davlat tuzulishi va uning shakllari.
Ma'muriy – hududiy tuzilish – davlat tuzilishi tushunchasining tarkibiy qismi bo`lib, davlat o`z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun, muayyan cheklangan hududini ma'lum bir hududiy (ma'muriy-hududiy) bo`laklarga bo`linishini tushunish lozim. Ushbu hududiy bo`laklarda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi. Shuning uchun davlatning hududiy tuzilishini, ma'muriy-hududiy tuzilish deb ataymiz.
Davlatni hududiy jihatdan tashkilashtirish o`z maqsadi va vazifalariga ko`ra nafaqat ma'muriy-hududiy, balki:
iqtisodiy-hududiy (masalan, erkin savdo qiluvchi zonalar);
harbiy-hududiy (masalan, O`zbekistonda tashkil etilgan Toshkent, Markaziy, Shimoliy, Janubiy, Farbiy, Sharqiy harbiy okruglar);
siyosiy-hududiy (masalan, barqarorlikni saqlash va etnik masalalarni hal qilish uchun ajratiladigan mintaqalar);
ekologik-hududiy (masalan, Orol va Orol bo`yi ekologik inqiroz holatidagi alohida muhofozaga muhtoj bo`lgan yer kengligining quruqlik qismi va suv akvatoriyasi) shakllarda namoyon bo`lishi mumkin.
Kichkina, mitta davlatlarning ba'zilarida umuman ma'muriy hududiy bo`linish amalga oshirilmagan, masalan, Okeaniyada joylashgan Nuara va Tuala, Monaka, San-Marino.
Federativ davlatlarda ma'muriy – hududiy birliklar o`zining muayyan hokimiyat organlari tizimiga, Konstitutsiya va qonunchiligiga, shuningdek, hududiy ramzlariga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |