4-mavzu. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil


Download 29.57 Kb.
bet6/9
Sana13.04.2023
Hajmi29.57 Kb.
#1356227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-MAVZU

Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalqaro andazalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — „Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18-52- moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy partiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qiluvchi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzilishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan.
Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17- moddasida: „O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi“, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.

Download 29.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling