4-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning metodologik prinsiplari va yondashuvlari. Mavzu rejasi
Download 148.47 Kb.
|
4-MARUZA
Hayot faoliyati prinsipi. Hayot faoliyati prinipi akmeologiya uchun ham tarixiy, ham nazariy, ham mantiqiy jihatdan muayyan va asosiy jihat hisoblanadi. P.A.FLorenskiy va N.A.Ribnikovlar tomonidan shakllantirilgan va B.G.Ananev tomonidan yanada mazmunan boyitilgan “akme” tushunchasi shaxsning hayot yo‘li bilan, uning hayot cho‘qqilari bilan bog‘langan. Mamlakatimiz an’anasi va kasb psixologiyasi uchun ham yangi bo‘lgan kareraning “cho‘qqisi” tushunchasi bilan bir qatorda Ananev “cho‘qqi” yoki hayot cho‘qqisi tushunchalarini kiritadi. Ushbu tushunchaning kelgusidagi rivojlantirilishi A.A.Bodalev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Insonning hayot bosqichlarini yoshga oid va ijtimoiy davriylashtirilishida u inson individualligining maksimal darajada rivojlanishi, uning hayotda maksimal darajada amalga oshiriluvchi еtukligi haqidagi tasavvur shu davrga mos keladi.
Hech qachon akmeologiya vakillari sirasiga kiritilmagan, biroq, o‘zining “Inson va dunyo” kitobida hayot falsafasi muammolarini ishlab chiqqan S.L.Rubinshteyn o‘z hayoti davomida hayot “cho‘qqisi” tushunchasiga bir necha marotaba murojaat qilgan. Juda yosh chog‘ida, u birinchi marotaba N.N.Langening o‘limi munosabati bilan nekrolog yozadi va aynan shu nekrologda u odamlarning turli tiplarini ajratib ko‘rsatadi – hayot cho‘qqisiga har zamon-har zamonda ko‘tarilgan va ushbu yutuqlarida o‘zining barcha kuch va imkoniyatlaridan batamom foydalanib bo‘lganlar Bu еrda A.A.Bodalev o‘ta nozik va dialektik ravishda muhokama qilgan cho‘qqining uchi kabi metodologik jihatdan o‘ta muhim bo‘lgan muammo emas, balki inson tomonidan erishilgan maksimum va shu holatda ham uning hali to‘liq sarflanmagan, ijodiy imkoniyatlarining nisbati muammosi ilgari suriladi. Ikkinchi marotaba S.L.Rubinshteyn ushbu muammoni o‘limi oldidan yozgan o‘z kundaliklarida ifodalashga uringan. U o‘z hayotida ko‘plab qiyinchiliklar va tushkunliklar bo‘lganligi, biroq u yuqoriga qarab intilgani haqida yozadi. O‘z imkoniyatlari cho‘qqisiga yoshligida erishgan insonlar hayotlarining keyingi davrlarida o‘zlari erishgan yutuqning mevalaridan foydalanishlari mumkinligi haqida yozadi; ularning katta ustunligi aynan shunda. Hayotlari ilgarilab borayotgan va hayotlarining katta qismida yutuqlari cho‘qqisi hali ham ko‘rinmagan insonlar bu kabi imkoniyatga ega emaslar. Ularning hayoti kamroq yutuqqa ega, biroq unda yuksak, doimiy ravishda o‘sib borish kabi tengsiz hissiyot mavjud. Bu еrda boshqa metodologik qimmatli bo‘lgan jihatlar mavjud: insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishi va namoyon qilishi nuqta, natija emas, balki doimiy o‘sish jarayoni ekanligi haqidagi fikr, shuningdek, insonning hayotda eng maqbul jihatdan namoyon bo‘lishi, u tomonidan cho‘qqiga erishish o‘ziga xos aks bog‘liqlik akmeologi qonuniga bo‘ysunishi haqidagi fikr insonga ustunlik taqdim qiladi. Shaxslarning hayotiy qarashlarini ta’riflar ekan, K.A.Abulxanova, ayrim odamlar yayov ketayotgan, ayrimlari poezdda, boshqalari esa samolyotda uchib ketayotganlari ifodalangan obrazli qiyoslashdan foydalangan. Erishilgan daraja insonning kuchini orttirgan holda unga yangi ob’ektiv imkoniyatlarni ochib beradi. Hayot faoliyati va hayot yo‘li prinsipi K.A.Abulxanova-Slavskayaga hayot strategiyasi tushunchasini uning sub’ekt haqidagi yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi, o‘z hayot yo‘lini tashkillashtiruvchi sub’ekt haqidagi tasavvur bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqish imkonini berdi. Ushbu tushuncha, shuningdek, akmeologik toifalar sirasiga kiradi. Aynan unda individuallashtirish, turlarga ajratish prinipi mujassamlangan: hayot strategiyasi – bu shaxsning turiga mos bo‘lgan hayot uslubini tanlashdir. Unda hayotning empirikligi emas, balki maqbullashtirish, tashkillashtirilganligi, o‘ziga xos konstruktivligi mujassamlangan. Strategiya faollik, intilishlar, shaxsning “men” konsepsiyasi hamda hayot sharoitlari va vaziyatlariga moslashish o‘rtasidagi ziddiyatlarning hal etilishini taqozo qiladi. Strategiya – bu nafaqat yuqoriga chiqish, balki konformizm, vaziyatlarga bo‘ysunish sifatida tushunilmasligi lozim bo‘lgan chekinish hamdir. Hayotning strategikligi - bu uning nafaqat determinatsiya qilingan, balki hayot davomida amalga oshirilgan qadriyatlarga mosligi, uning insoniylik prinsiplariga muvofiqligi hamdir. Akmeologiya uchun hayot faoliyati prinsipi, hayot yo‘li nazariyasi, biografik yondashuv kabi, shaxsning hayot sub’ekti sifatidagi prinsipi ham markaziy muammoga aylanib bormoqda. U shaxs tomonidan o‘z hayoti sharoitlarini “egallash”, u tomonidan hayot yo‘lining ikkilamchi sharoitlarini alohida hayot tayanchlari, hayot munosabatlari va qarashlari asosida yaratishni anglatadi. Yuqorida muhokama qilinganidek, faylasuflar madaniyat tushunchasini “tajriba” tushunchasi bilan tenglashtirishga moyil. Shubhasiz, hayotiy tajriba hayotiy еtuklik, hayotiy donishmandlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Akmeologiya nuqtai nazaridan nafaqat o‘tmishdagi “tajriba” tushunchasi, balki bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan, shaxs tomonidan hayotda egallangan “o‘rin”ning o‘ziga xos xususiyatlari, S.L.Rubinshteyn ta’rifiga ko‘ra hayotiy kuchlarning joylashtirilishini belgilab beruvchi hayotda egallagan “vaziyat”lar tushunchasi ham muhim ahamiyatga ega. Shaxsning o‘rni yoki “vaziyati” – bu uning amalga oshirib bo‘lgan (va qaytmas holda amalga oshirilmagan) va kelajakdagi imkoniyatlari, unga ushbu vaziyat ham ob’ektiv, ham sub’ektiv ravishda beradigan imkoniyatlari tizimidir. Nattin, Kastenbaum va boshqa ko‘plab psixologlar tomonidan ilgari surilgan va aniqlangan holda u K.A.Abulxanova-Slavskaya tomonidan empirik jihatdan o‘rganildi va turli jihatlarga ko‘ra aniqlashtirilgan – kognitiv (kelajakdagi nazariy aqliy rejalarga bog‘liq), shaxsga oid (kelajakni hayotiy va shaxsga oid, hali amalga oshirilmagan zahiralarda kelajakni asoslashdan iborat), shuningdek, nafaqat kasbda, balki hayotda ham karera qila olgan shaxsning ijtimoiy imkoniyatlari va istiqbollariga bog‘liq bo‘lgan hayotiy istiqbollar. Hayot va hayotiy faoliyat sub’ekti prinsipi vazifasi shundan iboratki, u faoliyatning, mehnatning shaxsning hayot yo‘lidagi o‘rni, vazifasi, mohiyati va ahamiyatini tushunish, hayotni faqatgina ishdan bo‘sh vaqt emas, balki shaxsning avvalambor o‘z hayotining mazmuni bo‘lgan ish jarayonida amalga oshiruvchi o‘z-o‘zini namoyon qilish vazifasi sifatida anglash. Bu eng maqbul usul. Zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlarning voqeligi akmeologlarni hayot yo‘li va kasbiy hayotning nomuvofiqligi muammosi bilan yuzma-yuz qiladi. Uchuvchi kasbiy hayotining muqarrar yakuni hayotiy fojeaga olib keladi. Insonni o‘z joniga qasd qilish, hayot ma’nosini yo‘qotish holatlariga olib keluvchi majburiy ravishda ish bilan bandlikdan mahrum qilish sifatidagi ishsizlik vaziyatlari fojeali. Qayta kasb tanlash muammolari ham oson emas, ayniqsa, ularni hayot yo‘lining nisbatan kechki pallasida hal etishga to‘g‘ri kelsa. Bu akmeologik fanining nafaqat insonning imkoniyatlarini oshirishga, balki unga ushbu imkoniyatlarni yo‘qotmaslikka sharoit yaratishga yo‘naltirilgan muammoli maydonidir. Download 148.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling