4-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning metodologik prinsiplari va yondashuvlari. Mavzu rejasi


Download 148.47 Kb.
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi148.47 Kb.
#1608525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-MARUZA

Tizimli yondashuv. Tizimli yondashuvni ishlab chiqish XX asrning Bertalanfi, Eshbi, Parsons (sotsiologiyada) nomlari, hamda kibernetika, semantika, sotsiologiya, psixologiya bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy modernistik tamoyilni ifodalaydi. Tizimlilik prinsipi dastavval qonuniyatlar, aloqalar, tuzilmalarni izlashda ifodalagan holda muvofiq fanlar metodologiyalarida implitsit ravishda mavjud bo‘lgan. Ma’lum bosqichda, fan metodologiyasining maxsus sohasida rivojlanishida u refleksiya predmetiga, ilmiy bilimning o‘ziga xos mantig‘iga aylanadi. N.F.Ovchinnikov, V.N.Sadovskiy, G.P.Shedroviskiy, E.G.Yudin va mamlakatimizning boshqa faylasuflari va ta’limotchilari tizimlilik prinsipini anglash va aniqlashtirishga ulkan hissa qo‘shdilar.
Psixologiyada tizimlilik prinsipining rivojlanishi, uning asosiy holatlarini psixologiya muammolarini hal etish bilan birgalikda ishlab chiqqan L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananevlarning nomi bilan bog‘liq. B.F.Lomov tizimlilik prinsipining muayyan refleksiyasi, rasmiylashtirilishini amalga oshirgan holda mamlakatimiz psixologiyasida tizimli yondashuvning mashhur еtakchisiga aylandi. Birinchidan, u psixologik bilimni tartibga keltirish, tizimlashtirish vazifasida amalga oshirdi. Ikkinchidan, tizimli yondashuv darajalarida qator muammolarning aniqlanishi tufayli u yangi istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlarini ochib berdi.
Akmeologiyadagi tizimli yondashuvning o‘ziga xosligi, uning predmeti aniq darajaga oid tuzilmaga ega emasligidan iborat va ontologik jihatdan bir xil bo‘lmagan, biroq, vazifasiga ko‘ra yagona, maqbul holatga tomon harakatlanuvchi tizimni aks ettiradi. Tizimlar umumiy nazariyasida, ilmiy bilim sohasi mezonlariga ko‘ra ijtimoiy, biologik va boshqa tizimlarga klassifikatsiya qilinishi bilan bir qatorda, sun’iy va tabiiy tizimlar bo‘limlari ham mavjud. Akmeologiya sun’iy tizim bilan ham, tabiiy tizim bilan ham ishlamaydi, balki u tizimning tabiiy ravishda shakllangan holati va xususiyatidan maqbul holatga, oxirgisining mohiyatini modellashtirish vositasida haqiqiydan idealga o‘tish va unga amaliy ravishda erishish mexanizmi va usuli bilan ishlaydi. Akmeologik tizim maqsadli, loyihalashtiruvchi modellashtiruvchi tabiatga ega. Ushbu tizim mohiyatiga kirib borish, tizimning o‘zgarishi yo‘nalishiga urg‘u bergan holda tizimlarning tashkillashtirilganlik yuqoriligi va darajasiga ko‘ra qiyoslash jihatini ajratib ko‘rsatgan M.I.Setrov g‘oyalarini o‘rganish imkonini beradi. Tashkillashtirilganlik darajasining yuqoriligi nisbatan yuqoriroq sifatga oid darajaga o‘tish, ya’ni vertikal bo‘ylab tashkillashtirishning o‘zgarishiga, tashkillashtirish darajasi esa ushbu xususiyat sarhadlarida, ya’ni gorizontal bo‘yicha o‘zgarishga olib keladi. Boshqacha aytganda, u tomonidan darajalar ierarxiyasi sifatidagi tizim emas, balki jamiki tizimning eng maqbulga o‘tishi, o‘zgarishi demakdir, ya’ni nisbatan yuqoriroq darajada tashkillashtirilgan holat. Bu еrda akmeologiyadagi tizimlilik mohiyati o‘z vaqtida A.A.Malinovskiyning sharhlari K.A.Abulxanov-Slavskiyning e’tiborini unga jalb etgan “tashkillashtirish” tushunchasi vositasida aniqlashtiriladi. Bu tushuncha juda muhim, chunki gap, B.G.Ananevning ta’rifiga ko‘ra sotsium, ijtimoiy munosabatlar tizimiga, mehnat, kasb, shaxsiy hayot tizimiga “qo‘shilib ketgan” shaxs tizimi haqida boradi. Ushbu tushunchaning afzalligi shundan iboratki, u shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan tashkillashtirish usullarini, ya’ni o‘z-o‘zini tashkillashtirishni, va unga bog‘liq bo‘lmagan, anglangan va anglanmagan, ob’ektiv, shuningdek, tashqi va ichki tashkillashtirilganlikni taqozo qiladi. Tizimni tashkillashtirishning yangi usuli ortiqchalik, betartiblikni minimallashtirgan holda nisbatan oddiy, yoki o‘ta murakkab bo‘lishi mumkin. Akmeologiyada tashkillashtirishning, quyida o‘rganib chiqiladigan maqbullik yoki maqbullashtirish prinsipini ochib beruvchi eng maqbul usuliga erishish talab etiladi. Tizimning o‘zgarishi jarayonida eng maqbul holatga erishish o‘zgarishlar konstruktivligi, algoritmlar, akmeologik ko‘makning vositaga oid-operativ vositalarining mavjudligi bilan ta’minlanadi.

Download 148.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling