4-Mavzu: Pedagogik kompetentlikning nazariy- metodologik asoslari


Adekvat – “tenglik”, “to‘laligicha bir xillik”, “aynan o‘zi” ma’nosini beradi. Tahliliy


Download 39.99 Kb.
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi39.99 Kb.
#1453422
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

Adekvat – “tenglik”, “to‘laligicha bir xillik”, “aynan o‘zi” ma’nosini beradi.
Tahliliy bilish – tahliliy bilish xususiyatining shakllanganligi, pedagogik mahoratning eng muhim qirralaridan biridir. Analiz-tahlil aynan tahliliy bilish orqali pedagogik fikr yuritishning umumlashgan tarzdagi bilishini yuzaga chiqaradi. Bunday bilish bir qator shaxsiy bilish tizimini o‘zida birlashtiradi. Pedagogik hodisalarni uni tashkil etuvchi unsurlarga ajrata olishi (sharoit, sabablar, oqibatlar, rag‘batlantiruvchi omillar, vositalar, shakl va boshqalar), har bir bo‘lakning bir butunlik bilan bog‘liqligi va tomonlarning birgalikdagi harakatini anglashi; ta’lim-tarbiya nazariyasidan kelib chiqayotgan hodisa mantig‘iga mos keluvchi g‘oya, fikr va qonuniyatlarini topa bilishi; pedagogik hodisalarni to‘g‘ri aniqlay olishi, eng muhim pedagogik vazifani (muammo) topish va uni samarali yechish yo‘llarini bilish kabilardir.
Fakt va hodisalarni nazariy tahlil qilish; narsa va hodisalarni boshqa narsa va hodisalardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish; ana shu narsa va hodisalarni tashkil etuvchi unsurlarni aniqlay olishi; ushbu tizimdagi barcha unsurlarning mohiyati va vazifasini, rolini aniqlay olishi, butun bir hodisaga har bir unsurning o‘ziga xos ta’siri, ushbu hodisaning ta’lim jarayonidagi o‘rnini aniqlashi kabilar. Bu yerda pedagogik narsa fakt sifatida, u yoki bu tarbiyaviy munosabat, pedagogik hodisa esa hayotdagi hodisa va voqeaning hayotda yuz berishi, bunda ana shu hodisani tahlil qilish orqali pedagogning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishdagi harakati, talabalar harakati orqali yuzaga chiqqan pedagogik natija.
Prognostik bilisholdindan bilish, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish, ta’lim jarayonlarini oldindan ko‘zlagan maqsad va oxirgi natija, subyekt tafakkurida aks etib turishi demakdir. Prognostik bilishni uch guruhga birlashtirish mumkin:

  • jamoaning rivojlanishini tashxis qilish, aniqlash, uning strukturasi, o‘sishi sur’ati, o‘zaro munosabatlari takomillashuv tizimi, faollari o‘rnining o‘zgarishi, ba’zi talabalarning o‘zaro munosabatlaridagi o‘zgarishlarni sezish kabilar;

  • shaxs rivojlanishini tashxis qilish;

  • uning shaxsiy ishchanlik xususiyatlari, hissiyoti, odob-axloqi, hulqi, kamchiliklari, tengqurlari bilan munosabatlardagi qiyinchiliklari va hokazolar.

Pedagogik jarayonlarni tashxis qilish: ta’lim-tarbiya va o‘quv darslik hamda jihozlarni rivojlantirish imkoniyatlari, talabalarning o‘quv va boshqa faoliyatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni oldindan bilish; u yoki bu ta’lim sohasidagi usul va vositalarni qo‘llash orqali olinadigan pirovard natijani va boshqalarni aniqlash; voqea-hodisaning bir qismini kuzatish orqali hosil bo‘lgan natijani, voqea va hodisalarning boshqa qismiga, boshqa hududiga yoyish hislatlari.
Pedagogik tashxis qilish o‘qituvchida modellashtirish, gipoteza va tahlillarni olg‘a surish, fikriy sinov va tajribalar o‘tkazish va boshqa xususiyatlarni talab etadi.

Download 39.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling