4-mavzu: Qadimgi Rim adabiyoti (2 soat). Reja
Rim adabiyotining Yevropa adabiyotiga ta’siri
Download 84.14 Kb.
|
4 maruza qadimgi Rim adab
5.Rim adabiyotining Yevropa adabiyotiga ta’siri.
О‘zining otashnafasligi bilan Demosfen darajasida turadigan va antik dunyoning ikkinchi ulug‘ sо‘z ustasi sifatida tanilgan notiq Mark Tulliy Sitserondir. Sitseron eramizdan avvalgi 106 yilda Rimdan uncha uzoq bо‘lmagan Arpina shahrida tug‘iladi. Sitseron sо‘z san’atiga atab anchagina asar yozgan. Shular orasida uchtasi – “Orator haqida”, “Brut”, va “Orator” mazmunda ham, shaklda ham eng qimmatli asar sanaladi. Notiq о‘z asarlarida nutqning uslub masalalariga nihoyatda katta e’tibor beradi. Ma’lumki, avtorning zamonasida notiqlikning osiyo uslubi tarafdorlari bilan attika uslubi tarafdorlari о‘rtasida kuchli tortishuv borar edi. Uslubda barqarorlikni, doimiylikni talab etgan attikachilar, har qanday nutqning oddiy, sodda va aniq bо‘lishini talab qilganlar. Sitseron “Brut” va “Orator” risolalarida attikachilarning fikriga qarshi chiqib, tamomila qarama-qarshi da’volarni oldinga suradi. Uning aytishicha har qanday notiqning kо‘zda tutgan asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, uni о‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Modomiki shunday ekan, chinakam sо‘z san’atkori sharoitga qarab, mavjud uslublarning hammasidan bab-baravar foydalanishi zarur. Sitseron о‘zining fikrlarini isbotlash maqsadida Demosfen ijodiga murojaat qilib attika sо‘z san’atining ulug‘ namoyandasi faqat oddiy va sodda uslubnigina emas, shuningdek jо‘shqin va hayajonli nutqning beqiyos ustasi bо‘lganligini misol keltiradi. “Xullas... kimki jо‘n narsalar haqida - oddiygina, kundalik voqealar haqida–о‘rtamiyona, ulug‘ hodisalar haqida–zavq-shavq bilan gapirsa–shu odam о‘z san’atining chinakam ustasidir” (“Orator”). Umuman aytganda, Sitseron risolalarida notiqlarga beriladigan amaliy maslahatlar juda kо‘p va rango-rang va shu qadar mazmundorki, ularni batafsil bayon etishning aslo iloji yо‘q. Sitseron nutqlarining xotima qismlarida, ayniqsa kо‘proq ishlatiladigan, tumtaroq, balandparvoz iboralar a’zoyi badanni harakatga keltirib, ma’budlarga qarata aytiladigan xitob va nidolar, adolat va erkinlik sha’niga о‘qiladigan tahsin va maqtovlar–haqiqatdan ham tinglovchilarda kuchli taassurot qoldirib, ishning notiq foydasiga hal etilishini ta’min etadi. Bu esa Sitseronning buyuk sо‘z ustasi va notiq ekanligidan dalolat beradi. Yevropa madaniyatining rivoji va ravnaq topishi yо‘lida kо‘rsatgan xizmatlari jihatidan Rim yozuvchilarining birontasi Sitseron oldiga tusholmaydi. Yangi zamon kishilari Sitseronga proza janrining beqiyos dahosi, notiqlik san’atining ulug‘ timsoli deb qaraydilar. Xulosa о‘rnida shuni aytish lozimki, Rim adabiyoti yunon adabiyoti erishgan barcha yutuqlardan va shu bilan birga, ellinizm davri adabiyotining bu xazinaga qо‘shgan qator yangiliklaridan tо‘la-tо‘kis foydalanib, ham shakl, ham mazmun jihatidan yana bir daraja yuqori bosqichga kо‘tariladi va keyinchalik, yangi dunyo Yevropa adabiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatishga qodir bо‘lgan qudratli bir adabiyotga aylanadi. Yunon adabiyoti va san’ati durdonalaridan bahra olgan Rim adabiyotida, mutafakkirlar va shoirlarning adabiy –estetik qarashlarida mifologik rivoyatlardan, an’anaviy mavzular va syujetlardan uzoqlashuv, realistik hayot manzaralarini tasvirlashga, ijtimoiy-siyosiy mavzularga kо‘proq murojaat qilish ijobiy samaralar keltirish bilan birga insoniy his-tuyg‘ular, nafis ruhiy holatlarni tasvirlashda chekinish, orqaga qaytish yuz berdi. Uyg‘onish davrining qalam ahllari, XVII asr yozuvchilari о‘z faoliyatlarida yolg‘iz Rim adabiyoti namunalariga taqlid etdilar. Faqat XVIII asrga kelib burjua gumanistlari (G.E.Lessing, I.V. Gyote, F.Shiller) bevosita yunon adabiyotiga murojaat qila boshlaydilar. Binobarin, qariyb besh asr davomida Yevropa xalqlari badiiy ijodining shakllanishida asosiy rolni yunon adabiyoti emas, balki Rim adabiyoti о‘ynaydi. Antik dunyo adabiyotlariga bо‘lgan munosabatning bu tariqa keskin о‘zgarib ketishi natijasi о‘laroq, XIX asr olimlari orasida «Rim adabiyoti faqatgina taqlidchilikdan, yunon adabiyoti bilan Yevropa adabiyoti о‘rtasida vositachilik qilishdan boshqa narsa bо‘lmagan» deganga о‘xshash fikrlarni tug‘diradi. Rim adabiyoti haqida aytilgan bu mulohazalar tamomila noо‘rin edi, albatta. Tо‘g‘ri, yunon adabiyotidan allaqancha keyin paydo bо‘lgan Rim adabiyotining rivoj topishida taqlidchilik katta о‘rin tutganligini inkor etib bо‘lmaydi, ammo, shunga qaramay, Rim adabiyoti yunon adabiyotidan kо‘chirilgan tuzsiz bir nusxa emas, balki о‘zining bir talay muhim xususiyatlari bilan ulkan og‘asidan ajralib turadigan mustaqil adabiyotdir. Download 84.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling