4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari reja
Download 116.1 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini ya
oltinchidan, sudlanganlik xolatining tugallanishi va olib tashlanishinning
amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chikadigan xuquqiy xolatdir. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik xolatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha xuquqiy oqibatlari bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida shaxsning xuquqiy xolatini yengillashtirish, ijobiy xulq-atvorini rag‘batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi xisoblanadi; ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan xolda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya qilishga olib keladi. Shu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat kiladi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib, kuniga to‘rt soatdan oshmasligi belgilanadi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi. Xarakaglar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul kilinishi nazarda tutilgan bo‘lib, unga kura: -jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi. -qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, shuningdek, Dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi. - pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqi sudlarga o‘tkaziladi. - sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi extiyot chorasini qo‘llash rad etilganida muqobil extiyot choralarini qo‘llash xuquqi beriladi. - tergovning to‘liq emasligini sud muxokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi. Download 116.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling