4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari reja


Download 116.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana02.11.2023
Hajmi116.1 Kb.
#1739226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-mavzu qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini ya



4-MAVZU: QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD-HUQUQ 
TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI 
 
Reja: 
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini 
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish 
2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
ta’minlash 
3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish 
Tayanch so‘zlar: Sud, qonun, qonun ustuvorligi, odil sudlov, xabeas korpus
xuquq, erkinlik, murojaat, ma’muriy, jinoyat, yuridik yordam, fuqarolik
xuquqbuzarlik, jazo, jazolarni liberallashtirish, insonparvarlik, kafolatlangan 
xavfsizlik, adolat qo‘rg‘oni, sudlar mustaqilligi. 
 
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning 
nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish. 
 
Sudyalar va sud apparat xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish 
va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnik bazasini 
mustaxkamlash. Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun, 
Jinoyat-protsessual kodeks, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o‘z ifodasini topgan. 
Qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi 
faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv 
qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Hech kim sudyalar va xalq 
maslaxatchilariga tazyiq o‘tkazish va ma’lum bir ish qanday xal kilinishi lozimligi 
bo‘yicha ko‘rsatma berish xuquqiga ega emas. Ishning xolisona ko‘rib chiqilishiga 
to‘sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror chiqarishga erishish maqsadida sudyalar va 
xalq maslaxatchilariga xar qanday ta’sir o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab 
bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo‘yicha sudya 
lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik keyin o‘n yillik muddatini va 
shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga 
nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston 
Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoniga 
ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta 
yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil 
sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar 
zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi. 
Shuningdek, ushbu farmonga asosan sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash 
va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudyalar hamjamiyatining 
oliy organi xisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud xokimiyati 
mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta’minlashga 


ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. 
Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov 
asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni 
tayinlash, raxbarlik darajasidagi sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya 
berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi 
buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga 
aralashishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, odil sudlovga erishish 
darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va 
boshqa muxim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning 
mehnatiga xaq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu 
jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari xisobidan moliyalashtirish 
tartibini, xar yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro xokimiyati organlaridan 
ajratilgan 
xolda 
aloxida 
qatorda 
belgilash 
tizimi 
joriy 
etiladi.

Download 116.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling