4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari reja


Download 116.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana02.11.2023
Hajmi116.1 Kb.
#1739226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-mavzu qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini ya

oltinchidan, sudlanganlik xolatining tugallanishi va olib tashlanishinning 
amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan 
jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chikadigan xuquqiy xolatdir. O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi 
natijasida sudlanganlik xolatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi 
muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va 
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar uchun 


sudlanganlik muddatini belgilamaslik to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutiladi. 
Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha xuquqiy oqibatlari bekor 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida shaxsning xuquqiy xolatini 
yengillashtirish, ijobiy xulq-atvorini rag‘batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan 
davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi xisoblanadi; 
ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini 
kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan xolda tarbiyalash, uning 
jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish
kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya qilishga olib keladi. Shu 
bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy 
jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat kiladi. E’tiborli tomoni 
shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib
kuniga to‘rt soatdan oshmasligi belgilanadi. 
Yuqoridagi 
vazifalarni 
amalga 
oshirish 
maqsadida 
«O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-xuquq tizimini 
yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada 
takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi. 
Xarakaglar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini 
takomillashtirishga oid «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul kilinishi nazarda 
tutilgan bo‘lib, unga kura: 
-jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 
soatdan 48 soatga qisqartiriladi.
-qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, shuningdek, 
Dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi.
- pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun 
sanktsiya berish xuquqi sudlarga o‘tkaziladi.
- sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi extiyot chorasini qo‘llash 
rad 
etilganida 
muqobil 
extiyot 
choralarini 
qo‘llash 
xuquqi 
beriladi.

tergovning to‘liq emasligini sud muxokamasi jarayonida to‘ldirish 
mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov 
yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi.

Download 116.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling