4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari reja


Download 116.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana02.11.2023
Hajmi116.1 Kb.
#1739226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-mavzu qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini ya

Sud xokimiyati – sud tomonidan protsessual qoidalarga katiy amal qilgan xolda 
protsessual va moddiy xuquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetentsiyasiga tegishli 
bo‘lgan ishlarni xal etish uchun berilgan xokimiyat vakolatidir. 
Sud xokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud 
himoyasining samaradorligini oshirish mamlakat sud-xuquq tizimini isloh 
qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni xar tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi 
moddiy-texnik jixatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni 
nazarda 
tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
xuzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jixatidan va 
moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiktsiya sudlari faoliyatini 
moddiy-texnik jixatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish aloxida o‘rin egallaydi. Bu 
borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi 
«O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va 
faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF 4966-son 
Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xuzurida Sudlar faoliyatini 
ta’minlash departament tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqlandi hamda 
uning asosiy vazifalar belgilab berildi. 
Umumiy yurisdiktsiya sudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 
bo‘yicha sudlar uchun xonalar yoki aloxida sud zali binolarini ajratish va sotib olish, 
kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini 
yaratish, umumiy yurisdiktsiya sudlarini mebel jixozlari, orgtexnika bilan 
ta’minlash sudyalar uchun avtotransport sotib olish nazarda tutiladi.
Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik 
bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. O‘tgan yillar davomida sud xuquq tizimini 
tubdan isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirishning tarkibiy kismi sifatida sudlarni


xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson xuquq va 
erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga 
oshirildi. Xususan, sud xokimiyatini bosqichma-bosqich mustaxkamlab borish
sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli 
va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro xuquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya na muxofaza etishga xizmat kiladigan tom manodagi 
mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-xuquqiy 
chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Xokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy printsipni izchil amalga oshirish 
maqsadida 2000 yil 14 dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun yangi taxrirda qabul 
kilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual 
qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida, 
sud tizimini ijro etuvchi xokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish 
imkonini berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan kelib chiqqan 
xolda, «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida 
sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil 
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biroi-bir tarzda aralashishga yo‘l 
qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi 
belgilab qo‘yildi. Ushbu xuquq O‘zbekiston qo‘shilgan Inson xuquqlari umumjaxon 
deklaratsiyasining 10- moddasida va xalqaro xuquqning boshqa xujjatlarida ham 
mustaxkamlangan. 
Amaldagi qonunchilikka asosan sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining 
muxim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq ularning turar joyiga, xizmat 
xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga 
tegishli mulklar va xujjatlarga ham taalluqlidir. Shuningdek, sudyalar 
maslaxatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor kilinishining taqiqlanishi sudyalar 
mustaqilligi, ularning beg‘arazligi va xolisligining eng muxim kafolatidir. 
Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, xibsga olinishi 
mumkin emas. 
Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunda 
mustaxkamlangan. Qonunning 67-moddasiga binoan: 
ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan 
ozod qilish; 
- ularning daxlsizligi; 
-qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslaxatining sir tutilishi va uni oshkor 
qilishni talab etishning taqiqlanishi; 
- sudga xurmatsizlik yoki muayyan ishlarni xal qilishga aralashganlik, sudyalar 
daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik; 
- sudyaga davlat xisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy 
ta’minot berish ta’minlanadi. 

Download 116.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling