to‘rtinchidan, voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni
liberallashtirish, protsessual xarakatlarni o‘tkazishda ularning xuquqiy himoyasini
kuchaytirishga doir bir qator o‘zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda diqqat-etibor
voyaga yetmagan shaxslarni o‘qish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan
ajratmagan xolda ularning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi, xorijiy
mamlakatlarda o‘zini ijobiy tomondan oqlagan jazo va majburlov choralarini
kengroq qo‘llashga qaratiladi. Shuningdek, nafaqat voyaga yetmagan ayblanuvchi
va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyatlardan jabr ko‘rgan va u yoki bu jinoyatning
guvoxi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning xuquq manfaatlarini himoya qilish kabi
muxim o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga yetmagan shaxslarga
nisbatan tergov xarakatlarini amalga oshirishda ularni advokat, ota-onalari yoki
yaqin qarindoshlari bilan ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayonlarni muddatlarini
qisqartirish va boshqa shu kabi o‘zgartirishlar nazarda tutiladi;
beshinchidan,
qilmishning
jinoiyligini
istisno
etadigan,
jazoni
yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan
qonunni qo‘llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini
istisno etadigan xolatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan
zarar qoplangan taqdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda
tutuvchi aloxida rag‘batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. Shuningdek,
jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan
qonunni qo‘llash tartibi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini
tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning xuquq va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishga karatilgan, yetkazilgan zararni qoplagan, chin ko‘ngildan amalda
pushaymon bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to‘g‘ri va bir xil
qo‘llashga oid tushuntirishlar berishga aloxida etibor qaratiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |